Muhammad Ibn Muso Al Xorazmiy

0

Muxammad Ibn Muso Al Xorazmiy. Xorazmiy 783 yili Xorazmda, Xevada tug‘ilgan. Eshligidan ilm-fanga qiziqqan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o‘rgangan. Shu tillarda ko‘p kitoblar mutolaa qilgan. Donishmand sifatida tanilgach, 9-asr boshlarida o‘z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisoblangan Bag‘dodga taklif qilingan Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, Sharqning dastlabki akademiyasi («Bayt ul-Hikmat») «Donolar uyi»da faol ishtirok etdi. Xorazmiy o‘z ilmiy faoliyatini o‘sha davrdagi tabiiy fanlarni rivojlantirish, tabiatni o‘rganish va dunyoni tajriba yo‘li bilan bilish va boshqa masalalarga qaratdi.

Xorazmiy juda ko‘p asarlar yaratgan bo‘lsa ham ularning hammasi bizga etib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni – o‘rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi tarakkiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi.

Uquvchilar algebra, algoritm so‘zlarini ko‘p eshitishgan. Algebra -matematikaning katta bir bo‘limi, algoritm esa hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy termini.

Algebra, algoritm so‘zlari matematik, astronom va geograf, «Hozirgi zamon algebrasining otasi» al-Xorazmiy nomi bilan bogliqdir. Uning «Al-jabr val-mukobala» risolasi keyinchalik Evropada «algebra» deb ataladigan bo‘ldi. Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan 12 asr boshlarida «algoritm» termini paydo bo‘ldi.

Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari G‘arb va Sharq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko‘p asrlardan buyon qo‘llanma sifatida xizmat qildi.

Previous articleAli Qushchi Samarqandiy
Next articleMa’rifat va haqiqat