Adolat yaxshi she’ri

0

Adolat yaxshi she’ri . Адолат яхши шеъри.


Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.

Yetimni ko‘rganda kular yuz bo‘lgil,
Qo‘ldan kelsa, unga taom-tuz bergil,
G‘amginni ko‘rganda shirin so‘z bo‘lgil,
Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.

Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,
Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagil badal,
Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi.

G‘ariblik bir darddir – odam o‘ldirmas,
O‘ldirmas hayotda, lekin kuldirmas,
Bo‘riga ojizlik, it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.

Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,
Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi?
Omonlik deganga diyonat yaxshi.

Maxtumquli

Previous articleMaxtumquli hayoti va ijodi
Next articleShoir bo‘lsang, xabar ber