Urugʻ (sperma) sifatini oshirish mahsulotlar, dorilar, urugʻni koʻpaytirish uchun tavsiyala

0

Сперма

Urugʻ (sperma) sifatini oshirish.

Aksariyat erkaklar urugʻlantirishni rejalashtirishni kontrasepsiyani toʻliq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, bu unday emas. Agar farzand koʻrishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, kontrasepsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi.

Yerkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi yehtimoli va boʻlajak bolaning sogʻligʻiga bevosita tasir qiladi. Yerkak hatto oʻzining yerlik quvvatiga toʻliq ishongan boʻlsa ham, urugʻlantirishga tayyorgarlik vaqtida urugʻ foizini (sifatini) tekshirishi va agar kerak boʻlsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi kerak, chunki potensiya spermatozoidlarning sifati pastligi bilan bogʻliq emas. Erkak urugʻini oshirish haqida.

Sperma sifatini yomonlashtiradigan omillar va urugʻ foizini koʻtarish uchun nima qilish kerak.

  • Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorgʻoqda joylashishi bejizga emas. Toʻlaqonli spermatozoidlarning etilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past boʻlishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urugʻlantirishga tayyorgarlik koʻrayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, boʻsh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi.
  • Zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik. Bunday holda urugʻ foizini qanday yaxshilash mumkin? Urugʻlantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni istemol qilishdan bosh tortish. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun yetarli boʻladi.
  • Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy tasir koʻrsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz boʻlsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy tasir koʻrsatadi. Bunday holda, urugʻ foizini koʻpaytirish va spermatozoidlarning harakatchanligi darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qoʻllash orqali erishiladi. Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy tasirini bartaraf yeetadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yakhshilaydi.
  • Stressli holatlar yerkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda koʻproq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga oʻzgartirish tavsiya yetiladi.

Сперма

Jinsiy aloqadan saqlanish muddati

Koʻpchilik agar bir necha kun “chidab” turilsa, urugʻlantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo meyorni unutmaslik kerak.

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tavsiyalariga koʻra, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha boʻlishi kerak, agar kunlar kam boʻlsa, sperma miqdori yetarli boʻlmasligi mumkin. Ammo buning teskari tarafi ham mavjud: menstrual siklning urugʻlantirish uchun yeng qulay boʻlgan kunini oʻtkazib yuborish.

Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati oʻzgaradi va u sogʻlom bola urugʻlantirish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.


Sperma sifatini parhez orqali yaxshilash

Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish xususiyatlariga bevosita bogʻliq. Urugʻlantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urugʻ foizini yaxshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yaxshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli boʻlmasligi mumkin. Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda boʻlajak otalar uchun maxsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroyelementlarni oʻz ichiga oladi.

Spermatogenezni yaxshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va boʻyoq moddalarini oʻz ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega va qovurilmagan va koʻp miqdorda yogʻda tayyorlanmagan boʻladi. Bunday mahsulotlarga kam yogʻli goʻsht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi.

Spermani koʻpaytirish uchun va uning sifatiga ijobiy tasir koʻrsatuvchi mikroyelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi:

Kalsiy;

K, D, Ye vitaminlari;

Beta-karotin – toʻq-sariq va qizil rangli sabzavotlarda koʻp;

Rux – dukkaklilarda koʻp;

Omega 3 toʻyinmagan yogʻ kislotalari (bular urugʻ foizi va sifatiga eng koʻp darajada tasir qiladi) – yogʻli baliq turlarida koʻp.

Boʻlajak ota yogʻli va ogʻir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va xushboʻylashtiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib qilish kerak. Bu qoʻshimchalar sperma holatiga salbiy tasir koʻrsatadi. Bundan tashqari, tamni yaxshilovchi qoʻshimchalar ishtahani oshiradi, koʻp yeb yuborish va vazn orttirishga sabab boʻladi, tana vazni ortiqcha boʻlgan erkaklarda spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq boʻladi, potensiya bilan bogʻliq muoammolar ham tez-tez uchraydi. Qizigʻi shundaki, yogʻli oziq-ovqat mahsulotlar istemolini cheklash natijasida normal yoki ozgʻin erkaklarda urugʻ sifati sezilarli darajada yomonlashadi.


Sperma sifatini dori preparatlari bilan oshirish

Allergik reaksiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar bularning barchasi erkak urugʻi holatiga salbiy tasir koʻrsatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlarning harakatchanligini kamaytiradi. Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor gormonli maxsus dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni oʻtkazish kerak boʻladi.


Spermogrammani qanday yaxshilash mumkin?

Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) urugʻlantirish imkoni boʻlmasa, har ikkala juft ham mutaxassislar huzurida toʻliq tekshiruvdan oʻtishlari, boʻlajak ota yesa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak boʻladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi spermada harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi. Spermogramma tahlili bola urugʻlantirishning haqiqiy imkonini aniqlaydi. Ushbu tahlil nafaqat patologiyalarni aniqlashga yordam beradi. Urugʻlantira olmaslikning sababi boʻlgan yeng koʻp uchraydigan patologiya bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki spermatozoidlarning kam harakatchanligidir. Ammo bu tashxis aslida kasallik emas, balki holatdir, koʻpincha u vaqtincha boʻladi.

Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud:

Turmush tarzini oʻzgartirish. Bu degani, homiladorlikni rejalashtirish paytida spirtli ichimliklar, nikotin, narkotik moddalardan butunlay voz kechish kerak. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar qilishni boshlash (bazi hollarda shifokor, aksincha, jismoniy faollikni kamaytirishni tavsiya qiladi) va tana vaznini meyorga keltirish kerak.

Muvozanatli ovqatlanish“spermatozoidlar sifatini qanday qilib oshirish mumkin” degan savolga yana bir javob. Bundan tashqari, shifokor yerkakka antioksidantlar qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni yerkin radikallarning vayronkor tasiridan himoya qiladi.

Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuygʻulariga bevosita bogʻliq. Koʻproq dam olish va ijobiy emosiyalar – bu sogʻlom farzand urugʻlantirishning muvaffaqiyat kalitidir.

Previous articleObyektiv huquq nima? Subyektiv huquq nima?
Next articleHuquq funksiyalari