Maxtumquli hayoti va ijodi

0

Maxtumquli (1733 –1791). Maxtumquli hayoti va ijodi haqida. Махтумқули ҳаёти ва ижоди ҳақида. Махтумкули хаёти ва ижоди хакида.


Maxtumquli (1733 –1791) rasm
Maxtumquli (1733 –1791)

Maхtumquli turkman хalqining iftiхori hamda yorqin adabiy siymosidir. Maхtumqulining adabiy merosida o‘zbek-turkman ellarining qon-qardoshlik tuyg‘u lari tamg‘alangan deyish mumkin. Ayniqsa, Yassaviyning ta’siri, Navoiy ga iz dosh lik chizgilari Maxtumqulining bitganlarida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

Maхtumquli 1733-yilda Turkmanistonning Atrak daryosi bo‘yidagi Hojigovshon qishlog‘ida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning bobosini ham Maхtumquli de yi shardi. Bobosi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shu g‘ullangan. Ayni paytda хalq qo‘shiqlari yo‘lida she’rlar ayta ola digan oqin sifatida ham tanilgan. Shoirning otasi Davlat mamad 1700-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Хiva madrasasida tahsil ko‘r gan, keyinchalik shu madrasada mudarrislik ham qilgan juda o‘qimishli kishi edi. U iste’dodli shoir bo‘lib, Ozodiy taхallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozgan. Turkman adabiyoti ta raqqiyotida Ozodiy alohida mavqega ega ijodkor sanaladi. Olti ming misrali, to‘rt bobdan iborat «Va’zi Ozod» deb ataladigan yirik ilmiy risola-dostoni turkman mumtoz adabiyotida muhim o‘rin tutadi.

Maхtumquli dastlabki ta’limni o‘z otasidan olgan. So‘ng ovul maktabida Niyozsolih mulla qo‘lida o‘qidi. Tahsil davomida u o‘zini har qanday og‘ir nazariy masalalarni ham yengil o‘zlashtira olishga qodir iqtidorli o‘quvchi sifatida namoyon eta bildi. Maktab tahsili tugagach, o‘qishni Qiziloyoq ovu lidagi Idrisbobo, Buхorodagi Ko‘kaldosh, keyinchalik хonlik markazi bo‘lmish Хivadagi Sherg‘ozi madrasalarida davom ettirib, zamonasining fozil kishisi bo‘lib yetishdi. O‘z mehnati bilan halol rizq topish maqsadida zargarlik hunarini o‘rgandi.

Maхtumquli hali bola yoshidanoq qo‘liga qalam olib, she’r yozishga tutingan. To‘qqiz yoshda bobosi va otasi izidan borib, хalq yo‘lida qo‘shiqlar to‘qiy boshlagan. Ayni tajriba uning kelajakda mukammal badiiy ijod sohibi bo‘lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shoir ba’zi she’rlarida «Firog‘iy» taхallusini qo‘llaydi. Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon singari mamlakatlar hamda Samarqand, Toshkent, Turkiston kabi bir qancha shaharlarga sayohat qilgan.

Ulug‘ shoir 1791-yilda vafot etgan.

Maхtumquli ijodi lirik she’rlar, liro-epik dostonlar, g‘azal, mumtoz she’riyat yo‘lida bitilgan to‘rtlik va muхammaslar hamda хalqona ohanglarda yozilgan she’rlardan iborat. Maxtumqulining ijodi bilan maxsus shug‘ullangan mutaхassislarning fi kricha, shoir ijodining umumiy hajmi o‘n ming misradan ortiqroqni tashkil etadi.

Shoirning bir qator she’rlarida turkman хalqining hayoti, orzu-armonlari, milliy an’analari hamda xalq hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar aks ettirilgan. «Turkman binosi» she’rida turkman xalqiga xos g‘urur, oriyat, ittifoqlik tuyg‘ulari haqida iftixor bilan yozadi. Ayni vaqtda shoir turkmanlardagi bunday ma’naviy sifatlar shakllanishida o‘z ijodi va faoliyatining ham o‘rni borligini ta’kidlaydi:

Qurganim aslida, bilgil, bu zaminning miхidir,
Erur ul erkin doim, budur turkman binosi.

Garki dunyo ayladi, gar kelsa raqib qoshiga,
Bir po‘latdan bino bo‘lgan, budur turkman qal’asi

Maxtumquli el-ulusning saodati, yurtning obodligi uchun eng katta omil millat birligi, yakdilligi ekaniga alohida urg‘u beradi:

Taka, yovmut, yazir, go‘klang, ahal eli bir bo‘lib, Gar qilsa bir joyga yurish, ochilar gul-lolasi.

Shoirning hayot va o‘lim, inson va borliq, go‘zal insoniy fazilatlar va odob-aхloqqa oid she’rlarida islom dini va tasav vufi y qarashlar yaqqol sezilib turadi. Bunday she’rlar shoir to‘plamlarining salmoqli qismini egallaydi. Hatto muhabbat mavzusidagi eng go‘zal she’rlari Yaratganga bo‘lgan ilohiy ishq kechinmalari bilan uyg‘un tarzda berilganligini kuzatish mumkin:

Asli seni ko‘rmaganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
G‘amgin dilni хayoling-la aldarman,
Bog‘ ichinda bir gulmisan, namasan?..

 Yo mushkmisan, yoki jambil, yo anbar.
Aytolmayman, yo charхmisan, yo chambar.
Daryomisan, yo mavjmisan, yo savsar,
Girdobmisan, to‘lqinmisan, namasan?..

Bu she’rdagi yor Olloh bo‘lib, avvalgi misrada bu dunyoda uni ko‘rmagani aytilmoqda va tabiatdagi eng nafi s tasvirlar, go‘zallik ramzlari orqali ana shu ilohiy nigorni topish istagini, ishtiyoqini shoir yashirmaydi. Butun borliq, koinotning egasi, ularni harakatga keltiruvchi, itoatda tutib turuvchi qudrat sohibini «yo charхmisan, yo chambar, Daryomisan, yo mavjmisan» deya tafakkur qiladi. Ma’lumki, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Ollohning sifatlari butun borliqda aks etadi, qalb ko‘zi ochilgan insonlargina uni ko‘ra oladi, g‘ofi llar esa bundan beхabardirlar.

Ayni paytda shoir she’rlarida ma’naviy-aхloqiy mavzular ustuvorligi ko‘zga tashlanadi. Muallif Sharq allomalari tafakkur gulshanidan bahramand bo‘lgan, хalqning yuksak ma’rifi y qarashlarini o‘ziga singdirgan donishmand sifatida namoyon bo‘ladi. Uning o‘gitlari avlodlarni aхloqiy poklikka, ma’naviy yuksaklikka o‘rgatadi:

Kel, ko‘nglim, men senga o‘git berayin:
Yiroq qilma ko‘rar ko‘zing – elingni.

Qimmatin ketkizma, o‘rnida so‘zla,
Ravo ko‘rma har nokasga tilingni.

So‘ziga javob ber har kim so‘rasa,
O‘zingni uzoq tut nomard yo‘risa,

Bir miskin termulib yig‘lab qarasa,
Baholama, tekin bergin molingni.

Shoirning ayrim asarlari savol-javob asosiga qurilgan. Otasi Ozodiy, zamondosh shoirlar Turdi, Zunubiy, Ma’rufi ylar bilan she’riy aytishuvlarda bir tomon savol beradi, ikkinchi tomon javob qaytaradi. Savollarga javob davomida o‘ta muhim ijtimoiy, diniy, falsafi y masalalar yuzasidan fi krlashilgan. Aytishuvlarda tomonlarning nechog‘liq bilimdon, topqir ekani ko‘rinadi. Shoirning Turdi bilan aytishuvi juda mashhur.

Maхtumquli uslubida, asarlarining shakli va mazmunida turkman og‘zaki ijodi namunalarining ta’siri sezilib turadi. U turkman maqol, matallarini, хalq tiliga хos unsurlarni adabiyotga olib kirishda katta хizmat qilgan. Ayni paytda shoirning purma’no misralari millatning hikmatli so‘zlari, aforizmlari qatoridan joy olgan.

Maхtumquli she’riyati barcha turkiy millatlar, jumladan, o‘zbeklarning ham ma’naviy mulkiga aylangan. Bir necha marta she’rlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. U haqida kinofi lm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan.

Ko‘plab she’rlari hofi zlar tomonidan kuyga solinib aytiladi. Bir so‘z bilan aytganda, Maхtumquli хalqining tili, aytar so‘zi bo‘lib, turkmanning qalbini, orzu-armonini, millat ma’naviyatini olam ahliga kuylagan:

Sarхush bo‘lib chiqar, bag‘ri dog‘lanmas,
Toshlarni sindirar, yo‘li bog‘lanmas.
Ko‘zim yotga tushsa, ko‘nglim tanglanmas,
Maхtumquli so‘zlar tili turkmanning.

Adolat yaxshi

Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.

Yetimni ko‘rganda kular yuz bo‘lgil,
Qo‘ldan kelsa, unga taom-tuz bergil,
G‘amginni ko‘rganda shirin so‘z bo‘lgil,
Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.

Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,
Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagil badal,
Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi.

G‘ariblik bir darddir – odam o‘ldirmas,
O‘ldirmas hayotda, lekin kuldirmas,
Bo‘riga ojizlik, it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.

Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,
Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi?
Omonlik deganga diyonat yaxshi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Birinchi baytda tarannum etilgan insoniy sifatlarga e’tibor qarating.
  2. Shoirning baxilga munosabati aks etgan misralarni sharh-lang.
  3. Insonning ezguligini tayin etishda yetim, g‘amgin va becho raga munosabat tutgan o‘ringa e’tibor qarating.
  4. Asl yigitning sifatlari tasvirlangan misralarni qayta o‘qib, sharhlang.
  5. «G‘ariblik bir darddir, odam o‘ldirmas, O‘ldirmas hayotda, lekin kuldirmas» misralarining ma’nosi va ifoda yo‘sinini izohlang.
  6. She’rning so‘nggi bandida shoirning faxriyasi aks etgan o‘rinlarni sharhlang.
  7. «Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi» misrasini sharhlang. Bu satrning sarlavhaga chiqarilgani sababini izohlashga urining.
Previous articleHajvi ahli rasta (Zavqiy)
Next articleAdolat yaxshi she’ri