Jahon Otin Uvaysiy g‘azallar. Sog‘indim

0

Jahon Otin Uvaysiy G‘azallar. Sog‘indim. Жаҳон Отин Увайсий Ғазаллар. Соғиндим. Жахон Отин Увайсий Газаллар. Согиндим.


Sog‘indim

Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.

Musofirman, g‘aribman, bekas-u ham benavodurman[1],
Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim.

Tilimning zikri-yu, ko‘nglimni fi kri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni sog‘indim.

Kecha-kunduz yo‘lig‘a muntazirdurman, tikarman ko‘z,
Kelib holim so‘ribon ketsa, mehmonimni sog‘indim.

Nasibin uzmadi Tangri, ilojin topmag‘ay kelsa,
Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim.

Qorong‘u bo‘ldi olam ko‘zima ushbu judolikdin,
Ko‘z-u ko‘nglum ziyosi mohi tobonimni sog‘indim.

Mani bekas Uvaysiy, yig‘lagayman ro‘z-u-shab[2] tinmay,
Uyimning ziynati, ko‘z ravshani, xonimni sog‘indim.


G‘azallar

Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.

Istadim[3][4] bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin[5], band qil Xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo[6] Uvaysiyman!»

Kechalar fi g‘onimdin tinmadi kavokiblar[7],
Arz to samo[8] uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko‘rib xarobotin[9] ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido[10] Uvaysiyman.

Faqr borgohiga[11] qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jonfi do Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat[12] deb sahl[13] tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Jahon Otin Uvaysiy


  • [1] Benavo – baxtsiz, sho‘rpeshona.
  • [2] Ro‘z-u-shab – kun-tun, erta-kech.
  • [3] Istadim – bu yerda: «izladim» ma’nosida.
  • [5] Uz diling taalluqdin – dilingni dunyo aloqasidan uz, ya’ni dun yodan yuz o‘gir.
  • [6] Mosivo Uvaysiyman – dunyodan uzilgan Uvaysiyman.
  • [7] Kavokib – yulduzlar.
  • [8] Arz to samo – yerdan osmongacha.
  • [9] Xarobotin – bu yerda: so‘fiylar maskani.
  • [10] Iqtido – ergashish. Bu yerda Uvaysiyning so‘fiylik, tasavvuf maslagiga ergashgani anglashiladi.
  • [11] Borgoh – faqir so‘fiylar, ishq ahlining manzilgohi.
  • [12] Beriyozat – mashaqqatsiz, qiynoqsiz, azobsiz.
  • [13] Sahl – yengil, oson.

Savol va topshiriqlar:

  1. She’rdan shoira tarjimayi holi bilan bog‘liq jihatlarni toping. G‘azalda ifodalangan yetakchi fi kr va tuyg‘uni aniq lang.
  2. G‘azaldagi «gado», «shohi davron» timsollari shoiraning intizorlik tuyg‘ularini ifodalashga qay darajada хizmat qi ladi?
  3. Shoiraning: «Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim» tarzidagi anduhida o‘zbek onalariga хos sifatlarning qanday ifodalanganligini ko‘rsating.
  4. G‘azaldagi: «Tilimning zikri-yu, ko‘nglimni fi kri, yaxshi farzandim, Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni sog‘indim» baytida sog‘inch iskanjasidagi ayol tuyg‘ularini ifodalashda shoira mahoratini ko‘rsatuvchi jihatlarni toping.
  5. Shoiraning oddiygina askar o‘g‘lini «davlatli sultonim» deb atashi sababini qanday izohlaysiz?
  6. «Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim» misrasida ifodalanayotgan ma’noni anglating.
  7. Shoiraning o‘ziga nisbatan ishlatgan sifatlashlari orqali iztirobni, o‘g‘liga qo‘llagan sifatlar vositasida sog‘inchni ifodalaganini tahlil qilib chiqing.
  8. She’rda o‘g‘ilning holati, kechinmalari ham aks etganmi?
  9. Holat va kechinmalar tasviri uchun qo‘llangan ifodalarni toping, ularning g‘azal badiiyatida tutgan o‘rnini sharhlang.
  10. She’rni yod oling.
Previous articleJahon Otin Uvaysiy hayoti va ijodi – Жаҳон Отин Увайсий
Next articleChistonlar (Jahon Otin Uvaysiy chiston)