Insonga fuqarolik nima uchun kerak? Инсонга фуқаролик нима учун керак? Инсонга фукаролик нима учун керак?
Fuqarolik nimaligini bilasizmi? U yoki bu mamlakat fuqarosi bo’lish inson uchun nimani anglatishi xususida o’ylab ko’rganmisiz?
1-topshiriq
O’z mamlakatini tark etish va xorijda yashash uchun ko’chib ketishni orzu qiluvchi bolalar uchrab turadi.
Guruhlarga bo’lingan holda o’zga mamlakatda yashashga «rozi» va «qarshi» bo’lgan beshta asosiy sabablarni shakllantiring. Ularning har biri o’zi haq ekanligini izohlasin.
| Yodda tuting! Fuqarolik – bu insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalaridir. Davlat o’z qonunlarida insonning huquqiy maqomini, ya’ni insonning davlatga, uning organlariga va boshqa shaxslarga nisbatan maqomini belgilaydi. |
Fuqaro hisoblangan shaxs o’z davlati hududida ham, xuddi shuningdek, undan tashqarida ham davlat muhofazasida va shafeligida bo’ladi hamda fuqaroga nisbatan mustahkamlab qo’yilgan barcha huquqlardan to’laligicha foydalanadi. O’z navbatida, fuqarolar o’z davlati qonunlariga rioya etishlari, o’z fuqarolik burchlari va majburiyatlarini bajarishlari shart.
Fuqaro nafaqat saylab qo’yiladigan organlarga o’z vakillarini saylashi, qolaversa, o’zi ham ana shu organlarga saylanishi mumkin. Fuqaroligi bo’lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo’lmaydi.
Bordi-yu, armiyada xizmat qilish fuqaro uchun fuqarolik burchi va majburiyati sanalsa, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan esa bunday majburiyat qonun bilan tatbiq etilmaydi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar partiyalar a’zosi ham bo’la olmaydilar, davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlolmaydilar, saylovlarda ishtirok etolmaydilar.
| Yodda tuting! Diskriminatsiya – jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko’ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish. |
E’tibor qarating!
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (apatridlar) – xalqaro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquq- lardan foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning qurolli kuchlarida xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning fuqarolari kabi bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.
«Fuqarolik to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasida O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi, lekin O’zbekiston Respublikasi fuqa- rolari bo’lmagan va xorijiy davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi asosga ega bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanishi qayd etilgan. Ikki mamlakat fuqarosi bo’lish taqiqlangan.
Asosiy qonun belgilaydi O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda. |
Batafsil >> O’zbekiston respublikasi fuqaroligi








