XXI asr – ilm-fan va taraqqiyot asri

0

XXI / 21 аср – илм-фан ва тараққиёт асри. Нима учун XXI аср илм ва тараққиёт асри деб юритилади? «Куч — билим ва тафаккурда».


Nima uchun XXI asr ilm va taraqqiyot asri deb yuritiladi?

Siz deyarli har kuni «ilm» so‘zini eshitasiz. Xo‘sh, ilm nima o‘zi?

Ilm dunyoda mavjud bo‘lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so‘zi o‘rnida «fan» so‘zi ham ishlatiladi. Ular bir ma’noni anglatuvchi so‘zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bor­di. Insonning jismoniy mehnatni yengillashtirishga intilishi texnika sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolarning yaratilishiga olib keldi.

Yodda tuting!

Texnika (mahorat) — insonning mehnatini yengillashtiradigan va inson uchun zarur narsalami yetarli miqdorda ishlab chiqarishga imkon beradigan mashina, asbob, qurol va moslamalar yig‘indisidir.

Binobarin, texnika — bu ekskavatorlar, turli xil traktorlar, kom- baynlar, buldozerlar, yengil va yuk, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari, samolyot, kosmik raketalar, televizor, kompyuter, elektron hisoblash mashinalari, internet tarmoqlari va boshqalardir.

Bir vaqtlar oddiy ketmon bilan kanal qazigan inson keyinchalik ekskavator bilan kanal qaziy boshladi. Bu inson mehnatini qan- chalik yengillashtirganini, mehnat unumdorligini qanchalik o‘stir- ganligini bir tasavvur qiling-a.

Samolyotlarsiz, kompyuterlarsiz, uyali telefonlarsiz yoki internetsiz insonning bugungi hayotini tasavvur etib bo‘ladimi? Ulkan texnika insonga yer qa’ridan tonnalab yerosti boyliklarini qazib olishga imkon berayotganligiga guvohsiz.

Yoki tibbiyot texnikalarini olaylik. Bu sohada amalga oshirilgan ulkan ixtirolar insoniyatga nima bermoqda? Awalo, u inson tanasining xastalangan turli a’zolarini, shu jumladan, yuragini ham ko‘chirib o‘tqazish imkonini berdi. Yoki qanchadan qancha xastaliklar jarrohlik tig‘isiz davolanmoqda.

Inson texnika rivoji tufayli hatto Oyga qo‘nishga, kosmik apparatlami boshqa sayyoralarga ham uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Inson bulaming bariga ilm-fan taraqqiyoti tufayli erishdi.

Ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi bunday ulkan yutuqlar tarixga ilmiy-texnika inqilobi nomi bilan kirdi. Ilm-fan taraqqiyotiga yuksak e’tibor bergan davlatlar bugungi kunda har jihatdan rivojlangan davlatlarga aylandilar. Fuqarolari esa farovon yashamoqdalar.

Dunyoda ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan olimlar xalqaro Nobel mukofoti hamda milliy mukofotlar bilan taqdirlanib kelinmoqda. Ilm-fan XXI asrda XX asrdagidan ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Bundan buyon ham mamlakatning iqtisodiy qudratini, ertangi kunini va taqdirini ilm-fan taraqqiyoti hal etadi. Kompyuter yordamida katta hajmli ma’lumotlar yaratish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ularni uzatish oddiy hodisaga aylanib qoldi. Masalan, kompyuterning birgina mitti fleshkasini oling. Unga butun boshli bir necha o‘nlab, yuzlab kitoblarni va ma’lumotlarni istalgan miqdorda joylashtirish mumkin.

Odamlar ulardan istalgan joyda foydalana oladilar. Binobarm, axborot texnologiyalari tobora ixchamlashib bormoqda. Texnologiyalarning bunday ixchamlashuvi nanotexnologiya (mil- liardning bir bo‘lagi) deyiladi. U eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, barcha axborot vositalarini mittilashtirishga imkon beradi. Natijada, kelgusida barcha amallarni bajara oladigan kompyuterlar qo‘l soati hajmiga teng bo‘ladi. Binobarin, barcha sohalarda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarga sarflanadigan materiallar xarajati keskin kamaymoqda. Nanotexnologiya sohasida yaratilgan ixtirolar ishlab chiqarish, tibbiyot, ekologiya, aviatsiya, radiotexnika va boshqa ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlikni ta’minlamoqda.

Nobel mukofoti laureati medali
Nobel mukofoti laureati medali

Bundan chiqadigan xulosa shuki, ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraq- qiy etmaydi. Ilm-fan rivojlanmasa, mamlakatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi.

Binobarin, XXI asrda ilm-fan yutuqlari davlatlar taraqqiyotining bosh omili bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham XXI asr — ilm-fan va taraqqiyot asri, deb yuritiladi.


«Kuch — bilim va tafakkurda»

Ushbu hikmatli so‘zlar Pre- zidentimiz Islom Karimovga tegishli. Bu hikmatdagi «kuch» so‘zi O‘zbekistomiing maqsadi kelajakda dunyoning rivojlangan, fuqarolari esa farovon yashaydigan davlatlar qatoridan o‘rin olishidir.

«Bilim» so‘zi bu ulug‘vor maqsadning ro‘yobga chiqishida mamla- katimizda ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog‘liqligini anglatadi. «Tafakkur» so‘zi esa mamlakat mutaxassis kadrlarining zamonaviy ilm-fanda to‘plangan yuksak darajadagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirib olishlari, o‘zlari ham dunyo ihn-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari zarurligini anglatadi.

Zamonaviy kollej
Zamonaviy kollej

O‘zbekiston dunyoning rivojlangan, fuqarolari farovon yashaydigan davlatiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Xususan, mamlakatimiz yerosti va yerusti boyliklariga boy. Tabiiy sharoiti juda qulay. Yeri unumli, serquyosh kunlari ko‘p о‘Ika.

Biroq mamlakatning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatga aylanishi uchun bularning o‘zi yetarli emas. Bu, eng avvalo, ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog‘liqdir. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, mutaxassislarning ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishda o‘z burchiga, vazifasiga qanchalik vijdonan yondashishiga ham bog‘liq.

Buni diqqat bilan o‘qing!

«Yaponiya va Janubiy Koreyaning biznikidek ulkan tabiiy boyliklari bormi? Yo‘q. Lekin, dunyoning eng ilg‘or texnologiyasi ana shu mamlakatlarda joylashgan».

Islom Karimov

Shuning uchun ham O‘zbekiston davlati mamlakatda ilm-fan ahliga — olimlarga samarali ishlashlari uchun zarur sharoit yaratib berishni asosiy vazifalardan biri deb hisoblaydi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy ilm-fan markaziga aylanishi uchun ko‘p ishlar amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov Fanlar akademiyasi olimlari bilan bir necha bor uchrashdi. Akademiya ish samaradorligini oshirishga qaratilgan hukumat qarori ham qabul qilindi.

Ayni paytda olhnlarning dunyo fani yutuqlaridan to‘la xabardor bo‘lishi masalasiga ham katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda har bir olimning birorta chet tilini puxta bilishi rag‘batlantirilmoqda.

1997-yilda Respublikamizda «Umid» jamg‘armasi tuzildi. Bundan maqsad — iste’dodli yoshlarni saralab olib, ularning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quwatlash edi. Keyinchalik «Iste’dod» deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti jamg‘armasi tuzildi. Yoshlarni chet ellarda o‘qitish orqali dunyo tajribasini o‘rgangan, yuqori malakali mutaxassislar sonining ko‘payishiga erishildi. Oliy o‘quv yurtlarida fanning turli sohalarini puxta egallayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan eng iste’dodli talabalari va yosh olimlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi, «Navoiy», «Beruniy» va «Kamolot» stipendiyalari sohibi bo‘lmoqdalar. Hukumatimiz ilm-fan va texnika sohasida ulkan yangiliklarni amalga oshirayotgan olimlarni ham taqdirlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini ta’sis etdi.

Hech shubha yo‘qki, qisqa tarixiy davr ichida O‘zbekiston ham ilm-fan taraqqiyotida dunyoning eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylanadi. Bunda esa, albatta, Sizlarning a’lo baholarga o‘qishingiz muhim ahamiyat kasb etadi.


Tarixiy shaxs va atamalar mazmunini bilib oling

Alfred Nobel — shvetsiyalik ixtirochi, dunyoda birinchi bo‘lib dinamit (portlovchi modda)ni ixtiro qilgan. O‘limidan oldin o‘z boyliklari hisobidan xalqaro mukofot ta’sis etishni vasiyat qilgan.

Stipendiya — oliy o‘quv yurtlari talabalariga belgilangan tartibda har oyda to‘lab turiladigan pul.

Ilmiy-texnika inqilobi — ilm-fan va texnika sohasidagi tub o‘zgarishlar.

Previous articleDunyo xavfsizligiga tahdid
Next articleAlfred Nobel kim edi? Алфред Нобел ким эди?