Дунё хавфсизлигига таҳдид. Инсоният тинчлигига хавф солаётган кучлар.
Insoniyat tinchligiga xavf solayotgan kuchlar
Bugungi kunda insoniyat tinchligiga mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm hamda insoniyatning tabiatga nisbatan iste’molchilik munosabati keltirib chiqargan ekologik muammolar dahshatli xavf solmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1997-yildayoq «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» nomli asarida bularning insoniyat tinchligiga solayotgan xavfining ko‘lami va oqibatlari haqida batafsil to‘xtal- gan edi.
Mintaqaviy mojarolar va ularning xavfi
Mintaqaviy mojaro — Yer yuzining biror-bir qismida davlatlar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizolar yoki birorta davlat hududida yuz berayotgan fuqarolar urushi- dir. Qo‘shnimiz Afg‘onistonda sodir bo‘lgan fuqarolar urushi bunga yorqin misoldir. Bu davlat fuqarolari 35 yildan ortiq davrdan beri tinchlik nima ekanligini bilishmaydi.
Mintaqaviy mojarolarning insoniyat tinchligiga soladigan xavfi nimada?
Avvalo, ular qo‘shni davlatlarda tinchlikni xavf ostiga qo‘yadi. Ikkinchidan, fuqarolar urushi qochoqlar muammosini keltirib chiqaradi. Uchinchidan, mintaqaviy mojarolarga tortilib qolgan hududlar giyohvand moddalar aylanmasining ko‘payishiga, xalqaro terrorchilik harakatining kuchayishiga, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosining avj olishiga olib kelmoqda.
Biz dunyoning turli o‘lkalarida davom etayotgan ziddiyat va qarama- qarshiliklarni faqatgma siyosiy yo‘l bilan, tinchlik yo‘li bilan hal etish tarafdorimiz.[1]
Xalqaro terrorchilik
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida xalqaro terrorchilik insoniyat boshiga katta kulfat sola boshladi.
Xalqaro terrorchi kuchlar davlat rahbarlariga, elchilarga suiqasd qilish va o‘g‘irlash, odamlarni garovga olish, xalqaro tashkilotlar biiiolarini, aeroport va vokzallami portlatish, samolyotlami olib qochish kabi dahshatli jinoyatlarni sodir etmoqdalar.
Hozirgi kunda dunyoning hech bir davlati o‘zini xalqaro terrorchilik xavfidan xoli deb hisoblay olmaydi. Xalqaro terrorchi kuchlar 2001- yilning 11-sentabrida hatto AQSHda ham mudhish jinoyatlar sodir etdilar. Terrorchilar shu kuni o‘zlari egallab olgan samolyotlarda Nyu- York shahrida joylashgan xalqaro «Savdo markazivning juft osmono‘par binolarini vayron qildilar. Oqibatda minglab kishilar halok bo‘lishdi.
Xalqaro terrorchi kuchlar Rossiya Federatsiyasida ham qator mudhish jinoyat sodir etganligiga tarix guvoh. Ayniqsa, 2004-yilda Beslan shahridagi o‘rta maktabda yangi o‘quv yili boshlanadigan 1-sentabr kuni sodir etilgan jinoyat eng mudhish jinoyatlardan biri bo‘ldi.
Bu jinoyat jahonning barcha tinchliksevar kuchlarini larzaga soldi. Chunki jinoyat natijasida maktab o‘quvchilari ham halok bo‘lishdi.
Diniy ekstremizm
XX asr oxirlarida diniy ekstremizm ham kuchaydi.
Ekstremizm — maqsadga erishishning keskin choralar — zohavonlik, kuch ishlatish va terror qilish yo‘li deganidir. Ekstremizmni diniy aqidaparastlik vujudga keltirdi.
Diniy aqidaparstlik — o‘z umrini yashab bo‘lgan, eskirgan diniy qoidalarni saqlab qolish uchun kurashmoqlikdir. Diniy aqidaparastlar yer yuzining turli mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham diniy qonunlar asosida boshqariladigan davlat barpo etish uchun kurashdilar. Ular 1999-yilning 16-fevralida Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga nisbatan suiqasd uyushtirdilar, 2005-yilda esa Andijon shahrida bosh ko‘tardilar. Biroq O‘zbekiston xalqi ularnmg da’vosini rad etdi.
Oqibatda, aqidaparastlarning rejalari barbod bo‘ldi. Afsuski, diniy aqidaparast kuchlar o‘z maqsadlaridan hamon voz kechgan emaslar.
Ekologik muammolar
Insoniyat xavfsizligiga ekologik muammo- lar ham katta xavf solmoqda.
Bu muammo insonlarning tabiatga nooqilona, hatto vahshiyona munosabati oqibatida kelib chiqdi.
Dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekiston ham ekologik muam- molardan xoli emas. O‘zbekistonni ayniqsa «Orol fojiasi» deb ataluvchi ekologik muammo qattiq tashvishga solmoqda.
Orol fojiasi uzoq yillar davomida Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan yetarli miqdorda suv oqib bormaganligi oqibatida kelib chiqdi. Bir paytlar noyob va go‘zal bo‘lgan Orol dengizi bugungi kunda deyarli qurib va yo‘qolib borayotgan suv havzasiga aylanmoqda.
Yodda tuting! Keyingi 40 yil ichida Orol dengizining hajmi 7 maria, suvining hajmi esa 13 marta kamaydi.[2] |
Bor suvning ham sho‘rlanish darajasi o‘nlab baravar oshib ketdi. Dengiz jonzotlarning yashashi uchun yaroqsiz bo‘lib qoldi. Natijada deyarli barcha hayvonot va o‘simlik dunyosi halokatga uchradi.
Tinchlik uchun kurash yo‘lidagi hamkorlik
O‘zbekiston mustaqil- likning dastlabki kunlaridanoq Afg‘oniston muammosini hal etish- ga qaratilgan takliflarni ilgari surdi. Islom Karimov 2010-yilda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida bu haqda O‘zbekistonning qarashlarini yana bir bor bayon etdi. O‘zbekistonning qat’iy fikricha, chet mam- lakatlarnmg harbiy kuchlari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnata olmaydilar. Afg‘onistonliklar o‘z muammolarini o‘zlari hal etishlari lozim. Rivojlangan davlatlar esa Afg‘onistonga iqtisodiyotini tiklashda ko‘mak berishlari kerak.
O‘zbekiston xalqaro terrorcbilik va diniy ekstremizmga qarshi kurashda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Orol fojiasining yanada chuqurlashuvining oldini olish borasida BMT va Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
«Shunga qaramay, biz hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaymiz, O‘zbekiston hududida chet el harbiy bazalarining joylashuviga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz».’
Chunonchi, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida «Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi» tashkil etildi.

Islom Karimovning sa’y-harakatlari bilan 2010-yilda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Orolbo‘yiga tashrif buyurdi. Bosh kotib Orol fojiasining oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Safari yakunida Orol muammosini hal etishda ko‘- maklashish у о‘Iida harakat qilishini bildirdi.
Islom Karimov BMTning «Mingyil- lik rivojlanish maqsadlarivga ba- g‘ishlangan yalpi majlisida yig‘ilish qatnashchilariga qarata: «Orol muam- mosi — bu ushbu mintaqada yashayot- gan, BMTdek nufuzli tashkilotga umid bilan yordam so‘rab murojaat qilayot- gan millionlab odamlarning muam- mosidir», — deb ta’kidladi.
O‘zingizni sinang
♦ 1999-yil 16-fevralda – …
♦ 2001-yilda AQSHda ….
♦ 2005-yilda Andijonda … .
Atamalar mazmunini bilib oling
Aqida — to‘g‘riligiga shubha qilmasdan, muhokama yuritmasdan ishonilishi lozim bo‘lgan qoidalar.[3]
Ekologiya — inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan.
Savol va topshiriqlar
- Qanday kuchlar insoniyat tinchligiga xavf solmoqda?
- Mintaqaviy mojarolar va uning insoniyatga solayotgan xavfi haqida so ‘zlab bering.
- Xalqaro terrorchilikning insoniyat tinchligiga solayotgan xavfi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Diniy aqidaparastlarning maqsadlari nima va ular О ‘zbekistonda qanday jinoyatlar sodir etdilar?
- Ekologiya muammolarining paydo bo ‘lishiga nimalar sabab bo ‘Igan ?
- «Orol fojiasi» nima va O‘zbekiston hukumati uning oqibatlarini kamaytirish borasida qanday ishlarni amalga oshirmoqda?
- [1] Islom Karimov. O‘tganlami xotirlash, keksalami e’zozlash — bizning farzandlik burchimizdir. «Xalq so‘zi» gazetasi. 2015-yil. 11-may.
- [2] Islom Karimov. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida». — T.: «O‘zbekiston» NMIU. 1997.
- 1 Islom Karimov. O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash — bizning farzandlik burchimizdir. «Xalq so‘zi» gazetasi. 2015-yil. 11-may.
- [3] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2006. 1-jild. 126-bet.