Konstitutsiya muqaddimasi haqida. Konstitutsiya Muqaddima: maqsad va vazifalari. Конституция Муқаддима: мақсад ва вазифалари. Конституция Мукаддима: максад ва вазифалари.
Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima (preambula; kirish)dir. Unda O’zbekiston taraqqiyot yo’lining maqsadlari, vazifalari va prinsiplari qisqacha shaklda sanab o’tiladi.
Muqaddimaning muhimligi shundaki, Konstitutsiya matnida bayon etilgan barcha qoidalar unda e’lon qilingan quyidagi asoslar va prinsip- larga mos kelishi kerak, jumladan:
- inson huquqlariga rioya qilish;
- davlatchilik negizi – suverenitet;
- mamlakatni milliy davlatchilik tarixiy tajribalariga tayanib rivojlantirish;
- demokratiya va ijtimoiy adolat ideallarini tan olish;
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini tan olish;
- insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish;
- fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash.
Yodda tuting! Konstitutsiya Muqaddimasi – Asosiy qonun qabul qilinishiga sabab bo’lgan prinsiplar to’g’risida xalqning tantanali bayonotidir. Muqaddimada Konstitutsiya mamlakat xalqi nomidan e’lon qilinishi va uning orzu-armonlari, niyatlari va zimmasiga oladigan majburiyatlari aks ettiriladi. |
Batafsil >> 2-§. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi








