Xinayana. Buddaviylik yo‘nalishlari

0

Xinayana. Buddaviylik yo‘nalishlari. Хинаяна. Буддавийлик йўналишлари.


Xinayana (sanskritcha — kichik arava) yo‘nalishi an’anaviy qarashlarga rioya qilishi bilan birga Budda ta’limotiga qat’iy mantiqiy izchillik berishga intildi.

Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so‘ng uning jasadi olovda kuydirilgan. Buddaning shogirdlaridan biri o‘sha joydan Buddaning tishini topib olgan va bu tish ibodatxonada saqlangan. «Buddaning tishi» ibodatxonaning yer ostida, kumushdan yasalgan qo‘ng‘iroq ichida oltin idishlarda saqlanadi.

Buddaviylikning ilk yo‘nalishlaridan biri, najot topishning tor yo‘li xinayana miloddan avvalgi I asrda shakl- langan bo‘lib, uning asosiy qoidalari «Tiripitaka»da bayon qilingan.


«O‘zingga ozor yetmasin desang, o‘zgalarga ozor berma, boshqalarga ozor bersang, o‘zing ham ozor chekasan. Hirs­u havas barcha baxtsizliklarning sababchisidir.

Budda


Xinayanada «Budda tishiga sig‘inish», muqaddasjoylarni ziyorat qilish kabi dabdabali marosimlar pay- do bo‘lgan. Buddaviylarning muqaddas joyi Shri Lanka bo‘lib, bu yerga turli mamlakatlardan bu dinga e’tiqod qiluvchilar tashrif buyuradilar. Shri Lankaning avval- gi poytaxti bo‘lgan Kandi shahrida dunyoga mashhur «Buddaning tishi» ibodatxonasi joylashgan.


Batafsil bu yerda oʻqing: “Buddaviylik ta’limoti”

Previous articleTripitaka. Buddaviylikda muqaddas matnlar
Next articleMahayana. Buddaviylik yo‘nalishlari