Ўз сиёсий ҳуқуқларини қай тарзда рўёбга чиқариш мумкин? Уз сиёсий хукукларини кай тарзда руёбга чикариш мумкин?
Siyosiy huquqlar fuqarolarga nima uchun kerak? Agar fuqarolarda qat’iy axloqiy va siyosiy qarashlar bo’lsa, ular o’z huquqlari va burchlarini aniqroq anglab yetadilar, mamlakat ijtimoiy hayotida faolroq ishtirok etadilar.

Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi bevosita yoki saylanadigan vakillar orqali amalga oshiriladi. Bu huquq fuqarolar har qanday saylab qo’yiladigan organlarni saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi bilan kafolatlangan. Fuqaro shu tariqa hokimiyatga va qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o’tkazadi.
| Asosiy qonun belgilaydi O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo’li bilan amalga oshi- riladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 32-modda. |
Barcha siyosiy partiyalar o’z nomzodlarini davlat vakillik organlariga ko’rsatishi mumkin. Bu saylov tizimini demokratlashtirishga ko’maklashadi, fuqarolarga muqobillik asosida deputatlarni saylash imkonini beradi. Bunda saylovni o’tkazishda bitta o’ringa bir necha nomzod qo’yilib, fuqarolar ulardan eng muqobilini saylaydilar.
Fuqarolarning hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’siri davlat hukumati organlariga saylash huquqi bilan cheklanmaydi. Fuqarolar murojaat, taklif, ariza va shikoyatlar orqali ko’plab kundalik muammolarni hal etishga yordam beradilar, shu tariqa o’z huquqlarining buzilishiga yo’l qo’yilishini kamaytiradilar.
| Yodda tuting! O’zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq murojaatlar, takliflar, arizalar, shikoyatlar ko’rinishida og’zaki, yozma yoki elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda bo’lishi mumkin. |
Ariza – bu fuqarolarning o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun ko’mak so’rab qilgan murojaatlaridir.
Taklif – fuqarolarning davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarini ifodalovchi murojaatlaridir.
Shikoyat – fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashni talab qilish to’g’risidagi murojaatlaridir.
Murojaatnomada fuqaroning ismi-sharifi, familiyasi ko’rsatilishi, turar joyi haqida ma’lumot bo’lishi, ariza, taklif yoki shikoyat mazmuni bayon qilingan bo’lishi kerak. Yozma murojaatnoma murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanadi. Murojaatnomani shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoni bo’lmaganda, u boshqa shaxsning imzosi bilan tasdiq- lanishi mumkin. Bunda qo’shimcha ravishda imzo qo’yuvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.










