Totemizm nima?

0

Totemizm nima? Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasini ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan.

1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.

Previous articleAnimizm nima?
Next articleFetishizm nima?