Poyalarning xilma-xilligi

0

O’simliklarning turiga va o’sish sharoitiga qarab poyalar turli xil bo’ladi.

Poyalar tuzilishiga ko’ra yog’och poya (terak, qayra- g’och) va o’ t poya (arpa, ituzum)ga bo’linadi.

Yog’och poyali o’simliklardan har yili yangi kurtaklar hosil bo’ladi. Natijada ko’p yillik yerustki poya vujudga ke- ladi.

O’tsimon poyalarning yerustki poyalari esa ko’pincha bir mavsum yashaydi.

Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzun bo’lishi mumkin. Masalan, mirzaterakning balandligi 20­25 m ga yetsa, Kaliforniyadagi sekvoyadendronlarniki 135­145 m, AvstraI iyadagi evkaliptlarniki 150-155 m bo’ladi. Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o’rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o’sadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi.

Poyalar shoxlagan (olma, yong’oq), shoxlamagan (palma), bargli (jiyda, do’lana) yoki qipiqsimon bargli (saksovul, qandim) bo’ladi. Shuningdek, poyalar joylashi- shiga qarab bir necha xil bo’ladi: tik o’suvchi (terak, olma, bug’doy va boshqalar), ko’tarilib o’suvchi (sebarga), o’raluvchi (qo’ypechak, karnaygul). O’ral uvchi poyalar- ga ega bo’lgan o’simlik atrofdagi o’simlik yoki bironta tayanchga o’ralib oladi. Tok o’simligi ham gajaklari yordamida bag’azlarga ilashib oladi.

Yoyilib yoki palak yoyib o’suvchi o’simliklar bironta ta­yanchga o’ralmasa tik tura olmaydi. Bularga qovoq, qovun, tarvuz, bodring va temirtikan kabilarni misol qilish mumkin.

O’rmalovchi poyalar yer yuzasida qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi. Qulupnay, g’ozpanja kabi o’simliklarning poyasi o’rmalovchi poya hisoblanadi (37- rasm). Poyalarning yo’g’onligi ham har xil. Bular orasida ipsimondan (pechaklar) to aylanasining uzunligi 4-6 m (yong’oq) va 8-10 m (chinor)gacha yetadigan salobatli xillari ham bor. Poyalar­ning ko’ndalang kesimi ham juda xilma-xil. U ko’pincha yumaloq (bug’doy), shuningdek, uch qirrali (hilol), qanotli (burchoq), to’rt qirrali (rayhon) va hokazo. Poyalar yuzasi silliq yoki tuklar bilan qoplangan bo’lishi mumkin.

37-rasm. Poyalarning xilma-xilligi: 1-qayrag’och; 2-qovun; 3-qulupnay.
37-rasm. Poyalarning xilma-xilligi: 1-qayrag’och; 2-qovun; 3-qulupnay.

Poyalarning xilma-xil ko’rinishlari ma’lum bir may- donda ko’p sondagi o’simlik turlariga o’sish imkonini beradi.

Demak, poyalar tuzilishiga va o’sishiga ko’ra, yog’och va o’t poyalarga bo’linib, shakli, uzunligi va yo’g’onligi turlicha bo’ladi.


  1. Poyalar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
  2. Poyalarning qanday shakllari bo‘ladi?
  3. O‘zbekistonda juda baland o‘suvchi qanday daraxtlarni bilasiz?