Chistonlar (Jahon Otin Uvaysiy chiston). Чистонлар (Жаҳон Отин Увайсий чистон).
1
Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh[1] qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
2
Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,
Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so‘ngoki[2] ichida,
Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.
3
Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan,
Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magan.
Savol va topshiriqlar:
- «Chiston»ga хos janr хususiyatlarini ko‘rsatib bering.
- «Anor» chistonini sharhlang. O‘xshamish va o‘xshatilmish orasida gi muvofi qlik haqida fi kr bildiring. Shoiraning xayol parvozi, tuyg‘ular dunyosi, ijtimoiy qarashlar tizimini sharhlang.
- «Anor»ning qofi yalarini aniqlang.
- «Yong‘oq» chistonida yong‘oqning qaysi yashirin va qan-day ochiq belgilariga tayanilganiga e’tibor qarating.
- «Kun va tun» chistonidagi «mahbub»lar timsoliga to‘х-taling.
- Chistonlarni yod oling.