O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining ustunligi. Ўзбекистон республикаси конституциясининг устунлиги.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, bizning davlatimizda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va u O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy aktlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilina- di. Ular Konstitutsiyaning normalari va prinsiplariga zid bo’lishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, davlatning barcha normativ hujjatlari Konstitutsiya normalariga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinishi shart.
Asosiy qonun belgilaydi
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 16-modda.
Konstitutsiyaning jiddiy va e’tiborli xususiyati o’zbek xalqi qadimiy madaniyati va milliy qadriyatlariga asoslanganligidir.
Batafsil >> 2-§. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi