Asqad Muхtоr Yo‘l she’ri

0

Асқад Мухтор Йўл шеъри. Asqad Muхtоr Yo‘l she’ri. Аскад Мухтор Йул шеъри.


Ostonamdan taralgan yo‘llar
Eslatadi quyosh nurini.
Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib,
Uzaytadi mening umrimni.

Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo – cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.

«Ko‘rganing – seniki», – der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari – mening ulushim.

Ijod dardi yo‘l azobidir,
Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yo‘lda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yo‘q.

Asqad Muхtоr hayoti va ijodi >>


Savol va topshiriqlar:

  1. Shoir qanday mantiq asosida yo‘llarni quyosh nurlariga o‘х-shatmoqda? Uzoq-uzoqlarga ketgan yo‘llar qanday qilib inson umrini uzaytirishi mumkin?
  2. «Bir kun uyda o‘ltirib qolsam, Hayot go‘yo chetlab o‘tadi» misralari orqali lirik qahramonning hayotga munosabati to‘g‘risida fi kr yuriting.
  3. Uchinchi bandda shoir nima uchun ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduzni o‘zining ulushi deb biladi?
  4. Oхirgi bandda «yo‘l» so‘zi qanday ma’no kasb etayotganiga diqqat qiling. «Ruhim bilan yo‘lda ekanman» misrasini qanday tushundingiz?
  5. Shoir uchun yo‘l ijod bo‘lsa, boshqa insonlar uchun yo‘l qanday mazmun kasb etishi mumkin? Siz uchun-chi?
Previous articleAsqad Muхtоr Yulduzim she’ri
Next articleAsqad Muхtоr Tug‘ilish she’ri