Xristianlik ta’limoti. Xristianlik marosimlari

0

Xristianlik ta’limoti. Xristianlik marosimlari. Христианлик таълимоти. Христианлик маросимлари.


Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar

  1. Xristianlik dinining dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.
  2. Xristianlik dastlab qaysi hududlarda tarqalgan?
  3. Uning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang.
  4. Xristianlikda dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning tarixiy sabablari nimada edi?

Muqaddas manbalari va marosimlari

Xristianlikning muqaddas manbayi «Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki bo‘limdan tarkib topgan «Bibliya» (yunoncha — «kitoblar») hisoblanadi.

«Qadimgi Ahd» «Tavrot», «Zabur» va boshqa bir necha kitob va madhiyalarni o‘z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, ya’ni bo‘limdan iborat.

«Bibliya»da qayd etilishicha, Iso Masih o‘z da’vatlarida xalqni yaqinlashib kelayotgan oxirzamondan ogohlantirish uchun Xudo tomonidan yuborilganini ta’kidlaydi. Gunohlardan tiyilib, tavba qilish va to‘g‘ri yo‘lga kirishga chaqiradi. U turli mo’jizalar ko‘rsatib, odamlarni davolaydi.

Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Jahon

Milodiy 313-yilda imperator Konstantin yepiskoplarga Isoning o‘gitlarini to‘plash va kitob holiga keltirishni buyurdi. Kitob holidagi xristianlik tarixi yoritilgan «Yangi Ahd» Konstantin vafotidan so‘ng Karfagen yig‘inida tasdiqlandi.


Ilk Butun Jahon Sobori 325­yil Nikeya shahrida o‘tkazilib, unda e’tiqod timsoli deb nomlangan xristianlik ta’limoti asosini tashkil etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilingan. Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar maktublari va xristian soborlarining qarorlari) bilan to‘ldirilgan.


Soborlariga yig‘ib turadi. Bunday yig‘ilishlarda diniy ta’limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristianlikdagi qonunchilik me’yorlari va ibodatlarni olib boorish qoidalari shakllandi, bid’atga qarshi kurashish usullari belgilandi.

Xristianlik ta’limotiga binoan qator marosimlarda Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho‘qintirish (xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino tamaddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish, miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh kiradi.


Tarixga nazar

G‘arbiy Rim Imperiyasi qulagach (476-yilda), Rimdagi dunyoviy hokimiyat cherkovning qo‘liga o‘tdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi Rim Papasi unvonini oldi.

Imperiyaning sharqiy qismi Vizantiyada esa kuchli imperator hokimiyatining saqlanib qolganligi sababli cherkov imperatorga bo‘ysundirildi. Natijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim Papasi va Konstantinopol patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi.


Xristianlik Yo‘nalishlari (Turlicha xato)

1054-yilda xristianlik doirasida bo‘linish ro‘y berishi natijasida pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik (G‘arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.


Turlicha xato qilish mumkin, ammo to‘g‘ri yo‘l esa bitta. Shu sababli ham to‘g‘ri yo‘ldan ko‘ra xato qilish oson; mo‘ljalga tegishdan ko‘ra tegmaslik o‘ng‘ay. Arastu


Tarixan xristianlikning sharqiy yo‘nalishi sifati da shakllangan pravoslavlik, asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mamlakatlarida tarqalgan.

Pravoslavlik ta’limoti asoslarini Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Pravoslavlikda sirli marosimlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, ular davomida Xudo tomonidan alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cherkov yetti sirli marosimning barchasini tan oladi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o‘rinni egallaydi.

Nikeya va Konstantinopolda o‘tkazilgan Butun Jahon Soborlarida qabul qilingan «E’tiqod timsolida» xristianlikning ta’limot asoslari 12 bandda belgilandi, bular:

1. Olamni yaratgan yagona Ota­Xudo — Muqaddas Uchlikning birinchi yuzi haqida;

2. O‘g‘il­Xudo, ya’ni Iso Masihga ishonish haqida;

3. Ilohiy mujassamlashuv, ya’ni Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;

4. Gunohlar kechirilishi — Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechirilishi haqida;

5. Isoning qayta tirilganligi haqida;

6. Isoning osmonga ko‘tarilishi haqida;

7. Isoning kelajakda ikkinchi marotaba yerga qaytishi haqida;

8. Muqaddas Ruhga ishonish haqida;

9. Cherkovga yagona, muqaddas, havoriylar (apostollar) cherkovi sifatida munosabatda bo‘lish haqida;

10. Cho‘qintirish sirli marosimining gunohlardan forig‘ qilishi haqida; 11. O‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;

12. Abadiy hayot haqida.

TARIXGA NAZAR

Katoliklik tarixida XI–XIII asrlardagi salb yurishlari, «Xudo tobuti» va Muqaddas Yerni, ya’ni Falastin hududini, «g‘ayridin»lardan ozod qilishga da’vatlar bo‘lgan. Din, e’tiqod bayrog‘i ostida sodir etilgan bu harakatlar aslida Papalar ta’sirini mustahkamlash va kengaytirish hamda boylik orttirish maqsadida uyushtirilgan.

Pravoslavlik cherkovi bayramlar va ro‘za tutishlarga katta ahamiyat beradi. Odatda, katta cherkov bayramlari arafasida ro‘za tutiladi. Uning mohiyati inson ruhining poklanishi va yangilanishi, diniy hayotdagi muhim hodisaga tayyorlanishdan iborat.


Katoliklik

Katoliklik xristianlik dinining eng yirik yo‘nalishi hisoblanadi. «Katolik» so‘zi butun jahon, butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma’noga ega. Bu yo‘nalish, asosan, G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Boltiqbo‘yi, Ukraina va Belarusning g‘arbiy hududlarida, Lotin Amerikasi va AQSHda tarqalgan.

Katoliklik xristian dinining yo‘nalishi sifatida uning asosiy aqidalari va marosimlarini tan olishi bilan birga, ta’limoti, marosimlarni amalga oshirish, tashkil topishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katolik ta’limotining asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas kitob — Bibliya va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi.

Katolik Cherkovi Tashkiloti jiddiy ravishda markazlashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi bu Cherkovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq masalalari bo‘yicha qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati Butun


Jahon Soborlaridan yuqori turadi. Katoliklik ta’limotiga ko‘ra, Cherkov gunohlarni afv etish, kechirim tuhfa qilish huquqiga ega. Bu huquq indulgensiyalar to‘g‘risidagi ta’limotning, ya’ni pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarni kechirishning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

Katoliklikda 1870-yilda Vatikanda o‘tkazilgan 1-soborda qabul qilingan Papaning begunohligi haqidagi aqidalar mavjud. Papani kardinallar yig‘ilishi (kollegiyasi) saylaydi


Ijodiy faoliyat

Matnni o‘qing. Berilgan tarixiy voqea asosida protestantlarning talablari nimadan iborat ekanligi yuzasidan fikr bildirung.

Praga universiteti professori Yan Gus (1369–1415) J. Viklif g‘oyalaridan ta’sirlanib, cherkov boyliklaridan voz kechishi kerakligini targ‘ib qildi. Cherkovga katta daromad keltiradigan va, Yan Gus fikriga ko‘ra, dindorlar ongini buzuvchi indulgensiyalarning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu qarashlari uchun u 1415­yilda Konstans sobori qaroriga binoan gulxanda kuydirildi.


Protestantlik

Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformatorlar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif (1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi lozimligi va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ingliz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar.

Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajratmaydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniydir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bilan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga bo‘ysunmaydilar. Ibodat va’z o‘qish, birgalashib ibodat qilish va diniy qo‘shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat.

Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan olmaydilar, tarkidunyochilik, go‘daklarni cho‘qintirish, ruhoniylar kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar.

 Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483– 1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyu ter diniy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g‘oyasini ilgari surdi. Lyuterning fikricha, inson va Xudo o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lishi mumkin.

Lyuter ta’limoti protestantlikdagi yo‘nalishlardan biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra, odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va mun tazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-tazarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd etadi. Lyuteranlar ta’limotiga ko‘ra, Papa o‘zi buyur         gan yoki cherkov nizomida belgilangan jazolardan ozod qilishi mumkin, ammo cherkov insonni xudoning jazosidan ozod qilolmaydi deb hisoblanadi.

Indulgensiyalarni sotib olishning befoydaligini M. Lyu ter shunday asoslaydi: «Xudo chin ko‘ngildan tavba qiluvchilarning gunohidan kechadi, abadiy qiynoq lardan ozod qiladi, osiy bandalar Papaning yorlig‘isiz ham bundan umid qilishlari mumkin». Lyuteranlik Germaniya, Daniya, Norvegiya, AQSHda tarqalgan. Xristianlikda bu yo‘nalishlardan tashqari kalvinizm, presviterianlar, anglikan cherkovi, bap tizm, anabaptizm, mennonitlar, unitarizm, metodistlar, kvakerlar, pyatidesyatniklar, adventistlik yo‘nalishlari mavjud.

Bugungi kunda xristianlik yo‘nalishlaridan mamlakatimizda pravoslav, katolik, arman apostol, nemis yevangel-lyuteran, yevangel xristian-baptistlar, yettinchi kun xristian adventistlari, koreys protestant, to‘liq injilchi, «Golos Bojiy» kabi chekovlari ro‘yxatdan o‘tgan.

Ular mamlakatimizda qabul qilingan «Vijdon erkinli gi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga amal qilishlari shartligi ham belgilab qo‘yilgan


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Xristianlik cherkovining pravoslavlik va katoliklikka ajralishining sabablari nimada?
  2. Xristianlikdagi bo‘linish sabablarini muhokama qiling.
  3. Katoliklik va pravoslavlik ta’limotlaridagi mushtarak va farqli jihatlar haqida qiyosiy ko‘rgazmali slayd tayyorlang (MS Power Point).
  4. O‘zbekistondagi xristian diniy tashkilotlari haqida nimalarni bilasiz?
Previous articleMitropoliyalar – Mitropoliya (Митрополия)
Next articleXristianlik muqaddas manbalari va marosimlari