O‘zbekiston maktablari

0

Ўзбекистон мактаблари. Uzbekiston maktablari.


Mamlakatimizda 9700 ta zamonaviy umumta’lim maktabi bor. Ularda 4 million 521 mingdan ortiq bola ta’lim olmoqda. Ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yadigan 1-sinf o‘quvchilari har yili davlat hisobidan «Alifbe» kitobi va boshqa darsliklar, zarur o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlanadi. Masalan, 2014-yilda 587 mingga yaqin 1-sinf o‘quvchisi salkam 28 milliard so‘mlik darslik va o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari uchun 34 million 500 ming nusxadagi darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar yurtimizdagi ta’lim olib boriladigan 7 tilda nashr qilinib, barcha umumta’lim maktablariga yetkazib berildi. Har yili yangi o‘quv yilidan oldin mamlakatimizdagi maktablar ta’mirlanib, sentabr oyida o‘quvchilar ixtiyoriga topshiriladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-yilda esa Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etildi. Hozirgi vaqtda yurtimizda 12 yillik majburiy bepul ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda yangiyangi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari bilan birga turli hududlar, jumladan, olis qishloq va tumanlarda 315 ta zamonaviy musiqa va san’at maktabi, 1500 dan ziyod bolalar sporti obyektlari barpo etildi.

Siz yurtimizda har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tantanali topshirish marosimini albatta ko‘rib borsangiz kerak. Ana shu yuksak mukofotga sazovor bo‘lgan qizlar mazkur marosimda o‘zlarining o‘qishda, jamoat ishlarida, badiiy ijodda, san’at va sportda erishgan yutuqlari haqida gapirganlarida muhtasham «Turkiston» saroyi gulduros qarsaklardan bamisoli gumburlab ketadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz, yuqorida zikr etilgan afg‘on qizining mamlakatida ham shunday imkoniyatlar bo‘lganida bu qizaloq ham shuncha intilishi, turishqoqligi bilan o‘qishda, ishda, ilm-fan va madaniyatda katta natijalarga erishishi mumkinmidi?

Demak, biz mustaqil hayot qadrini chin dildan anglab, uni ko‘z qorachig‘idek asrashga doimo tayyor bo‘lib yashashimiz kerak.

To‘maris, Shiroq, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi jasur ajdodlarimizga kuch-qudrat bergan tuyg‘u avvalo ona yurt oldidagi muqaddas farzandlik burchi, unga sadoqat tuyg‘usi, Vatan ozodligini eng ulug‘ ne’mat deb bilish hissi edi.

Bugungi kunda xalqimizning ozod va erkin hayot barpo etish, dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallash yo‘lidagi ulkan intilish va harakatlarining mustahkam manbayi ham ana shunday buyuk tuyg‘ulardir.

Aziz o‘quvchi, shuni unutmang, dunyoda ko‘pgina xato va kamchiliklar, hatto gunohlar kechirilishi mumkin, ammo ota-onaga, yor-u do‘stlarga, Vatanga xiyonat aslo kechirilmaydi.

«Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko‘raman. Ezgulikka va haqiqatga sadoqati bo‘lmagan, ularga ishonmagan odam qo‘rqinchlidir»[1].

Vatan tuyg‘usini chin dildan his etish, shu tuyg‘u bilan yashash inson hayotiga ma’no-mazmun bag‘ishlaydi, uni kamolot sari yetaklaydi. Bunday odam hayotning murakkab so‘qmoqlarida adashmaydi, o‘z xalqining mard va fidoyi farzandi bo‘lib voyaga yetadi. Eng muhimi, bunday insondan uning o‘zi ham, el-yurti ham naf ko‘radi, rozi bo‘ladi.


[1] Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 122-bet. 


Savol va topshiriqlar:

  1. Mustaqillik kuni sizning shahringiz yoki qishlog‘ingizda qandaynishonlanadi?
  2. Mustaqillik haqida qo‘shiq yoki she’r bilasizmi?
  3. Afg‘on qizi nima uchun orzusiga erisholmadi?
  4. Yurtimiz yoshlari, jumladan, qizlarimizning o‘qishda, ilm-fan, madaniyat, sport sohalaridagi yutuqlari haqida nimalarni bilasiz?
  5. O‘zingiz qaysi sohaga qiziqasiz?
Previous articleEng ulug‘, eng aziz ayyom (Vatan tuyg‘usi)
Next articleMustaqilligimiz abadiy bo‘lsin (Узбекистан мустакиллик)