Mitropoliyalar – Mitropoliya (Митрополия)

0

Mitropoliyalar (Митрополиялар) – Mitropoliya (Митрополия)


Mitropoliyalar. Qadimgi So‘g‘dda xristianlik vakillari o‘zlarining dinlariga qarshiliklarsiz e’tiqod qilganlar va diniy marosimlarini erkin amalga oshirganlar. Bu esa mazkur mintaqada mahalliy aholiga diniy e’tiqod erkinliklari yaratilganligini ko‘rsatadi. Masalan, bu davrda Urgutda xristianlar cherkovi, zardushtiylar va buddaviylar ibodatxonalari faoliyat yuritgan.


O‘g‘rilik qilma, o‘z qo‘llaring bilan foydali mehnat qil va muhtojlarga yordam ber.

Bibliya


VIII asrda Movarounnahr arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan davrda musulmon jamiyatida xristianlar bosh- qa din vakillariga qaraganda ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘lib, yuqori lavozimlarda faoliyat yuritganlar.

X asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda islom dini keng tarqalgan bo‘lsa-da, Urgutdagi xristianlik cherkovi  shu darajada rivojlanib ketadiki, arab geografi Abu Muhammad Qosim ibn Havqal uni yerga va turli xususiy mulkchilik shakllariga ega katta monastir (rohibxona) sifatida ta’riflaydi.

Amir Temur davlatida ham diniy bag‘rikenglik muhiti saqlanib qolgan. Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Samarqandda turli din vakillari yashagan. Jizzax viloyatida — Vinkerd hududidagi g‘or devorlaridan xristianlik tarixiga oid Iso Masih go‘dakligi ifodalangan suratlar topilgan.


XX asrning ikkinchi yarmida Samarqandning Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida xristian an’analari asosida dafn etilgan bir nechta qabr topildi. Pasdarg‘omda arxeologlar yog‘ochdan yasalgan tobutda kiyimlari va oltin xochi bilan dafn etilgan mayitni topishgan.

XIX asrda xristianlarning Turkiston shimoliy hududlariga kirib kelishi Chor Rossiyasi tomonidan o‘lka ning bosib olinishi bilan bog‘liq. Harbiy qo‘shin tarkibida ruhoniylar ham bo‘lgan. Askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘chma ibodatxo nalar tashkil etilgan. 1850-yilda Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod qilingan. 1871-yilda rus imperatorining Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan. Dastlabki cherkovlarning ko‘pchiligi odmi bo‘lgan va qo‘ng‘iroqlari ham bo‘lmagan. Xristianlarning ko‘payishi XIX asr oxirlaridan boshlab bir nechta o‘sha davr zamonaviy cherkovlaridan qolishmaydigan inshootlarning bunyod bo‘lishiga olib keldi.


Tarixga nazar

1920–1930-yillarda deyarli barcha katolik ibodatxonalari yopildi. 1930-yilda Lyuteran protestant cherkovining faoliyatiga chek qo‘yildi. Xristian cherkoviga tegishli qadriyatlar toptaldi.

1917-yil 27-oktabrda II Butun Rossiya syezdida yer haqida dekret qabul qilindi. Unga ko‘ra cherkovga tegishli yerlar musodara qilindi.


Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi vakillarining kirib kelishiga birinchi jahon urushida asirga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzilishi hamda cherkovlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1917-yilda qurib bitkazilgan.

Sovet hukumatining din va dindorlarga nisbatan shafqatsiz munosabati boshqa din vakillarini ham chetlab o‘tmadi. 1920-yilda birinchi bo‘lib Rus pravoslav cherkoviga qarshi hujum boshlandi. Minglab pravoslav ruhoniylari otildi, qamoqqa olindi va surgun qilindi. Diniy xizmatchi va rohiblar qattiq tazyiqqa uchradi. Ko‘plab ibodatxonalar yo‘q qilindi yoki yopildi. Katta miqdordagi ikonalar va cherkov kitoblari yondirildi.

1920–1930-yillarda deyarli barcha katolik ibodatxonalari yopildi. 1930-yilda Lyuteran protestant cherkovining faoliyatiga chek qo‘yildi. Xristian cherkoviga tegishli qadriyatlar toptaldi. 1931-yilda XV asrga oid Gutenberg Bibliyasi sovet hukumati tomonidan londonlik auksionchiga sotib yuborildi. Ushbu Bibliya Iogann Gutenberg tomonidan 1450-yilda 180 nusxada chop etilgan bo‘lib, undan faqat 47 nusxasi saqlanib qolgan edi.

Ikkinchi jahon urushidagi vaziyatni e’tiborga olib, sovet hukumati 1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshida Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar uchun mas’ul Din ishlari bo‘yicha vakillik tashkil qilindi. Rossiya hududidagi cherkov va ibodatxonalar Sinod (pravoslav cherkovining boshqaruv organi)ga qaytarildi. Lekin bu masala uzoqqa cho‘zilma- di — urush tugashi bilan sovet hukumatining dindorlarga tazyiqi yanada jiddiy tus oldi. Dindorlarni repressiya qilish va dinga qarshi targ‘ibot qayta tiklandi. Qaytarib olingan hududlardagi dindorlar va ruhoniylar qatag‘on qilina boshladi. «Din afyundir» degan g‘oya yana qayta tiklandi.

Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, 1995-yilning ok tabr oyida Toshkent shahrida «Bir samo ostida» shiori bilan xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazildi.


Batafsil >> Xristianlik dini haqida

Previous articleMarkaziy Osiyoda ilk Xristianlar
Next articleXristianlik ta’limoti. Xristianlik marosimlari