Individ va shaxs tushunchasi. Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar

0

 Dunyoga  kelgan  go’dak  ma’lum  yoshga  qadar  individ  hisoblanadi.

«Individ» lotincha «individium» so‘zidan  kelib chiqqan  bo‘lib, «boiinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib, ongli  ravishda emas,  balki  shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo’lishi,  shuningdek,  uning tomonidan  tashkil etilayotgan  harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.Shaxs  deganda,  muayyan jamiyatning  a’zosi  tushuniladi.

Odam ruhiy jihatdan  taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs  sifatida turlicha  namoyon  bo’ladi.  U o‘zining xususiyati.  qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan  rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  boMib.  mazkur xususiyatlar  rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon boMadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.

Shaxs  nomini  olish  uchun  nimalar  kerak?  —  degan  savolning tugMlishi  tabiiydir.  Odam  ijtimoiy  mavjudot  sifatidan  shaxsga  aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak  bo‘ladi.  Ana  shular  hamda  shaxsning  nasliy  xususiyatlarining takomillashib  borishi  odamning rivojlanishi,  shaxs  sifatida namoyon bo‘lishini  ta’minlaydi.  Odam  bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning  har tomonlama  kamolga  yetishi  uchun  pedagogika  fani  shaxs rivojlanishining  umumiy  qonuniyatlarini,  unga  ta’sir  etadigan  oinillarni,  rivojlanish  jarayoniga  aloqador  bosqichlarni  aniqlashi  kerak.

Shuningdek,  bola  shaxsning  rivojlanishida  faoliyatinig  o‘rni  va ahamiyatini ham o‘rganishi  lozim.Biz  yuqorida  «rivojlanish»  tushunchasini  ishlatdik.  Endi  ushbu  tushunchaga  atroflicha  yondashib,  ta’rif berishga  harakat  qilaylik.  Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini  namoyon  etadigan jarayon  bo‘lib,  bunday  xislatlar tug‘ma,  ba’zilari  keyinchalik erishilgan  bo‘ladi.  Odam  biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita  bo‘ysinadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  shaxs  tirik organizmdir, shu  sababli  uning hayoti  biologiyaning umumiy  qonunlariga, yoshlar  anatomiyasi  fiziologiyasining  maxsus  qonunlariga  bo‘ysinadi. Bulardan  tashqari  odamning  barkamol  inson  bo‘lib  shakllanishida aniq  maqsad asosida tashkil  etilgan xatti-harakat,  iroda sifatlarining  kamol topishi  asoslarida ayrim  nuqsonlarning  bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumki,  inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib  boradi.  Lekin  bolalik,  o‘smirlik  va  o‘spirinlik  davrida  rivojlanish nihoyatda kuchli  bo’ladi.

Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham  ruhiy ihatdan  o‘sishi,  o‘zgarishi  tufayli  shaxs  sifatida  kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq  ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o ‘rin egallaydi. Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarish lar jismoniy rivojlanishiga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda g‘irligining ortib borishi.  gavda  tuzilishining  o’lgarishi,  qon  bosimi,  o ‘pka  sig‘imi, tayanch-harakat a’zolarining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir.  Bunga  hikmatlarda  ham  e’tibor  qaratilgan.  Xususan,  ulardan  birida  «Salomatlik  –  bu  bebaho  boylik.  Shu bois,  uinson  uchun  berilgan  birinchi  baxtdir»,  – deb qayd etiladi.

Ruhiy  jarayonlar  va  bola  ruhiyatidagi  o‘zgarishlar,  chunonchi, diqqat va xotira  darajasi,  tafakkur xususiyatlari,  so‘z  boyligi  hamda nutqning rivojlanganlik  darajasi  va  boshqa  ruhiy  rivojlanishga aalluqlidir.Shaxs  rivojlanishida,  u  yoki  bu  faoliyat  turlari  (o‘yin,  o‘qish,mehnat  va  boshqalar)ning  turli  yoshdagi  faoliyat  mazmuni  maqsadga  yo‘naltirilganlik,  harakatning  ongli,  rejali  boMishi,  ularning samaradorligi  va  h.k),  shuningdek,  aloqa,  muomala  hamda  kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.  Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi.

Shaxs sifatlarini to‘g ‘ri aniqlash  uchun  turli  munosabatlar jarayonida uni  o‘rganish  maqsadga muvofiqdir.Bugungi  kunda  ta ’lim-tarbiya  tizimi  kadrlarning  yangi  avlodi tafakkurini,  ongini  shakllan tirishga  xizmat  qiladigan  zarur  bir  soha        sifatida  namoyon  bo‘layotgan  ekan,  shaxs  ta’rifi  ham  birmuncha oydinlashadi.  Kadrlar tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismiga kirgan «shaxs» quyidagicha ta’riflanadi:Shaxs  – kadrlar tayyorlash  tizimining  bosh  subyekti  va  obyekti, ta’lim  sohasidagi  xizmatlarning  iste’molchisi  va  ularni  amalga  oshiruvchisi.  Demak,  shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli boMib, ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi  ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o ‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar:  organizmning  anatomik  tuzilishi,  faoliyat va xattiharakat larning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jara yonidir.

Nasldan  naslga  o‘tadigan  xususiyatlarga  quyidagilar  kiradi:  anatomik-fiziologik tuzilish (misol  uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat. asab tuzilishi  xususiyatlari, teri, soch hamda ko’zlarning rangi.  Shuningdek,  nutq, tafakkur,  ixtiyoriy  harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari  ham  nasldan  naslga  o ‘tadi.  Iste’dod  alomatlari  umumiy xusu siyat  kasb  etadi,  muayyan  mehnat  va  ijod  turiga  yo‘naltirilgan emas.  Iste’dod alomatlari  muayyan  faoliyatga moyilligini  aks ettiradi,  xolos.  Ma’lum  oilada  tarbiyalanayotgan  bolada  ajdodlariga  xos iste’dod nishonasi aks etganda, aynan shu  iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga oila muhitini nazoratdan chetda qoldirmaslik lozim.Fiziologiya  va  psixologiya  fanlari  bo’yicha  olib  borilgan  tadqiqot  natijalarining  ko‘rsatishicha,  inson  bolasi  tayyor  qobiliyat  bilan emas,  balki  birorbir  qobiliyatning  ro‘yobga  chiqishi  va  rivojlanishi uchun  manba  bo‘lgan  layoqat  bilan  tug‘iladi.  Layoqat  go‘yo  «mud-roq»  holatda  bo‘Iib,  uning  «uyg’onishi»  –  rivojlanishi  uchun  qulaymuhit yaratishini taiab qiladi.Shaxs  muayyan  ijtimoiy jamiyat  mahsulidir.  Shaxsning  hayotiy faoliyatida  ijtimoiy  muhit  unga  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi mumkin.  Ijtimoiy jamiyat  shaxs  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarishi yoki  yo‘q  qilishi  mumkin.  Bu jamiyatning  ma’naviy  qiyofasi,  unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog’liq.

Muhit –  bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqeahodisalar ajmuyi. «Muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy,ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini  ifoda etadi.Mikromuhit o ‘zida qisman  ijtimoiy muhit qiyofasini  aks ettiradi.

Ayni chog‘da  nisbatan  mustaqiilikka  ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi  bo‘lib,  oila,  maktab,  do‘stlar, tengqurlar,  kishilar  va  shu  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bolani  qurshab  turgan  muhitda  ijobiy  va  salbiy  rivojlantiruvchi  va  inqirozga  eltuvchi  hodisalar mavjud.  Agar bola o‘z tug‘ma  layoqatiga  mos sharoitda o ‘sib, zarur faoliyat bilan  shug‘ullansa,  erta o‘rinib rivojlanishi,  aksincha,  bunday  muhit bo’lmasa,  yo‘q  bo’lishi  yoki  mudroq» ligicha  qolib  ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning  barcha  ruhiy  sifatlari  faqat  muhit  va  tarbiyaning  o‘zaro  ta’siri asosida  vujudga  keladi.  Pedagogika  va  psixologiya  fanlari  ijtimoiy muhit,  unda  shaxsning  shakllanish jarayoniga,  ta’siri  roliga  alohida e’tibor beradi.  Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs  rivojiga ta’siri       g‘oyat muhim  ekanligini  ta’kidlagan  holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar.Oila  muhiti  —  mikromuhit  ham  o ‘ziga  xos  muhim  tarbiyaviy ta’sirga ega.  Shu bois mustaqi- likka erishilgandan so‘ng, o‘tgan davr mobaynida  oila  muhitining  shaxs  kamolotida tutgan  o‘rni  va  ahamiyati  masalalari  chuqur  tahlil  etilmoqda.  Shu  maqsadda  tashkil  etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini  ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.Mavjud  ijtimoiy  muhit  inson ning  o ‘sib  borayotgan  ongiga  ta’sir etadi.

Ijtimoiy tuzim darajasi  qanchalik yuqori  bo’lsa,  uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali arnalga oshiriladi.

Tarbiya  ijtimoiy  muhit  orqali  keladigan  tarbiyaviy  ta’sirlarning barchasi  bilan  bog‘liq  holda,  shaxs  rivojlanishiga ta’sir etadi.  Bunda qulay  omillardan  foydalaniladi,  salbiy  ta’èirlarning  kuchini  ma’lum darajada  kamaytiradi.  Muhitning  ta’siri  stixiyali,  tarbiyaning  ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

  1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi  sodir bo‘ladi.  Masalan, bola o‘z  ona  tilini,  atrofini  o‘rab  turgan  muhitning  ta’sirida o’rganib  olishi  mumkin.  Lekin o‘qish  va  yozishni  ta’lim  olish  yo‘li bilan  o‘rganadi.  Ma’lum bilim  ko’nikma  va  malakalar  faqat  tarbiya jarayonida egallanadi.
  2. Tarbiya yordamida kishining tug’ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish  mumkin.  Chunonchi, ba’zi  bir  bolalar ayrim  kamchilik  (kar,  ko‘r,  soqov  va  h.k)  bilan  tug‘iladi.  Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiIiyatlari taraqqiy  qiladi,  sog‘lom  kishilar  bilan  barobar  faoliyatda  bo’lishi mumkin.
  3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri  natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o‘ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o ‘rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
  4. Tarbiya –  istiqboidagi  maqsadni    Shu  bois,  shaxs kamolotini ta’minlashda ilg’or rol o ‘ynaydi.Tarbiyaning  muvaffaqiyati  ko‘p jihatdan  bola shaxsining  o‘ziga xos  xususiyatlari,  u yashayotgan  muhitning  ta’sirini  hisobga  olishga bog‘iqdir.  Shuni  yodda  tutish  kerakki,  bola  mavjud  bo’lgan  mikromuhit mazmunini,  uning  rivojlanishiga ta’sir etuvchi  kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi,  o ‘quvchi,  o‘rtoqlari,  oilaga  yaqin  kishilari  bilan  munosabatda bo‘ladi.  Ushbu  munosabatlar  bolaning ivojlanishida  g ‘oyat  muhim rol  o‘ynaydi.  Bolaga  larning  ta’siri  o‘zaro  muomala-munosabatida bo‘ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o ‘zi uchun andoza tanlaydi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida  nutq  rivojlanadi.  Chunki jamiyatda bola  kattalar,  tengdoshlar,  tarbiyachilar va turli jamoalar  qurshovida  bo‘ladi,  u  savollar beradi,  kuzatadi,  mulohaza  qiladi.

Hayotiy voqeahodisalarni  tushunishga,  yaxshini  yomondan  ajratib  olishga, o‘z harakatlarini davrtalabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda  tarbiyaning  maqsad  va  vazifalari,  axloq  me’yorlari, madaniy  boyliklar,  jamiyat  a’zolarining  didi,  axloqiy  qarashlari,  dunyoqarashlari,  e’tiqodlari  o ‘zgarib  boradi  va  ular tarbiya  vositasida  bolalar ongiga  singdirib  boriladi.  Bola  shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur.  Faoliyat yordamida bola atrofmuhit bilan  munosabatda  bo’ladi,  shu orqali  uning  bilish  qobiliyati  rivojlanadi,  tafakkur  qilish  darajasi  yuksaladi,  xarakter  sifatlari  takomillashib,  kamol topadi.

Shaxsni  kamol  toptirishda  tarbiya va faoliyatning o ‘zaro  bogiqligi Shaxsning  kamol  topishida  tarbiya  muhim  rol  o‘ynaydi.  Uning shakllanishi  faoliyatdan shqarida  boMmaydi.  Shu  sabbli  odam faoliyati  uning  rivojlanishi  uchun  asos  bo’ladi.  Pedagogik jihatdan to‘g‘ri  uyushtirilgan  har  qanday  faoliyat  –  o‘yin,  mehnat,  o‘qish, sport  va  boshqalar shaxsning  rivojlanishiga  ta’sir  ko’rsatadi. Insonning  kamol  topish jarayonini  faqat  irsiyat,  muhit va ta’lim-tarbiyaga bog’lab        o‘rganish,  talqin  qilish  ham  haqiqatga  unchalik  to‘g‘ri  kelmaydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’limtarbiya shaxsning o ‘zi faol ishtirok etgandagina, uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste’dod qobiliyatlarini  o‘stira  oladi.  Agar kishi  o ‘z  ishini  sevsa,  uning  shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.Tarbiyalash jarayoni

Tug‘ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yig’laydi. Ammo ular katta bo’lganlarida, turli mavqega ega bo’ladi. Nima uchun?Bola  o‘z  onasidan  tug’llishi  bilan  uni  tashqi  muhit  asosida  tarbiyalash  boshlanadi, chunki, odatda, uichki  muhit asosida  ona qornida tarbiya oladi.Tarbiya  insonning  o‘z  oilasi,  jamoasi,  jamiyatida  muhim asos  hisoblanadi,  chunki  hech  kim  o ‘z  nasidan  «yomon»  bo’lib tug’llmaydi.  Tug’llgandan  keyin  ham  hech  bir  ota-ona  o‘z  bolasini yomon boMishini xohlamaydi. balki  uni ardoqlab o‘stiradi.

Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari

Previous articleKompleks tuzlar
Next articleMafkuraviy immunitet tushunchasi