Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin (Узбекистан мустакиллик)

0

Мустақиллигимиз абадий бўлсин! Мустакиллигимиз абадий булсин! Мустакили Узбекистана. Мустакиллик байрамингиз билан. 


Aziz o‘quvchi, siz bu so‘zlarni ko‘p eshitgansiz. Yurtimizni, uning shahar va qishloqlarini aylanar ekanmiz, ko‘chalar, maydonlarni bezab turgan shior va lavhalar orasida mazkur iboraga ham ko‘zimiz tushadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘da Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanali marosimdagi tabrik so‘zini aynan shu ibora bilan yakunlar ekan, bamisoli butun xalqimiz bu ulug‘ tilakka qo‘shilib, uni tilida va dilida takrorlagandek bo‘ladi.

Xalqimiz uchun pok tuyg‘u va niyatlar bilan yashash necha ming yillik bezavol qadriyatga aylanib ketgan. Shuning uchun ham hayotimizni ulardan ayri holda tasavvur etolmaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin

Ota-bobolarimiz daraxt eksa, uy qursa: «Ko‘p yillar bolalarimga, bolalarimning bolalariga xizmat qilsin!» – deb yaxshi niyat qiladi. Deyarli har kuni ezgu tilaklarimizga qo‘shib aytadigan «Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin», «Yaratganning o‘zi asrasin» degan ezgu maqsadlar bizga yangi kuch-g‘ayrat beradi, ertangi kunga katta umid va ishonch bilan yashashga undaydi.

Mustaqillik yillarida bunday oliyjanob tilaklar qatoriga «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart», «O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak» degan iboralar qo‘shilib, xalqimiz o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgani bejiz emas. Ularning orasida «Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» degan ibora chuqur ma’no-mazmuni bilan alohida o‘rin tutadi.

Dunyoda shunday ne’matlar borki, ularning qadr-qimmati, ahamiyati asrlar va hatto abadiyat bilan o‘lchanadi. Yillar, zamonlar o‘tsa ham ular inson, davlat, xalq va jamiyat uchun eng zarur ehtiyoj, oliy ne’mat bo‘lib qolaveradi.

Mustaqillik ana shunday buyuk qadriyatdir. Bu so‘zni aytganda, biz ham tariximiz, ham bugungi kunimiz, ham kelajak hayotimizni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz. Ajdodlarimiz aynan mustaqillikni qo‘lga kiritib, o‘z yurti, o‘z davlatiga o‘zi egalik qilgan davrlarda dunyoga dong taratib, mislsiz yutuqlarga erishganlar. Vatanimiz bosqinchilar zulmi ostida qolgan kezlarda esa xalqimiz qanchadan-qancha azobuqubatlarga duchor bo‘lgan, mustaqillikka erishishni orzu qilib yashagan. Lekin bunday buyuk maqsadga erishish uchun faqat orzuning o‘zi kamlik qiladi. Ozodlik yo‘lidagi ne-ne qiyinchilik va mashaqqatlardan qo‘rqmasdan, mardlik, fidoyilik bilan kurashish talab etiladi.

Eng og‘ir masala ham ana shu – xalqni ozodlik g‘oyasi bilan uyg‘otib, uni bu yo‘lda albatta g‘alaba qozonishga ishontirib, olg‘a boshlashdir. Bunday ulug‘ vazifani ado etishga faqat katta rahbarlik tajribasiga, ulkan tafakkur, mustahkam irodaga ega bo‘lgan insongina qodir bo‘ladi. Prezidentimiz Islom Karimov SSSR deb atalgan, mustaqillikdan oldin hukm surgan sobiq mustabid tuzum zulmi ostida qolib ketgan ona yurtimizni ozod qilish uchun 1989-yil 23-iyunda ana shunday tarixiy vazifani zimmasiga olib, O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshladi. Prezidentimizning o‘sha paytda o‘tkazgan birinchi majlisda aytgan dastlabki so‘zlari «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi»[1] degan so‘zlardir. Bu so‘zlar zamirida umrini o‘tab bo‘lgan eski tuzumdan voz kechib, albatta, mustaqillikka erishamiz, yangi hayot, yangi jamiyat quramiz, degan ulug‘ maqsad mujassam edi. Bu shunchaki orzu, shunchaki havas emas, ulkan amaliy ishlar, jiddiy harakatlarning boshlanishi ekanini keyingi voqealar yaqqol ko‘rsatdi. Siz davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobini o‘qib chiqsangiz, bunga to‘la ishonch hosil qilasiz.

Ana shu tarixiy bayonotdan boshlangan o‘zgarishlar 1991-yil 31avgustda mustaqillikka erishganimizdan keyin yanada keng tus oldi. Bugungi kunda esa bu yo‘ldagi harakatlar mutlaqo yangi bir sharoitda davom ettirilmoqda. Bunday islohot va yangilanishlarning barchasi nafaqat bugungi va ertangi kunimizga, balki abadiyatga daxldor ishlar ekani e’tiborlidir.


[1]Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: «O‘zbekiston», 2011-yil, 32-bet.

Previous articleO‘zbekiston maktablari
Next articleXalqimizning ishonchi va tayanchi (O‘zbekiston)