O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi. Amaliyot darsi. Ўзбекистон / Узбекистон республикаси конституцияси мундарижаси ва тавсифи. Амалиёт дарси. Ўзбекистон Республикаси конституциясининг қабул қилиниши. Муқаддима: мақсад ва вазифалари. Конституцияда эълон қилинган умуминсоний қадриятлар. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг устунлиги. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг тузилиши.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi qanday kechgani va uning qabul qilinishini;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiyatlari nimalardan iborat ekanligini bilib olasiz.
- O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi.
- Muqaddima: maqsad va vazifalari.
- Konstitutsiyada e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi.
1. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Konstitutsiya loyihasi- ning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko’p takliflar inobatga olingan holda komissiya tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo’yildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O’zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritildi – 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
2. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy mundarijasi
Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo’lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tartibga solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat ramzlarini mustahkamlab qo’yadi; Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi.
Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Xususiy mulk mulkchilikning boshqa shakllari qatorida davlat muhofazasi ostidadir.
Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik, ko’ppartiyaviylik, ya’ni bi- ror muhim muammoni hal etish bo’yicha fikrlar xilma-xilligi ko’zda tutiladigan siyosiy plyuralizm mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi o’ringa qo’ydi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi.
Konstitutsiya, shuningdek, fuqaro va davlatni o’zaro huquqlar va burchlar bilan bog’lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo’ydi.
3. Muqaddima: maqsad va vazifalari
Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima (preambula; kirish)dir. Unda O’zbekiston taraqqiyot yo’lining maqsadlari, vazifalari va prinsiplari qisqacha shaklda sanab o’tiladi.
Muqaddimaning muhimligi shundaki, Konstitutsiya matnida bayon etilgan barcha qoidalar unda e’lon qilingan quyidagi asoslar va prinsip- larga mos kelishi kerak, jumladan:
- inson huquqlariga rioya qilish;
- davlatchilik negizi – suverenitet;
- mamlakatni milliy davlatchilik tarixiy tajribalariga tayanib rivojlan- tirish;
- demokratiya va ijtimoiy adolat ideallarini tan olish;
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini tan olish;
- insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish;
- fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash.
Yodda tuting! Konstitutsiya Muqaddimasi – Asosiy qonun qabul qilinishiga sabab bo’lgan prinsiplar to’g’risida xalqning tantanali bayonotidir. Muqaddimada Konstitutsiya mamlakat xalqi nomidan e’lon qilinishi va uning orzu-armonlari, niyatlari va zimmasiga oladigan majburiyatlari aks ettiriladi. |
4. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining ustunligi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, bizning davlatimizda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va u O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy aktlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilina- di. Ular Konstitutsiyaning normalari va prinsiplariga zid bo’lishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, davlatning barcha normativ hujjatlari Konstitutsiya normalariga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinishi shart.
Asosiy qonun belgilaydi
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 16-modda.
Konstitutsiyaning jiddiy va e’tiborli xususiyati o’zbek xalqi qadimiy madaniyati va milliy qadriyatlariga asoslanganligidir.
5. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining tuzilishi
Muqaddima
I bo‘lim. Asosiy prinsiplar.
1-bob. Davlat suvereniteti (1–6-moddalar);
2-bob. Xalq hokimiyatchiligi (7–14-moddalar);
3-bob. Konstitutsiya va Qonunning ustunligi (15–16-moddalar);
4-bob. Tashqi siyosat (17-modda);
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
5-bob. Umumiy qoidalar (18–20-moddalar);
6-bob. Fuqarolik (21–23-moddalar);
7-bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar (24–31-moddalar);
8-bob. Siyosiy huquqlar (32–35-moddalar);
9-bob. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (36–42-moddalar);
10-bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari (43–46-moddalar);
11-bob. Fuqarolarning burchlari (47–52-moddalar);
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs.
12-bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (53–55-moddalar);
13-bob. Jamoat birlashmalari (56–62-moddalar);
14-bob. Oila (63–66-moddalar);
15-bob. Ommaviy axborot vositalari (67-modda).
IV bo‘lim. Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi.
16-bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi (68–69-moddalar);
17-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (70–75-moddalar).
V bo‘lim. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
18-bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (76–88-moddalar);
19-bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti (89–97-moddalar);
21-bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari (99–105-moddalar);
22-bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati (106–116-moddalar);
23-bob. Saylov tizimi (117-modda);
24-bob. Prokuratura (118–121-moddalar);
25-bob. Moliya va kredit (122–124-moddalar);
26-bob. Mudofaa va xavfsizlik (125–126-moddalar).
20-bob. Vazirlar Mahkamasi (98-modda);
VI bo‘lim. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi.
Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibi (127–128-moddalar).
Yakunlarni chiqaramiz
Konstitutsiya mundarijasi:
- 1992-yil 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi i qabul qilinishi;
- Konstitutsiyada inson, uning hayoti va erkinliklari oliy qadriyat i deb e’lon qilingan;
- davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va shaxs oldidagi mas’uliyati nazarda tutilgan;
- siyosiy plyuralizm;
- inson manfaatlari davlat manfaatlariga nisbatan ustun;
- Konstitulsiya – davlat va mamlakat aholisi o’rtasidagi shartno- ma;
- Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni;
- Muqaddima, 6 ta bo’lim, 26 ta bob, 128 ta moddadan iborat.
O’zingizni sinang!
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qanday umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlangan?
- Siyosiy plyuralizm nima?
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatda qandaydir davlat mafkurasining joriy etilishi nima uchun taqiqlangan?