Ismlar maʼnosi- oʻgʻil va qiz bolalar uchun

0

FARZANDga ism qoʻyish ota-onalar uchun yeng maʼsuliyatli ishlardan biri desak mubolagʻa boʻlmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday yekan yangi tugʻilgan moʻjazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qoʻyishda baʼzan kattalardan maslahat soʻrasak, baʼzan yaqin tanishlarimizning, oʻzimiz yoqtirgan insonlarning ismini yeslaymiz. Baʼzi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qoʻyadilar. Qanday ism qoʻyilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz yesa Sizga bu borada koʻmaklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar roʻyxati va ularning maʼnosi bilan tanishib, balki oʻzingizga yoqqan ismni toparsiz.


Qizlar uchun maʼnoli ismlar Saniya. Maʼnosi “yuksak, ulugʻvor”. Bu ism ham ilgari arablar orasida koʻp uchragan boʻlsa ham, hozirda mashhur emas.

Sara (Sora). Bu ism ham Maryam ismi kabi musulmon, nasroniy va yahudiy xalqlarda tarqalgan. Maryam ismidan farqli ravishda, bu ismni bir qancha nasroniy mamlakatlarida butkul yahudiylarning ismi deb qaraladi, shuning uchun odatda nasroniylar bu ismni qoʻyishmaydi. Bunday deb hisoblanmagan joylarda esa Sara ismi narsoniylar orasida ham koʻp uchraydi. AQSHda Sarah ismi hamisha eng mashhur ismlar qatorida boʻlgan.

Bu ismning maʼnosi – ivrit tilida “malika”, “amira”. Arab tilida ham shunga oʻxshash ikkita soʻz bor, koʻpincha shu ismga aloqador deb keltiriladi: “sarra” – “xursand qiluvchi”, “sara” – qoldiq. Bu ism arab mamlakatlarida, xususan, Saudiya Arabistoni va Iordaniyada ham yetakchi oʻrindagi ismlardan hisoblanadi.

Safiya (Sofiya). Maʼnosi “pokiza, yorqin”, “dugona”. Onalarimizning biri Sofiya bint Huyay roziyallohu anho edilar. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobiyalari orasida ulardan keyin yashab oʻtgan eʼtiborli muslima ayollar orasida ham Sofiya ismi juda koʻp uchraydi.


Sultona “hokimiyat”, “ustunlik”, “hokim” maʼnosini beruvchi “sulton” soʻzining muannas shakli. Oʻgʻil bolalar ismi – Sulton koʻp mamlakatlarda mashhur boʻlsa-da, Sultona ismi hozirda kam uchraydi.

Sumayya. Bu ismning maʼnosi “samo” – “osmon” soʻzining kichraytirilgan shakli yoki “samiya” – “oliyjanob” soʻzining kichraytirilgan shakli boʻlishi mumkin. Islomdagi birinchi shahidning ismi Sumayya bint Hayot, Ummu Umar edi. Tasnim. Bu ham Salsabil kabi jannatdagi buloqlardan birining nomi. Mutoffifun surasida shunday deyiladi: “…Albatta, abrorlar jannati naʼimdadirlar. Pardali baland soʻrilar ustida nazar solib turarlar. Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olarsan. Ular muhrlangan, nihoyatda pok, sharobdan icharlar. U (sharob)ning xotimasi miskdir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar. U (sharob)ning aralashmasi «tasnim”dandir. U (Tasnim) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar». (22-28 oyatlar)

Farah. Maʼnosi “xursandchilik”. Baʼzi musulmon mamlakatlarida bu ism oʻgʻil bolalar uchun ham ishlatiladi.

Farida. Maʼnosi “javohir”, “kamyob”, “nodir narsa”, “durdona”. Bu ism boshqa arab mamlakatlaridan koʻra Misrda koʻproq uchraydi.

Habiba. Yorqin maʼnoga (sevimli, suyukli) ega boʻlgan qadimiy arab ismlaridan biri. Bu ismda koʻplab sahobiyalar oʻtgan. Jumladan, Habiba bint Abu Umoma Asad ibn Zurora, Habiba bint Abu Tijrat al-Abdariyya (hadislar rivoyat qilgan), Habiba bint Jahsh ( Zaynab bint Jahsh onamizning tugʻishgan singillari), Habiba bint Ramla bint Abu Sufyon (Ummu Habiba onamizning qizlari), Habiba bint Xorija ibn Zayd Hazrajiyya (Abu Barkr Siddiqning ayollari), Habiba bint Abu Sufyon, Habiba bint Abu Amir ar-Ra¬gʻib (mashhur sahoba Hanzalaning singlisi) va boshqalar.

Oʻrta asrlarning hurmatli musulmon ayollari orasida ham Habiba ismlilari uchraydi. Jumladan, Habiba bint Ibrohim al- Maqdisiya, 7-hijriy asr muhaddisi, Habiba bint Abu Halaf, Habiba bint al-Izz va boshqalar. Bugungi kunda esa Habiba ismi baʼzi mamlakatlarda (masalan, Misr) koʻp uchrasa, baʼzilarida esa (masalan, Saudiya Arabistonida) kam uchraydi. Hojar. Ibrohim alayhissalomning ayollaridan birining, Ismoil alayhissalomning onalarining ismi. U kishi haqidagi rivoyatlar maʼlum va mashhur boʻlib, Makka shahrining paydo boʻlish tarixiga borib taqaladi. Halima. Maʼnosi “beozor, royish”, “sabrli”, “yumshoq”. Bu ajoyib ismni eng mashhur qilgan sohibasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni emizgan banu Saʼdlik Halima boʻlgan. Bu ayol Muhammad alayhissalomni deyarli 4 yil tarbiyalagan. Shuningdek, Halima bint Urva ibn Masʼud as-Saqofiy ismli sahobiya yoki tobeiya ham yashagan.

Sharifa. Maʼnosi hurmatli, sharafli

Shayma (Shaymo). Shayma soʻzi “yaxshi sifatlarga ega” va “xoli bor ayol” degan maʼnolarni anglatadi. Bu Rasululloh alayhissalomning emikdosh singlisi, Halimai Saʼdiyyaning qizining sifati boʻlgan. Yasmin. Fors tilidan kelib chiqqan ism boʻlib, arablarda ham allaqachon oʻzlashib ketgan va isteʼmolda keng qoʻllaniladi. Yasmin bint Salim ibn Ali ibn al Baytar XII asrda yashab oʻtgan hadis roviylaridan biri. “Yasmin” soʻzi gulning nomini bildirsa, “yasmina” uning bir shoxchasi yoki bir gulini bildiradi.


A

ABBOS (a.)- qovogʻi soliq, xoʻmraygan, jiddiy. Baʼzi bolalar shu holatda tugʻiladi.
ABDULAZIZ (a.) – izzat va kuch-qudrat sohibi boʻlgan gʻolib Allohning bandasi.
ABDULAZIM (a.) – buyuk Allohning bandasi.
ABDULVALI (a.) – doʻst, madadkor Allohning bandasi.
ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.
ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho boʻlgan Allohning bandasi.
ABDULJABBOR (a.) – bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.
ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdan mukammal va goʻzal ulugʻ Allohning bandasi.
ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi boʻlgan Allohning bandasi.
ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona boʻlgan Allohning bandasi.
ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi, saxovat koʻrsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.
ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi.
ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi.
ABDULFATTOH (a.) – rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.
ABDULXOLIQ (a.)- yaratuvchi Allohning bandasi.
ABDULQAHHOR (a.)- barchani boʻysoʻndiruvchi Allohning bandasi.
ABDULQODIR (a.)- hamma narsaga qodir boʻlgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi.
ABDULGʻAFUR (a.) – bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.
ABDULGʻAFFOR (a.) – bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.
ABDULGʻANI (a.)- hech narsaga ehgiyojsiz, boy Allohning bandasi.
ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi.
ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqgovga sazovor boʻlgan Allohning bandasi.
ABDULHAKIM (a.) – hikmat va cheksiz bilimlar sohibi boʻlgan Allohning bandasi.
ABDULHAFIZ (a.)- oʻz panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.
ABDURRAZZOQ (a.) – barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.
ABDURRAUF (a.)- oʻta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.
ABDURRASHID (a.)- barcha ishlari toʻgʻri chiquvchi Allohning bavdasi.
ABDURRAHIYM (a.) – rahmli Allohning bandasi.
ABDURRAHMON (a.) – oʻta mehribon Allohning bandasi.
ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi.
ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.
ADOLAT (a.) – odillik.
AZAMAT (a.)- ulugʻ, qudratli.
AKBAR (a.)- buyuk, ulur.
AKMAL (a.) – eng yetuk, eng mukammal.
AKRAM (a.)- karamli, saxiy
ALI (a.)- oliy, eng yuksak.
ALISHER (a.-f.t.)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi boʻlsin.
AMIR (a.)- hukm qiluvchi, hukmdor, yoʻlboshchi.
ANBAR (a.) – yoqimli, xushboʻy, ajoyib hidli.
ANVAR (a.)- nurli, yorugʻ, charogʻon yoki iqboli porloq bola.
ARSLON (a.)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qoʻrqmas boʻlsin.
ASAD (a.) — Sher. Asad oyida tugʻilgan bola yoki Sherdek kudratli, qoʻrqmas, dovyurak boʻlsin.
ASADULLOH (a.) – Allohning sheri yoki Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi.
ASAL (a.) – asaldek shirin, sevimli qiz.
ASOMIDDIN (a.)- dinning koʻmagi, yordami, madadi.
AʼZAM (a.)- eng buyuk.
AHMAD (a.) – Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq.
AHROR (a.)- mehru muruvvatli, marxamatli.


B

BADRIDDIN (a.) – dinning toʻlin oyi.
BARNO (f.t.) – kelishgan, chiroyli.
BASANDA (f.t.) – oilada ketma-ket qizlar tugʻilsa, endi yetarli boʻldi, endi kiz bola tugidishi toʻxtasin, degan maʼnoda ushbu ism qoʻyilgan.
BAXTIYOR (f.t.) – baxt-saodat, quvonch yor boʻlsin.
BAHODIR (f.t.) – botir, kuch-qudratli.
BAHOR (f.t.) – bahorda tugʻilgan farzand yoki hayotda bahordek goʻzal, chiroyli, fayzli boʻlsin.
BAHRIDDIN (a.) – dinning nuri, shulasi.
BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi boʻlib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri boʻlgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi boʻlsin, degan maʼnoda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (oʻzb-f.t.) – beklar avlodidan boʻlgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (oʻzb-a.) – beklar avlodidan boʻlgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.
BERDIMUROD (oʻzb-a,) – Alloh bizga oʻgʻil ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tugʻilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tugʻilgan bola.
BIBIXOL (oʻzb-f.t.) – xol bilan tugʻilgan, eʼtiborli aslzoda qiz.
BINAFSHA (oʻzb.)- binafshadek nafosatli, suluv, koʻrkam
BOBUR (oʻzb.)- yoʻlbars.
BOZOR (f.t.) – bozor kuni tugʻilgan bola.
BOYMUROD(oʻzb-a.) – boy-badavlat bola, ulgʻayib orzu murodiga yetsin.
BOYQOBIL (oʻzb-a.)- es-hushli, aqlli, moʻmin-qobil bola, ulgʻayib boy-badavlat boʻlsin.
BOLTA (oʻzb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, oʻtkir, mustahkam boʻlsin.
BOTIR(oʻzb-moʻg.) – mard, pahlavon, dovyurak, jasur.
BOʻRI (oʻzb.)- tugʻilganda tishi mavjud boʻlgʻan bola.


V

VAFO (a.) – vafoli, sadoqatli, sodiq.
VOSIL (a.) – visolga yetishgan.


G

GAVHAR (f.t.) – gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.
GAVHARSHOD(f.t.) – gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.
GULANDOM (f.t.) – gulbadan, nozik, goʻzal qiz.
GULASAL (f.t-a.) – guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.
GULJAMOL (f.t-a.) – husni jamoli guddek zebo qiz.
GULJAHON (f.t.)- jahonning guldek goʻzal kizi.
GULNOZ (f.t.) – guldek nozik va nozli goʻzal kiz.
GULRUH (f.t.) – yuzi guldek goʻzal qiz.
GULCHEHRA (f.t.) – gulyuzli, chiroyli qiz.
GULSHAN (f.t.) – hayoti gulzordek fayzu tarovatli boʻlsin.
GULSHOD (f.t.) – guldek goʻzal, suluv, shodu xurram
GOʻZAL (oʻzb.) – zebo, suluv, chiroyli


D

DAVLAT (a.) – davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq boʻlsin.
DAVRON (a.) – davrining, zamonasining baxtiyor farzandi boʻlsin.
DILAFROʻZ (f.t.) – koʻngilni yorituvchi, qalbni quvonchga toʻldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) – koʻngilni oluvchi, suyukli, goʻzal.
DILMUROD (f.t-a.) – dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) – dilni erkalovchi, koʻngilga zavqu shavq bagʻishlovchi sevimli zebo qiz.
DILNOZ (f.t.) – nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) – jasur, qoʻrqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) – koʻngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) – dilga orom beruvchi, koʻngilga taskin
va huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) – koʻngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, goʻzal qiz.
DILSHOD (f.t.) – dili shod boʻlib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) – inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.


Ye

YETIM (a.) – yakka, yagona, tanho, yolgʻiz.


Yo

YODGOR (f.t.) – agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan oʻtib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik boʻlsin deb ushbu ism beriladi.
YORQINOY (Uzb.) – kelajagi yorugʻ, nurli va oydek goʻzal qiz.
YOQUB (qad.yah.) – izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur.
YOQUT (qad.yah-a.) – rangi qizil boʻlgan qimmatbaho noyob tosh.


J

JAVLON (a.) – chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.
JALOL (a.) – ulugʻ, buyuk, koʻrkam.
JALOLIDDIN (a) – dinning ulugʻvorligi yoki dinning yuksak namoyandasi.
JAMOL (a.) – chiroyli, koʻrkam bola.
JAMSHID (f.t.) – buyuk, qudratli.
JASUR (a.) – dovyurak, qurqmas, jasoratli.
JAHONGIR (f.t.) – jahonni zabt etuvchi, fotih.
JUMA (a.) – juma kuni tugʻilgan bola.
JUMAGUL (a.f.) -juma kuni tugʻilgan, guldek chiroyli suluv qiz.
JUMAQUL (a.-oʻzb.)- Allohning juma kuni tugʻilgan bandasi JUMANAZAR (a.) – juma kuni beriltan tuhfa.
JOʻRA (f.t.) – doʻst, oʻrtoq, hamdam.


Z

ZAYNAB (a.) – kelishgan, xushqomat, suluv qiz.
ZAYNIDDIN (a.) – dining bezagi, chiroyi, koʻrki.
ZARINA (f.t.) – zarli, chiroyli qiz.
ZARIF (a.) – begʻubor, pokiza, nozik taʼb, oʻgkir aql sohibi.
ZARIFA (a.) – iffatln, pokiza, nozik taʼb, fahm-farosatli qiz.
ZAFAR (a.) – tolib, saodatmand.
ZEBINISO (f.t.-a.) – ayollarning zebi, goʻzal, zebosi.
ZEBO (f.t.) – goʻzal, suluv, chiroyli qiz.
ZIYO (a.) – nurli, tolei porloq bola.
ZIYNAT (a.) – ziynatli, bezangan, orasta, koʻrkam qiz.
ZOYIR (a.) – ziyoratchi.
ZOKIR (a.) – Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.
ZUBAYDA (a.) – ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.
ZULFIYA (f.t.) – jingalak sochli, suluv qiz.
ZULXUMOR (a.) – intiq boʻlib koʻpdan kugiltan qiz.
ZUMRAD (f.t.) – zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.
ZUHRO (a.) – Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.


I

IBODAT (a.) – toat-ibodat qilish, Xudoga sigʻinuvchi, Unga boʻysunuvchi yoki ibodat paytida tugʻilgan qiz.
IBODULLOH (a.) – Allohning bandalari, qullari.
IBROHIM (qad.yah.) – xalqlarning otasi.
IZZATULLOH (a.) – Allohning hurmat-izzatli bandasi boʻlsin.
ILHOM (a.) – ruhiy koʻgarinkilik, ruhlanish, avjlanish.
IMOM (a.) – oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.
INTIZOR (a.) – intizor boʻlib koʻpdan orziqib kutilgan qiz.
IRODA (a.) – Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.
ISKANDAR (yun.) – qoʻrkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.
ISLOM (a.) – boʻysunuvchi, itoatkor, xudojoy.
ISMOIL (qad.yah.) – Xudo eshitdi; Xudodan soʻrab olingan bola.
ISROIL (qad.yah.) – Allohga itoat qiluvchi, Alloh yoʻlida kurashchi.
IXTIYOR (a.) – ixtiyori, erki oʻzida, hur, ozod.
IQBOL (a.) – baxtu saodat, yorur kelajak, hayot.


Й

ЙЎЛДОШ (ўзб.-ф.т.) – ҳамроҳ.


K

KAMOL (a.) – yetuk.
KAMOLIDDIN (a.) – dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, yetuk namoyandasi.
KOMIL (a.) – yetuk, mukammal.
KAMOLA (a.) – yetuk, barkamol qiz.
KOMRON (f.t.) – maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.
KUMUSH (oʻzb.) – kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz.


L

LAYLI (a.) – tun qizi, tunda tugʻilgan qiz.
LATIFA (a.) – mehribon, muloyim qiz.
LATOFAT (a.) – latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz.
LOBAR (a-) – chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz.
LOLA (f.t.) – loladek nafosatli,chiroyli, koʻrkam, goʻzal
LUTFIYA (a.) – muruvvatli, mehrli, suluv qiz.
LUTFULLOH (a.) – Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati.


M

MAVJUDA (a.) – yaratilgan, bor, barhayot.
MAVLUDA (a.) – xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.
MADINA (a.) – bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar boʻlgan Madina nomidan olingan.
MALIKA (a.) – malika yeki shoh avlodidan boʻlgan ayol.
MALOHAT (a.) – koʻrkam, goʻzal, malohatli qiz.
MASTURA (a) – pardali, iffatli, pokiza qiz.
MATLUBA (a.) – iltijo qilib soʻrab olingan qiz.
MAFTUNA (a.) – maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.
MAHBUBA (a.) – sevilgan, suyukli, dilbar qiz.
MAHLIYO (a.) – oʻziga jalb etuvchi, koʻngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.
MAHMUD (a.) – maqtalgan, maqgovga loyiq.
MEHRINISO – ayollarning quyoshi.
MIRZA (f.t.) – savodli, oʻqimishli bilimdon boʻlib oʻssin.
MOHIGUL (f.t.) – oydek suluv, chiroyli va tuldek goʻzal qiz.
MOHIDIL (f.t.) – koʻngilning oyi yoki koʻnglimizni oydek yeritgan, nurga toʻldirgan suluv qiz.
MOHINUR (f.t-a.) – oy nuridek pokiza, suluv qiz.
MOHIRA (a.) – mahoratli, pishiq qiz.
MUAZZAM (a.) – azim, ulugʻ, buyuk.
MUATTAR (a.) – xushboʻy xid taratuvchi.
MUBORAK (a.) – qutlugʻ, saodatli.
MUZAFFAR (a.) – zafar qozonuvchi, gʻalabaga erishuvchi, golib.
MUNAVVAR (a.) – nurli, charoyun, yorugʻ.
MUNIRA (a.) – nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz. MUNIS (a.) – doʻst, hamdam.
MUROD (a.) – ulgayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola.
MUSALLAM (a.)- boʻysunuvchi, itoatkor.
MUSULMON (a.) – Islom diniga eʼtiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.
MUXTOR (a.) – tanlangan, saylangan, erkin, ozod.
MUSHARRAF (a.) – sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.
MUYASSAR (a.) – Alloh yetkazgan, muyassar qilgʻan farzand.
MUQADDAM (a.) – birinchi farzand.
MUQADDAS (a.) – qutlugʻ, tabarruk, muqaddas, aziz.
MUHAMMAD (a.) – maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
MUHARRAM (a-) – muxarrram oynda dunyoga kelgan bola.
MUHTARAM (a.) -eng hurmatli, eʼzozli.


N

NAVROʻZ (ft.) – yangi kun, yangi kunda – Navroʻz kuni tugʻilgan bola.
NAJMIDDIN (a.) – dinning yulduzi, dinning iqboln.
NAZAR (a.) – Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.
NAZIRA (a.) – avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bagʻishlangan qiz.
NAZIFA (a.) – pokiza.
NAZOKAT (a.) – noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.
NAZRULLOH (a.) – Allohga nazr qilnngan, bagʻishlangan bola.
NAMOZ (f.t.) – namoz vaqgida tugʻilgan bola.
NARGIZ (a.) – nargisdek nafosatli, nozik, goʻzal qiz.
NARIMON (a-f.t.) – jasur, qoʻrqmas, kuch-qudratln.
NASIBA (a.) -rizqi bugun, nasibali qiz boʻlsin.
NASIM (a.) – tong payti zsadshan shabadadek yumshoq koʻngilli, muloyim tabnatli, yoqimli bola.
NASIMA (a.) – tong shamolidek yoqnmli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq koʻngil, pokiza, nafosatlv
NASRIDDIN (a.) – dinning yordami, koʻmaga.
NEʼMAT (a.) – rizqi butun, nasibasi toʻkis boʻlsin.
NEʼMATULLOH (a.) – Allohving saxovati, marhamati, Allohshng neʼmati.
NIGINA (f.t.) – uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, goʻzal qiz.
NIGORA (f.t.) – chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.
NIZOM (a.) – tartib-intizomli,odob-axloqli bola boʻlsin.
NIZOMIDDIN (a.) – diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qoʻshuvchi.
NILUFAR (hind.) – nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.
NISHON (f.t.) – bola tugʻilganda uning badanida biron xil belgi boʻlsa yoki otasidan nishona boʻlsin degan maʼnoda ushbu ism koʻyiladi.
NODIR (a.) – noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
NODIRA (a.) – tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos goʻzallik sohibasi.
NORBOY (f.t-oʻzb.) qizil xolli bola ulgʻayib boy-badavlat boʻlsin.
NORMUROD (f.t-a.) – qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sogʻ-omon ulgʻayib istagiga, murodiga yetsin.
NORMUHAMMAD (f.t.-a.) – qizil xolli bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
NORMOʻMIN (f.t-a.) – qizil xolli bola, aklli, dono, moʻmin-qobil boʻlsin.
NOROY (f.t-oʻzb.) – qizil xol bilan tugʻilgan, oydek zebo, koʻrkam qiz.
NORTOJI (f.t.) – qizil xolli bola.
NORXOL (f.t.) – badanida qizil xol bilan tugʻilgan qiz.
NORQOBIL (f.t-a.) qizil xol bilan tugʻilgan bola, ulgʻayib qobil boʻlsin.
NOSIR (a.) – yordam beruvchi, gʻolib.
NURBBK (a-oʻzb.) – beklar avlodiga mansub boʻlgan tolei nurli, iqboli porloq bola.
NOʻRJAMOL (a.) -nur yuzli, chiroyli, goʻzal qiz.
NURIDDIN (a.) – dinning nuri, ziyosi, mashʼali.
NURULLOH (a.) – Allohning nuri, ziyosi, yogʻdusi.
NUSRAT (a.) – yordam beruvchi, koʻmak beruvchi, golib.
NUSRATULLOH (a.) – Allohning koʻmagi, muruvvati.


O

OBID (a.) – Alloxga sigʻinuvchi, Unga ibodat qiluvchi.
OBIDA (a.) – Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.
OBOD (f.t.) – hayoti obod, serfayz, nasibasi butun boʻlsin.
ODIL (a.) – adolatli, haqgoʻy.
ODINA (f.t.) – xosiyatli boʻlgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tugʻilgan bola.
OZOD (f.t.) – ozod, hur, erkin.
OZODA (f.t.) – hur, erkin, pokiza qiz.
OZODBEK (f.t-oʻzb.) – beklar avlodiga mansub boʻlgan hur, erkin, saodatmand bola.
OYGUL (oʻzb-f.t.) – oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz.
OYDIN (oʻzb.) – oydin, yorugʻ kechada tugʻilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charoyun boʻlsin.
OYJAMOL (oʻzb-a.) – oydek goʻzal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.
OYNISA (oʻzb-a.) – ayollarning oydek suluvi, zebosi.
OYSHA (a.) – barhayot yashovchi.
OLIM (a.) – ilm soxibi.
OLIMA (a.) – ilmli, bilimdon qiz.
OLIYA (a.) – oliy, ulugʻ, yuksak martabali.
OLLOYOR (a-f.t.) – Alloh yor, madadkor boʻlsin, xamisha hamdam, hamroh boʻlsin, qoʻllab oʻz panohida asrasin.
OMON (a.) – oʻsib, ulgʻayib sogʻ-omon boʻlsin.
OMONULLOH (a.) -Allohning oʻzi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola.
ORZIGUL (f.t.) – orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.
ORZU (f.x.) – ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazgʻan yoki orziqib kutilgan bola.
ORIF (a.) – maʼrifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojoʻy, taqvodor.
ORTIQ (oʻzb.) – badanida biror ortiqcha aʼzo bilan tugʻilgan bola.
OTABEK (oʻzb.) – beklarning boshligʻi, sardori.
OQIL (a.) – aqlli, dono, zukko.
OQILA (a.) – aqlli, zukko, dono qiz.


P

PANJI (f.t.) – odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom qoʻyiladi. Panj-besh maʼnosini anglatadi.
PARDA (f.t.) – parda bilan tugʻilgan bola.
POʻLAT (f.t.) – poʻlatdan kuchli, irodali, mustahkam boʻlib ulgʻaysin.


R

RAVSHAN (f.t.) – nurli, yorugʻ, charogʻon yoki iqboli porloq bola boʻlsin.
RAJAB (a.) – Rajab oyida, yaʼni hijriy yilning yettinchi oyida tugʻilgan bola.
RAMAZON (a.) – qutlugʻ, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tugʻilgan bola.
RAMZIDDIN (a.) – dinning ramzi, timsoli.
RASUL (a.) -Allohning elchisi.
RAʼNO (a.) – raʼnoguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz.
RAHMAT (a.) – mehribon, rahmdil, shafqatli.
RAHMATULLOH (a.) – Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga keltan bola.
RIZO (a.) – rozilik.
ROBIYA (a.) – oiladagi toʻrtinchi farzand.
ROZIYA (a.) – rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz.
ROHAT (a.) tinch-omon, rohatda, huzur-halovatda yashasin.
RUSLAN (f.t.) – arslon, qoʻrqmas, jasur, qudratli, dovyurak.
RUSTAM (pahl.) – kuch-qudratli, botir, yengalmas, dovyurak jasur, matonatli.
RUXSHONA (f.t.) – chiroyli, goʻzal yuzli, koʻrkam, suluv
ROʻZI (f.t.) – rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli boʻlsin.
ROʻZIMUROD (f.t-a.) – rizq-nasibali bola ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin.
ROʻZIMUHAMMAD (f-t-a.) – rizqli, nasibali bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
RUZIXOL (f.t.) – rizqli, nasibali, xol bilan tugʻilgan qiz,


S

SADOQAT (a.) – sodiq, sadoqatli, vafodor.
SADRIDDIN (a.) – dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinshshg ulugʻ namoyandasi.
SAID (a.) – baxt saodatli.
SAIDA (a.) – omadli, baxtli, saodatli.
SAYID (a.) – ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.
SAYIDA (a.) – oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.
SAYIDBEK (a.) – ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan boʻlgan bola.
SAYIDMUROD (a.) – oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin.
SAYFIDDIN (a.) – dinning qilichi.
SAYFULLOH (a.) – Allohning qilichi.
SALIM (a.) – sogʻlom, sogʻu salomat.
SALOMAT (a.) – omon-esonlik, sogʻu salomatlik.
SAMANDAR (a.) – oʻt ichida yashovchi, oʻtdan paydo boʻladigan jonzot, oʻlmas, mustahkam irodali.
SANAM (a.) – majusiylar ilohi, maʼbudasi; zebo, suyukli qiz.
SAODAT (a.) – baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.
SARVAR (a.) – yoʻlboshchi, rahnamo.
SARVINOZ (f.t.) – qaddi-qomati tikka oʻsuvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
SARDOR (f.t.) – rahnamo, yetakchi, yoʻlboshchi, boshliq.
SAFAR (a.) – Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.
SAFARALI (a.) – Safar oyida yoki safar paytida tugʻilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi boʻlsin.
SAFARGUL (a-f.t.) – Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek koʻrkam, zebo qiz.
SAʼDULLOH (a.) – Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.
SEVAR (oʻzb.) – sevimli, yoqimli farzand.
SIROJ (a.).- mashʼal.
SIROJIDDIN (a.) – dinning nuri, mashʼali.
SOAT (a.) – xosiyatli, baxtli soatda tugʻilgan bola.
SOBIR (a.) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.
SOBIT (a.) – mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.
SODIQ (a.) – sadoqatli, vafodor.
SOJIDA (a.) – sajda qiluvchi, Allohga sigʻinuvchi musulmon qiz.
SOLIH (a.) – pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.
SOHIB (a.) – xoʻjayin, ega, doʻst, hamdam.
SULTON (a.) – podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obroʻ-eʼtibor egasi boʻlsin.
SULTONALI (a.) – yuksak obroʻ-eʼtibor, martaba egasi boʻlsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi boʻlsin.
SULTONMUROD (a.) – yuksak mavqeli, martabalar, obroʻ-eʼtibor sohibi boʻlib yetishsin, orzu-murodiga erishsin.
SULTONOY (a-oʻzb.) – oliy martaba, mavqeli, obroʻ, eʼtibor sohibasi boʻlgan oydek goʻzal, zebo qiz.
SURAYYO (a.) – yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorugʻ, goʻzal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq boʻlsin.


T

TABASSUM (a.) – hayoti shodlikka, quvonchga toʻliq boʻlsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz.
TALʼAT (a.) – yuz koʻrinishi chiroyli, goʻzal bola.
TEMIR (oʻzb.) – temirdek mustahkam irodali boʻlsin.
TESHA (oʻzb.) – teshadek oʻtkir, keskir boʻlsin, mustahkam boʻlsin yeki kindish tesha bilan kesilgan bola.
TILOVMUROD (oʻzb-a.) – tilab olingan, Xudodan soʻrab olingan bola ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin.
TOJIDDIN (f.t-a.) – dshning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulugʻ namoyandasi.
TOJIMUROD (f.t-a.) – xol bilan tugʻilgan bola ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi.
TOJINISO (f.t-a.) – ayollarning toji, ulugʻi, eʼtiborga sazovori va eng goʻzali.
TOLIB (a.) – talab qiluvchi, ilm izlovchi.
TOSHMUROD (oʻzb-a.) – toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin.
TOSHPOʻLAT (oʻzb-f.t) – tosh va poʻlatdek mustahkam bola, uzoq umr koʻrsin.
TOHIR (a.) – pokiza, begunoh.
TURSUN (oʻzb.) – nobud boʻlmasin, sogʻu salomat oʻssin, omon qolsin, yashab ketsin.
TURGʻUN (oʻzb.) – turib qolsin, nobud boʻlmasin, umri uzoq boʻlsin.
TOʻLQIN (oʻzb.) – yayrab, shodu xurram boʻlib, zavqu shavqqa toʻlib yursin.
TOʻRA (oʻzb.) – yuqori margaba, mavqe egasi, aslzoda.


U

UBAYDULLOH (a.)- Alloxning kichik quli.
ULDONA (oʻzb-f.t.) – ushbu dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand oʻgʻil boʻlsin.
ULURBEK (oʻzb.) – ulugʻ, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulugʻ, buyuk sardori, boshligʻi.
UMAR (a.) – mangu barhayot yashovchi.
UMID (f.t.) – umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola.
UMIDA (f.t.) – orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz
UMIDULLOH (f.t.-a.) – Alloh yetkazgan orzu-umid.
USMON (a.) – siniqchi, davolovchi, tabib.
UCHQUN (Uzb.) – hayoti yorugʻ, nurli, tolei porloq boʻyasin.


F

FAZILAT (a.) – yaxshi xislatli.
FAZLIDDIN (a.) – dinning fazli, kamoli.
FAYZULLOH (a.) – Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.
FARANGIZ (f.t) – nur taratuvchi, shuʼla sochuvchi goʻzal qiz.
FARID (a.) – yakka, yagona.
FARIDA (a.) – yakka, yagona, tengsiz qiz.
FARMON (f.t.) – buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARORAT (a.) – huzur-xalovat, rohat-farogʻatda yashasin.
FARRUX (f.t.) – yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, koʻrkam.
FAXRIDDIN (a.) – dinning faxri, gʻururi.
FERUZ (f.t.) – yengilmas, yulib.
FERUZA (f.t.) – gʻolib, iqboli baland zebo qiz.
FIRUZ (f.t.) – saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, gʻolib,
FIRUZA (f.t.) – saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, goʻzal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.
FOZIL (a.) – bilimdon, dono, zukko.
FOZILA (a.) – bilimli, zukko qiz.


X

XAYRIDDIN (a.) – dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.
XAYRULLOH (a.) – Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XALIL (a.) – sevimli, aziz doʻst.
XOLBEK (f.t-oʻzb.) – beklar avlodidan boʻlgan xolli bola.
XOLBEKA (f.t-oʻzb.) – beklar avlodidan boʻltan xolli qiz.
XOLBIBI (f.t-oʻzb.) – yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz.
XOLBOY (f.t-oʻzb.) – xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulgʻayib davlatmand, boy boʻlsnn.
XOLDOR (f.t.) – xol bilan tugʻilgan xolli bola.
XOLMIRZA (f-t.) – xolli bola, bilimdon, dono, oʻqimishli,savodxon boʻlib yetishsin.
XOLMUROD (f.t-a.) – xolli boʻlib tugʻilgan bola, oʻsib orzu-murodiga yetishsin.
XOLMUHAMMAD (f.t-a.) – xolli boʻlib tugʻilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
XOLMOʻMIN (f.t-a.) – xolli boʻshb tugʻilgan bola moʻmin-qobil boʻlsin.
XOLTOJI (f.t.) – badanida xoli va toji mavjud boʻlgan bola.
XONDAMIR (oʻzb-f.t.) – bu ism, olimlarning taʼkidlashicha, aslida, “xovand amir” boʻlib, uning maʼnosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yoʻlidan toʻgʻri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor boʻlgan hukmron.
XONZODA (oʻzb-f.t.) – xon yoki asilzodalar avlodidan boʻlgan qiz.
XOSIYAT (a,) – yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi boʻlsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tugʻilgan farzand.
XUDOYBERDI (f.t-oʻzb.) – Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi boʻlgan bola.
XUDOYNAZAR (f.t-a.) – Xudoning nazari tushgan bola.
XUMOR (a.) – koʻpdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.
XURRAM (f.t.) – shod, baxtiyor, xursand, baxtli boʻlsin yoki quvonchli kunda tugʻilgan bola.
XURSAND (f.t.) – shodu xurram, baxtiyor boʻlib yursin yoki quvonchli kunda tugʻilgan bola.
XURSHID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq boʻlsin.
XURSHIDA (f.t.) – quyoshdek husnu jamol sohibasi boʻlgan goʻzal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq boʻlsin.


Ch

CHAROS (oʻzb.) – koʻzlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora koʻzlari katta qiz.
CHORI (f.t.) – oiladagi toʻrtinchi oʻgʻil.


Sh

SHABNAM (f.t.) – shudringdek begʻubor, pokiza qiz.
SHAVKAT (a.) – shon-shuhrat, kuch-qudratli bola boʻlsin.
SHAMSIDSIN (a.) – dinning quyoshi.
SHAMSIYA (a.) – quyoshdek porlovchi charogʻon qiz, chiroyli qiz.
SHAMSULLOH (a.) – Allohning nuri, yogʻdusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.
SHARBAT (a.) – yoqimli, shirin, suyukli qiz.
SHARIF (a.) – sharafli, muqaddas, aziz.
SHARIFA (a.) – aziz, qadrli, sharafli qiz.
SHAFIQA (a.) – shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.
SHAHBOZ (f.t.) – lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli boʻlsin.
SHAHINA (f.t.) – dovyurak, mard, jasur, qoʻrqmas qiz.
SHAHLO (a.) – katta, qora koʻzli, goʻzal qiz.
SHAHNOZ (f.t.) – shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, goʻzal qiz.
SHAHOBIDDIN (a.) – dinning yorqin, nurli yulduzi.
SHAHODAT (a.) – guvohlik beruvchi.
ShERALI (f.t-a.) – sherdek dovyurak, qoʻrqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi boʻlsin.
ShERBOI (f.t-oʻzb.). – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulgʻayib boy-badavlat boʻlsin.
ShERZOD (f.t.) – sherning bolasi; sherdek dovyurak, qoʻrqmas botirlar avlodidan boʻlgan bola.
ShERMUROD (f.t-a.) – sherdek qoʻrqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin.
ShERMUHAMMAD (f.t-a.) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
ShERXON (f.t.-oʻzb.) – xon, asilzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, yaʼni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.
ShERQOBIL (f.t-a.) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqshsh, qobil boʻlib oʻssin.
ShERQUL (f.t-oʻzb.) – Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.
SHIRIN (f.t.) – yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.
SHOBERDI (f.t-oʻzb.) – Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulgʻayib ulugʻ martabalar sohibi boʻlsin.
SHODI (f.t.) – shodlik, quvonch, baxtiyorlik.
SHODIBEK (f.t-oʻzb.) – beklar avlodidan boʻlgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.
SHODIGUL (f.t.) – shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.
SHODIYOR (f.t.) – shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi boʻlsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tugʻilgan bola.
SHODIMUROD (f.t-a.) – shod, xurram, baxtiyor bola ulgʻayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga yetkazdi.
SHODIMUHAMMDD (f.t-a.) – shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHODIYA (f.t.) – shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz.
SHODMON (f.t.) – shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka toʻliq boʻlsin yexud quvonchli, shodmon kunda tugʻilgan bola.
SHOIR (a.) – shoir, soʻzga chechan, hozirjavob, shirinsoʻz, notiq boʻlsin.
SHOIRA (a.) – shoira boʻlsin, soʻzga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz boʻlsin.
SHOYISTA (f.t.) – hurmat-ehtiromga loyiq, eʼzoz-eʼtiborga munosib qiz.
SHOKIR (a.) – shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola boʻlsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.
SHOHIDA (a.) – suluv, goʻzal, zebo qiz.
SHOHIMARDON (f.t.) – mard, bahodirlar shohi.
SHOHRUH (f.t.) – yuzida shohlik alomatlari zohir boʻlgan kelishgan, zebo bola.
SHOHSANAM (f.t-a.) – goʻzallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.
SHUKUR (a.) – qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.
SHUKRULLOH (a.) – bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar boʻlsin.
SHUHRAT (a.) – dovrugʻ, obroʻ, shon, iftixor.


E

ELBEK (oʻzb.) – ulgayib elning bega, sardori, yoʻlboshchisi boʻlsin.
ELDOR (oʻzb-f.t.) – ulgʻayib yuqori martabalar egasi, elning yoʻlboshchisi, rahnamosi, hukmdori boʻlsin.
ELMUROD (oʻzb-a-.)- el orzu qilgan farzand boʻlsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (oʻzb-a.) – jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli boʻlsin.
ERGASH (oʻzb.) – aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (oʻzb-) – erkin, ozod, hur bola.
ESON (oʻzb.) – sogʻ-salomat, omon-eson oʻssin.
ESHBEK (oʻzb.) – beklar naslidan boʻlgan bola ulgʻayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas boʻlsin.
ESHBOʻRI (oʻzb.) – boʻri hamrohi, yoʻldoshi boʻlib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
ESHDABLAT (oʻzb-a.) – mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat boʻlsin, rizqi butun boʻlib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
ESHMUROD (oʻzb.-a.) – orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh boʻlib, murod-maqsadiga yetsin.
ESHQOBIL (oʻzb.) – odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yoʻldosh, hamdam, esh boʻlsin.
EʼZOZ (a.) – eʼtiborga, hurmat-ehgiromga sazovor boʻlgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (a.) – sovgʻa, tuhfa.


Yu

YULDUZ (oʻzb.) – yulduzdek yorugʻ yuzli, chiroyli, goʻzal qiz.
YUNUS (qad.yah.) – kaptar.
YUSUF (qad.yah.) – ortgan, koʻpaygan husn maʼnosida.


Ya

YAYRA (oʻzb.) – yayrab-yashnab oʻssin, hayoti quvonchga toʻliq boʻlsin.
YASHAR (oʻzb.) – yashab ketsin.


OʻKTAM (oʻzb.) – kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.
OʻLMAS (oʻzb.) – oʻlmasin, umri uzoq boʻlsin.
OʻLMASOY (oʻzb.) – oʻlmasin, yashab ketsin, umri uzoq boʻlsin deb umid, niyat qilingan oydek goʻzal, zebo qiz.
URAL (oʻzb.) — tugʻilganda kindigiga oʻralib tushgan yoki jingalak sochli bola.
OʻROQ (oʻzb.) – oʻroqdek oʻtkir, keskir boʻlsin yoki kindigi oʻroq bilan kesilgan bola.
OʻTKIR (oʻzb.) – oʻtknr, oʻtkir aqlu zakovat sohibi, dono bola boʻlsin.
OʻTKIRBEK (oʻzb.) – beklar avlodiga mansub boʻlgan oʻtkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.
OʻGʻILOY (oʻzb.) – shu oydek goʻzal qizdan keyingi tugʻilajak farzand oʻgʻil boʻlsin.
OʻRILSHOD (oʻzb-f.t.) – ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tugʻiladigan bola oʻgʻil boʻlsin.


Q

QALDIRGʻOCH (oʻzb.) – qaldirgʻochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, goʻzal qiz.
QAMBAR (a.) – toʻrgʻay.
QAHRAMON (f.t.) – dovyurak, jasur, qudratli, koʻrqmas.
QILICH (oʻzb.) – kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, oʻtkir, mustahkam boʻlsin.
QUDRAT (a.) – kuchli, qudratli.
QUDRATULLOH (a.) – Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi boʻlsin.
QUNDUZ (oʻzb.) – qunduzdek chiroyli, zebo qiz.
QUNDUZOY (oʻzb.) – qunduzdek goʻzal, oydek suluv, zebo qiz.
QURBON (a.) – Qurbon oyida tugʻilgan bola.
QURBONALI (a.) – Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli boʻlsin.
QURBONNAZAR (a.) – Qurbon oyida tugʻilgan, Xudoning nazari tushgan bola.
QURBONOY (a.-oʻzb.) – Qurbon oyida tugʻilgan oydek goʻzal, suluv qiz.
QUTBIDDIN (a.) – dinning asosi, tayanchi.
QUTLI (oʻzb.) – baxtli, saodatmand, iqboli porloq.
QUTLIBEKA (oʻzb.) – baxtli,saodatli, iqboli porloq oliynasab qiz.
QOʻLDOSH (oʻzb.) – koʻmakchi, doʻst, hamdam.
QOʻCHQOR (oʻzb.) – moyagi, erkaklik tuxumi katta boʻlib tugʻilgan yoki peshonasi doʻng yoxud qoʻchqordek kuchli bola.
QOʻSHOQ (oʻzb.) – badanida qoʻshimcha aʼzo bilan tugʻilgan bola.


GʻAYRAT (a.) – serharakat, shijoatli, tolmas, gʻayratli bola boʻlsin.
GʻIYOS (a.) – koʻmak, yerdam, madad.
GʻIYOSIDDIN (a.) – dinning madadi, koʻmagi, yordami.
GʻOLIB (a.) – zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib.
GʻULOM (a.) – yosh xizmatkor qul.


H

HABIB (a.) – suyukli doʻst, qadrdon, gʻamxoʻr.
HABIBA (a.) – sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (a.) – Allohning suyukli doʻsti.
HAYDAR (a.) – arslon, qoʻrqmas, jasur, kuchli, qudratli bola boʻlsin.
HAYIT (a.) – hayit bayrami kunlarida tugʻilgan bola.
HAYITALI (a.) – hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zoʻr inson boʻlib yetishsin.
HAYITGUL (a-f.t) – hayit kunida tugʻilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.
HAYITMUROD (a.) – hayit kunida farzandli boʻlib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tugʻilgan bola murod-maqsadiga yetsin.
HALIMA (a.) – rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.
HAMDAM (f.t.) – sodiq doʻst, oʻrtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh boʻlsin.
HAMID (a.) – Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.HAMIDA (a.) – Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.H
AMIDULLOH (a.) – Allohning maqtoviga sazovor, aʼlo bandasi.
HAMRO(H) (f.t.) – hamdam, sherik.HASAN (a.) – chiroyli, aʼlo, goʻzal.
HASANALI (a.) – chiroyli, koʻrkam bola Aliga oʻxshagan yaxshi odam boʻlsin.
HASANXOʻJA (a-f.t.) – xoʻjalar avlodiga mansub chiroyli, koʻrkam bola.
HOJI (a.) -muqaddas haj ziyoratida boʻlgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (a.) – hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulgʻayib hoji boʻlsin, murod-maqsadiga yetsin.
HOTAM (a.) – oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (oʻzb.) – Surayyo yulduzidek yorugʻ yuzli, chiroyli goʻzal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq boʻlsin.
HUMOYUN (f.t.) – muborak, qutlugʻ.


QISKARTMALAR:

(s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam
a. — arabcha
moʻgʻ. — moʻgʻilcha
pahl.- pahlaviycha
oʻzb. — oʻzbekcha
hind. — hindcha
f.t. — fors-tojik
yun. — yunoncha
yah. — yahudiycha
qad. yah. — qadimiy yahudiycha


ismlar, ismlar manosi, ismlar kitobi, ismlar qizlar, islomiy ismlar, исмлар, исмлар маъноси, исломий исмлар, исмлар ўғил, исмлар китоби, узбекча исмлар, исмлар угил, исмлар руйхати.

Previous articleXudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi
Next articleJanni Rodari hayoti va faoliyati