Protestantlik (Xristianlik) dini

0

Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformatorlar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif (1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi lozimligi va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ingliz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar.

Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajratmaydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniydir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bilan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga bo‘ysunmaydilar. Ibodat va’z o‘qish, birgalashib ibodat qilish va diniy qo‘shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat.

Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan olmaydilar, tarkidunyochilik, go‘daklarni cho‘qintirish, ruhoniylar kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar.

 Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483– 1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyu ter diniy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g‘oyasini ilgari surdi. Lyuterning fikricha, inson va Xudo o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lishi mumkin.

Lyuter ta’limoti protestantlikdagi yo‘nalishlardan biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra, odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va mun tazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-tazarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd etadi. Lyuteranlar ta’limotiga ko‘ra, Papa o‘zi buyur         gan yoki cherkov nizomida belgilangan jazolardan ozod qilishi mumkin, ammo cherkov insonni xudoning jazosidan ozod qilolmaydi deb hisoblanadi.

Indulgensiyalarni sotib olishning befoydaligini M. Lyu ter shunday asoslaydi: «Xudo chin ko‘ngildan tavba qiluvchilarning gunohidan kechadi, abadiy qiynoq lardan ozod qiladi, osiy bandalar Papaning yorlig‘isiz ham bundan umid qilishlari mumkin». Lyuteranlik Germaniya, Daniya, Norvegiya, AQSHda tarqalgan. Xristianlikda bu yo‘nalishlardan tashqari kalvinizm, presviterianlar, anglikan cherkovi, bap tizm, anabaptizm, mennonitlar, unitarizm, metodistlar, kvakerlar, pyatidesyatniklar, adventistlik yo‘nalishlari mavjud.

Bugungi kunda xristianlik yo‘nalishlaridan mamlakatimizda pravoslav, katolik, arman apostol, nemis yevangel-lyuteran, yevangel xristian-baptistlar, yettinchi kun xristian adventistlari, koreys protestant, to‘liq injilchi, «Golos Bojiy» kabi chekovlari ro‘yxatdan o‘tgan.

Ular mamlakatimizda qabul qilingan «Vijdon erkinli gi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga amal qilishlari shartligi ham belgilab qo‘yilgan


Batafsil >> Xristianlik ta’limoti. Xristianlik marosimlari

Previous articleKatoliklik (Xristianlik) dini
Next articleMarkaziy Osiyoda Islom. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi