Qurbonlik ahkomlari. Qurbonlik shartlari

0

Qurbonlik ahkomlari. Qurbonlik shartlari. Қурбонлик аҳкомлари. Қурбонлик шартлари.

Har yili zulhijja oyi kirib kelar ekan uziga tuq kishilar Allohga qurbat hosil qilish maqsadida va U ato etgan behisob nematlarga shukronalik hissining bir ramzi ularoq qurbonlik suyib, qon chiqarish uchun soglom va baquvvat chorva hayvonlarini kharid qilib, to qurbon hayiti kuniga qadar boqib quyadilar.

Alloh taolo uchun jonliq suyish dini Islomning guzal ananalaridan va shariatimiz buyurgan buyuk ishlardan hisoblanadi. Uning hikmat va fazilatlari beqiyosdir. Avvalo bu ish bandani Allohga yaqinlashtiradi. Shu bois ham qurbonlikni sof niyat bilan, Allohga qurbat hosil qilay, Uning roziligini topay, degan pokiza maqsadlarda amalga oshirish lozim.

Alloh taolo Uzining cheksiz marhamati tufayli biz gunohkor bandalarni Uziga yaqinlashtiradigan kuplab sabab va vasilalarni yaratib bergan. Bu dunyoni okhiratning ekinzori qilib quygan. Dunyoda odamlar bilan muoamalada shunday holatlar buladiki, bir inson boshqa bir uzi hurmat qiladigan obruli, ziyoli yokhud badavlat insonga yaqinlashmoqchi buladi. Buning uchun turli-tuman vositalarni ishga solib kuradi. Unga yakhshi muoamala qiladi, iltifot kursatadi, hadiyalar beradi. Lekin, narigi odam uni umuman uziga yaqinlashtirmasligi, barcha vositalar yulini yopib quyishi mumkin. Bu narsa hayotda kup kuzatiladi. Ammo, mehribon va oliyjanob Alloh unday emas. U bizga harqancha gunoh qilsak ham, harqancha yovuz ishlarni amalga oshirgan bulsak-da tavba eshigini mudom ochiq qoldiradi, Uziga yaqinlashtiruvchi yullarni yopib quymaydi. Balki, bunday amallardan bir emas birnecha unlab turini kursatib beradi. Hatto turli vosita va vasilalarni ishga solgan holda Uziga qurbat hosil qilishga chaqiradi.

“Ey iymon keltirganlar, Allohdan qurqingiz va Unga yaqin bulish yullarini istangiz!” (Moida surasi, 35-oyat). Oyati karimada “Unga yaqin bulish yullari” “vasila” suzi bilan ifoda qilingan. Bu dunyoda Alloh taolo bandalarini Uziga yaqinlashtiradigan, jannatga kiritadigan yul va vasilalarni kupaytirib quygan. Harbir inson uz imkoniyati doirasida uzini Alloh roziligiga olib boradigan mazkur ishlarni amalga oshirishga haris bulmogi lozim. Ota-onaga yakhshilik qilish vasila, toat-ibodatda bardavom bulish vasila, sabr vasila, shukr vasila, duo vasila, istigfor vasila, odamlarga ezgulik ulashish vasila, khayr-sadaqotlar vasila, mahzun dillarga shodlik olib kirish vasila va shularning qatorida Alloh rizosi uchun jonliq suyish ham bir vasiladir.

Quroni karimda Alloh taolo Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallamni va U kishi orqali butun musulmon ummatini shu ishga buyurgan: “Bas, Rabbing uchun namoz uqi va jonliq suy!” (Kavsar surasi, 2-oyat). Mashhur tobeinlardan Qatoda, Ato va Ikrima rahmatullohi alayhimlar oyatdagi “namoz uqi” iborasini “hayit namozini uqi” deya izohlaganlar. Shunga kura, hojilar va boshqa qurbonlik qiluvchilar hayit namozi utalgandan sung jonliqlarini suyadilar.

Qurbonlikning ayrim hikmat va fazilatlari

Qurbonlikning hikmati va fazilatlari haqida qancha gapiriladigan bulsa, shuncha oz.

1. Qurbonlik – “qurbat”, yani yaqinlashish suzi bilan uzakdoshdir. Bu bilan birinchi urinda Allohning rahmatiga noil bulish, uning marhamatiga yaqin bulish maqsad qilinadi.
Alloh taolo uchun huzuridagi eng yakhshi narsani qurbon qilish inson qalbiga uzgacha huzur-halovat bakhsh etadi. Uning orqasidan qulga kiritiladigan ulkan ajru mukofot umidi kishining fikru zikrini malum muddatga bulsa-da, foniy dunyoning foniy moddalaridan uzib, boqiy olamning boqiy boyliklariga kuz tikishga undaydi. Qalbni bakhillik illatidan tozalaydi.

2. Bu – Allohning shiorlarini, U joriy etgan diniy marosimlarni uluglash, hurmatlash demakdir. «(Ish) shudir! Kimki Allohning marosimlarini uluglar (hurmatlar)ekan, bas, albatta bu (hurmat) qalblardagi taqvo tufaylidandir» (Haj surasi, 32-oyat). Demak, qurbonlik qilish qalblardagi taqvo alomati ekan. Zotan, qurbonlikning gushtidan ham, qonidan ham Allohga biron-bir foyda yuq. Balki, bu uzimiz uchun foydadir.

3. Bayram kunida qurbonlik suyish khursandchilik ustiga yana bir khursandchilikdir. Bu insonning uziga va ahli oilasiga kengchilik yaratishi uchun vasiladir. Quni-qushni, heshu aqrabo va yoru birodarlarga ikrom qilish, faqiru miskinlarning, shikasta dil odamlarning kungillariga shodlik olib kirish uchun eng yakhshi fursatdir.

4. Taqvoga erishish. Alloh taolo aytadi: «Uning (qurbonlikning) na gushti va na qoni Allohga etib borur! Balki(shu ish orqali) sizlardan paydo bulgan taqvogina Unga etur» (Haj surasi, 37-oyat).

5. Qurbonlik Alloh taologa U Zot ato etgan hisobsiz nematlari uchun shukr qilishning bir kurinishidir. Darhaqiqat, Alloh taolo bani basharga sanab adogiga etib bulmaydigan darajada beadad nematlar ato etdi. Unga hayot berdi, khilqatini chiroyli qildi, sihat-salomatlik berdi, his-tuygularini bayon etishi uchun til, yorug dunyoni kurishi uchun ikki kuz, oqni qoradan ajratishi uchun aql berdi. Boylik, molu davlat berdi. Iymonu islom nematiga muyassar etdi. Bularning bari shukr qilishni vojib qiluvchi buyuk nematlardir. Qurbonlik ana shu nematlarning ojizona bir shukronasi ularoq banda tomonidan amalga oshiriladigan ishdir.

6. Quyidagi hadis ham Alloh taolo uchun qurbonlik suyishning nechoglik fazilatli ekaniga dalolat qiladi. Oisha onamiz raziyallohu anhodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: «Odam bolasi Nahr kunida qon chiqarishdan ham kura Allohga mahbubroq bulgan biron amalni qilmaydi.(Alloh taolo uchun suyilgan) jonliq qiyomat kunida shokhlari, yunglari va tuyoqlari bilan keladi. Qasamki, uning qoni hali erga tukilmasdan burun Alloh huzuridagi yuksak maqomga tushadi (yani hali uning qoni erga tushmasdan bu amalning savobi Alloh huzurida yuksak uringa yozib quyiladi, vallohu alam). Bas, qilayotgan qurbonligingiz bilan shodlaning. Dimogingiz chog bulsin!» (Termiziy rivoyati).

Qurbonlikning tarifi

Fuqaholar qurbonlikni bir-biriga yaqin bulgan bir necha khil tariflar bilan tanishtirganlar. Jumladan:

1. “Makhsus jonivorni makhsus vaqtda suymoq, u vaqt esa azho kunidir” (“al-inoya sharhu-l-hidoya”: 9/505).

2. “(qurbonlik) sharan: makhsus hayvonni makhsus vaqtda qurbat niyati bilan suymoqdir” (Haskafiy: “ad-durr al-mukhtor”).

Qurbonlikning hukmi

Hanafiy mazhabiga kura moli nisobga etgan, muqim (yani safarda bulmagan), musulmon odam uchun qurbonlik qilish vojib hisoblanadi. Qurbonlikning vojibligiga Quroni karimdan yuqorida zikr qilingan Kavsar surasining 2-oyati dalil buladi. Hadisi shariflardan esa Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir. “Kimki, imkoni bulaturib qurbonlik qilmasa, bas, bizning namozgohimizga yaqinlashmasin” (Imom Ahmad, Ibn Moja va Hokim rivoyatlari ).

Qanday hayvonlar qurbonlik qilinadi?

Qurbonlik uchun chorva hayvonlari suyiladi. Ular: tuya, sigir va quydir. Bunda ularning erkak va urgochi jinslari tushuniladi. Quy deganda echkilar ham nazarda tutiladi. Demak, tuya, sigir, quy va echkilar qurbonlikka yaroqli hayvonlar hisoblanadi.

Qurbonlik qilinadigan hayvonning shartlari

Qurbonlik qilinadigan jonliq malum shartlarga javob berishi kerak. Aks holda qurbonlik durust bulmaydi. Quyida ana shular haqida qisqacha tukhtalib utamiz.

1. Jonliqning yoshi

Qurbonlik uchun suyiladigan jonivor qurbonlik yoshiga etgan bulishi shart. Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Faqat musinnani suyinglar. Illo, agar bu ish sizlarga qiyin kelsa, quydan jaza bulganini suysangiz ham bulaveradi» (Muslim rivoyatlari).  «Musinna» deb tuya, mol, quy va echkilardan «saniy» yoshiga tulganlariga aytiladi. «Saniy» umrining ikkinchi bosqichiga utgan – urta yoshli degani bulib, u «jaza» yoshidan keyingi bosqichdir.

Tilshunos olimlarning takidlashlaricha, butaloq besh yoshga tulib, oltiga ketganda “saniyya” deb ataluvchi old tishlari tukilar ekan. Ana shunda “saniy” bular ekan. Yuqoridagi hadisga binoan, tuya, sigir va echkidan faqat «saniy» va undan yuqori yoshda bulganlarigina qurbonlikka yaroqli hisoblanadi. Quydan esa «jaza» va undan yuqorisi qurbonlikka utadi. Demak, tuyaning «saniy»si deb tugilganiga besh yil tulgani aytiladi. Sigir va buqaning «saniy»si esa tugilganiga ikki yil tulgani buladi. Quy va echki esa bir yilda «saniy» buladi. Quydan «jaza» bulgani tugilganiga olti oy tulib, ettinchi oy ketganidir.

2. Jonliq qurbonlikning durust bulishiga monelik qiluvchi ayblardan salomat bulishi kerak

Modomiki, qurbonlik Alloh taologa yaqinlik hosil qilish maqsadida amalga oshiriladigan ish deb etibor qilinar ekan, bu ish uchun eng yakhshi, eng sara, semiz, soglom va aybu nuqsonlardan kholi bulgan jonivorni tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, qurbonlik uchun suyiladigan jonivor albatta halolu pokiza moldan bulishi kerak. Zero, Alloh taolo khush va pokizadir, faqat khush va pokiza narsalarnigina qabul qilgay.
Baro ibn Ozib raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Turt khil jonivor qurbonlikka yaramaydi: 1. Shapkurligi bilinib turgan darajadagi shapkur jonivor. 2. Kasalligi bilinib turadigan darajadagi kasal jonivor. 3. Oqsoqligi bilinib turadigan darajadagi oqsoq jonivor. 4. Oyoqda turolmaydigan darajadagi behol-madorsiz jonivor» (Sunan sohiblari rivoyat qilishgan). Ushbu hadis qurbonlikka putur etkazuvchi ayb-nuqsonlarni bilishda asos kabidir. Yuqoridagi hadisga binoan va qiyosan ulamolar quyidagi sifatga ega bulgan jonivorlarning qurbonlikka yaramasligini aytadilar.

1. Shapkur jonivor.

2. Kuzi kur jonivor.

3. Oqsoqligi bilinib turadigan darajada oqsoq jonivor.

4. Bir oyogi kesilgan jonivor.

5. Kasalligi kurinib turgan kasal jonivor. Qutir bulgan yoki badaniga yara toshgan jonivor ham shu jumladandir. Chunki, bunday kasalliklar jonivorning khilqatiga tasir qiladi, semirishiga yul quymaydi.

6. Oyoqda turolmaydigan darajada qiltomoq bulib qolgan, majolsiz jonivor.

7. Qulogining hammasi yoki bir qismi kesilgan jonivor.

8. Qulogi teshilgan yoki quloq suprasi urtasidan kesilib, yoriq paydo qilingan jonivor.

9. Belgi uchun qulogi teshib quyilgan jonivor.

10. Shohi kesib yoki sugurib olingan jonivor. Ammo uzi shohsiz tugilgan bulsa, qurbonlikka yaraydi.

11. Burni kesib olingan jonivor.

12. Dumi kesib tashlangan jonivor. Ammo uzi dumsiz yaratilgan bulsa, uni qurbonlik qilish joiz, garchi ayrim ulamolar buni nojoiz sanagan bulsalar ham.

13. Dumbasi kesib olingan jonivor.

Khulosa qilib aytadigan bulsak, qurbonlikka suyiladigan jonivor uziga ozor etkazadigan, semirib yog boylashiga monelik qiladigan va bahosini tushiradigan barcha ayb-nuqson va kasalliklardan kholi bulishi kerak. Salafi solihlardan naql qilinganki, ular qurbonlikka suyiladigan jonivorning har qanday kattayu-kichik ayblardan kholi bulganini tanlar edilar. Agar jonivorda bironta arzimas ayb topilsa ham, uni qurbonlik qilishni karih kurardilar.

3. Qurbonlik vaqti

Qurbonlik suyishning birinchi vaqti hayit namozi bilan khutba uqilgandan sung boshlanadi va hayitning uchinchi kuni quyosh botganda tugaydi. Boshqacharoq ibora bilan aytilsa, qurbonlik uch kun davomida suyiladi: qurbon hayiti kuni va uning keyinidan keluvchi tashriq kunlarining ilk ikki kunida. Biroq eng afzali qurbonlikning hayit namozi uqib bulinishi bilan amalga oshirilishidir.
Hayit namozidan avval yoki qurbonlikning okhirgi vaqtidan keyin suyilgan jonliq shariy qurbonlikka utmaydi. Bunga yuqorida aytib utilgan mana bu hadis dalolat qiladi.
Baro raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kuni hayit namozidan sung bizlarga vaz qila turib shunday dedilar: «Bugungi kunimizda birinchi bulib qiladigan amalimiz(hayit) namozni uqishimiz, sungra (uyga) qaytib jonliq suyishimizdir. Kimki shunday qilsa, uning ishi sunnatga muvofiq kelibdi. Kimki namozdan avval suygan bulsa, u bor-yugi oilasiga taqdim qilgan gushtdir, kholos. Bu kunning marosimidan (yani qurbonlikdan) emas».
Imom Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)ning fikrlariga kura qurbonlik vaqti hayit namozi uqilmaydigan chekka va qishloq joylar aholisi uchun quyosh chiqqandan keyin kiradi. (Yani, ular bomdoddan sung bir muddat utib, quyosh chiqqandan keyin suyaversalar buladi). Ammo, hayit namozi uqiladigan shahar joylarda esa hayit namozi va khutbasi uqilgandan keyingina qurbonlik vaqti kiradi. Ungacha suyilgan jonliq qurbonlikka utmaydi.

Qurbonlikka oid ayrim masalalar

1. Qurbonlik qilishda ishtirok etish

Tuya va sigirni qurbonlik qilishda etti kishi ishtirok etishi joiz. Yani, masalan, etti kishi teng pul tashlab tuya yoki sigir sotib olishadi va uni uz nomlaridan suyishadi. Shunda hammalari qurbonlik qilgan buladilar.  Jobir raziyallohu anhudan rivoyat: «Biz Hudaybiya yilida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birgalikda qurbonlik qildik. Shunda tuyani etti kishidan, sigirni ham etti kishidan qurbonlik qildik» (Imom Muslim rivoyati).
Huzayfa raziyallohu anhudan rivoyat: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajjatul-vadodagi qurbonlikda sigirga etti kishini sherik qilib suydirdilar» (Imom Ahmad rivoyati). Ammo quy va echkilarda esa sherikchilik mumkin emas. Bitta quyni faqat bir kishi suyishi mumkin.

2. Qurbonlik qilishga qodir odam jonliq suygani afzalmi yoki uning bahosini sadaqa qilgani afzalmi?

Hanafiy mazhabi ulamolari pulini sadaqa qilgandan kura qurbonlik qilish afzalligini takidlaydilar. Bu masalada kupchilik ahli ilmlar mazhabimizdagi qavlga qushiladilar.

3. Qurbonlikdan foydalanish va uning taqsimoti

Inson uzi amalga oshirgan qurbonligidan eyishi joiz. Hanafiy (shuningdek hanbaliy) mazhabi ulamolarning suzlariga kura, qurbonlikning gushti uch qismga bulinadi. Uchdan biridan uning sohibi eydi, yana uchdan birini faqir-miskinlarga sadaqa sifatida ulashadi, qolgan uchdan birini esa qarindosh-urug, yor-birodarlarga hadya qiladi. Biroq, agar qurbonlik egasi qurbonlikning uchdan biridan kuproq miqdorda istemol qilsa, bu ham joizdir.

4. Qurbonlikni birovga suydirish

Qurbonlik toat bulganligi uchun uni insonning uzi suymogi afzal hisoblanadi. Lekin, birovni uzidan vakil qilib, suydirishi mumkin. Bu holatda hech bulmaganda usha qurbonligi suyilayotgan mahalda uning tepasida turib, guvoh bulishi maqsadga muvofiqdir.

Previous articleQurbon hayiti namozi niyati
Next articleJazo nima? Жазо нима?