Zavqiy ajab ermas. Zavqiyning Ajab ermas she’ri haqida. Ajab ermas g’azali haqida. Завқий ажаб эрмас. Завқийнинг Ажаб эрмас шеъри ҳақида. Ажаб эрмас ғазали ҳақида. Завкий ажаб эрмас. Завкийнинг Ажаб эрмас шеъри хакида. Ажаб эрмас газали хакида.
Ajab ermas
Bu kunlar boshimizda bir sahob[1] o‘lsa, ajab ermas,
Munavvar zimnida[2] bir oftob o‘lsa, ajab ermas,
Bu davlat suv yuzinda bir hubob[3] o‘lsa, ajab ermas,
Ko‘rulsa suvrati, asli niqob o‘lsa, ajab ermas,
Ochilsa pardalar yuzdin, hijob o‘lsa, ajab ermas.
Duoya qo‘l ochib, az tahti dil[4] yig‘lang, musulmonlar,
Zaif o‘ldi, bilurmisiz, bu nuqson birla iymonlar,
Xudoga yalbaringlar, ketmasin ko‘ngilda armonlar,
Burodarlar, azizlar, yaxshilar, ahbob, yoronlar,
Duolar Hazratig‘a[5] mustajob o‘lsa, ajab ermas.
Nasimi jonfi zo[6] bemorlarga, ey sabo, yetkur,
Xazon pajmurda[7] bo‘lganlarga bir obi havo yetkur,
Qo‘y emdi biz bilan begonani, bir oshno yetkur,
Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur,
Muqarrardur, zamona inqilob o‘lsa, ajab ermas.
Shariat nuri birlan arsai olamni[8] anvar[9] qil,
Bisoti saltanatga ziynati islomni zevar[10] qil,
Amiri adlgustar[11], hukmron mazlumparvar qil,
Asosi zulm daf’in qil, adolatpesha sarvar qil,
Aduvlar [12] koru bori ehtisob[13] o‘lsa, ajab ermas.
Shiori shar’[14] birlan ziynatafzo[15] bo‘lsa Farg‘ona,
Havosi ruhparvar[16] ham diloro bo‘lsa Farg‘ona,
Jahon ahlig‘a go‘yo daf’u savdo bo‘lsa Farg‘ona,
Tong ermaski, go‘yo jannatoso[17] bo‘lsa Farg‘ona,
Bo‘lub tufrog‘i anbar, suv gulob o‘lsa, ajab ermas.
O‘tub bir qarn[18], ahbobim[19], jahon obod ko‘rgaysiz,
Jahon ahlini qayg‘u qaydidin[20] ozod ko‘rgaysiz,
Giriftori alam ermas, hamani shod ko‘rgaysiz,
Avalgi o‘tgan-u ketgan ko‘ngilda yod ko‘rgaysiz,
Qarig‘an chog‘da bir ahli shabob[21] o‘lsa, ajab ermas.
Bashoratlarni bilsang, Zavqiy olam ogahidindur,
Bu ra’y, albatta, islom ahli bo‘lsa, matlabidindur[22],
Bo‘lur bu kanzi maxfi y[23] oshkoro deb Jalidindur[24],
Degan tarixlari ul Ne’matullohi Validindur,
Bu so‘z vallohu a’lam bissavob o‘lsa, ajab ermas[25].
- [1] Sahob – bulut.
- [2] Zimnida – o‘rtasida, orasida, ichida.
- [3] Hubob – pufakcha.
- [4] Az tahti dil – astoydil, dildan.
- [5] Hazratig‘a – bu yerda: Allohga.
- [6] Nasimi jonfizo – jon bag‘ishlovchi shabboda.
- [7] Pajmurda – so‘lg‘in, g‘amgin.
- [8] Arsai olam – olam maydoni, ya’ni butun dunyo.
- [9] Anvar – nurli.
- [10] Zevar – ziynat, bezak.
- [11] Adlgustar – adolatpesha.
- [12] Aduv – dushman, yov, raqib.
- [13] Ehtisob – nazorat, tekshirish.
- [14] Shiori shar’ – shariat shiori, ya’ni qonun ustuvorligi.
- [15] Ziynatafzo – ziynat, bezak beruvchi.
- [16] Ruhparvar – ruh, jon bag‘ishlovchi.
- [17] Jannatoso – jannat kabi.
- [18] Qarn – davr, asr.
- [19] Ahbob – do‘stlar.
- [20] Qayd – zanjir.
- [21] Shabob – yosh yigit.
- [22] Matlab – talab.
- [23] Kanzi maxfi y – maxfi y xazina.
- [24] Jali – Alloh.
- [25] Misraning ma’nosi: yuqorida aytilgan istak amalga oshsa ajab emas.







