“Jannat onalar oyog`i ostidadir” Tadbir senariysi

0

“Jannat onalar oyog`i ostidadir” Tadbir ssenariysi, Jannat onalar oyog`i ostidadir, Jannat ona lar oyog`i ostidadir >>


Boshlovchi:

 Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hamkasblar va o`quvchilar! Bugun  o`lkamizda ulug` bayram. Ko`klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.

Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorni kimdir uyhonish, go`zallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan ro`yi-zamin  kamalak tusiga kiradi.

Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bag`ishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan siz, azizlarni bugungi go`zallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz. ” Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan musiqiy adabiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz.


O`quvchilar ijrosida “Onajoning rozi qil ” qo`shig`i (yoki magnitafon tasmasiga yozib olingan) qo`shiq yangraydi.

Boshlovchi:

Aziz onajonlar va kechamiz mehmonlari biz sizlarni o`zimizning chuqur sevgimiz, hurmatimiz va cheksiz ehtiromimizni izhor etish uchun taklif qilganmiz.

Farzand ona uchun eng aziz ne’mat, onaning baxtiyorligi farzandi kamoli, baxtini ko`rishdadir. Ona farzandining birinchi o`qituvchisi, do`sti, eng yaqin kishisi hisoblanadi. Ular farzandlarini har qanday sharoitda to`g`ri tushunib, qiyin vaziyatlardan ularni himoya qiladilar.

O`quvchi:

Xonim deymu yo erkam, jonim,
Begim deymu yo deymu bonu.
Ayol otlih buyuk jahonim,
Sen men uchun abadiy yog`du.

Oyim deymu yoqud quyoshim,
Barcha sifat ojiz qarshingda.

Sening bilan ko`kdadir boshim,
Sen porlaysan ko`ngil arshimda.

O`quvchi:

Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.

Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy E’zoz.

O`quvchi:

Assalom onajon- jondan azizim,
Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.
Sizga dildan hurmat, tazarru, ta’zim,
qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.
Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,
Siz umrim chirog`i, tiriklik boshi.
Siz bilan nurafshon jumlai jahon,
Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.

2-O`quvchi:

Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,
Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,
Ollohga behisob qilaman shukr,
Onamning borligi uchun dunyoda.

Ko`nglimda shoirlik, o`tli muhabbat,
Farzandlik tuyg`usin qalban anglayman.
Zangor xayolimda bir oliy ne’mat,
Onajon she’r bo`lib men jaranglayman.

Boshlovchi:

Ayollar zimmasiga – oilaning qalbi, xonadonga nur va iliqlik olib kirishdek ma’suliyatli vazifa yuklangan.

Tomirimni tirnar ko`hna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.
Men oftobga alishmagan ayollar.

Boshlovchi:

Biz onalarimizdan bir umr qarzdormiz, chunki ona mehri bizga umrbod hamroh. Shuning uchun onalarni sevib, e’zozlab ardoqlang, o`zingizni qilmishlaringiz bilan ularni dilini og`ritmang.

O`quvchilar ijrosida qo`shiq..

Boshlovchi:

Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Hozirgi kunda ham ayollar har sohada faoliyat yuritmoqdalar.

O`quvchi:

A. Oripovni “Ona” she’ri

Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog`i mardona.
Behad azoblarga chidab so`nggi dam.
Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.

Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.

Dunyo shoirlari vatan sha’niga.
Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma’niga.
Ona vatan deya bitmishlar ash’or.

Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.

Boshlovchi:

Endi qizlarimiz o`rtasida qiziqarli o`yin o`tkazamiz. Onalar, ayollar haqidagi hikmatli so`zlarni uzmasdan ketma-ketlikda aytish. Bu shartni bajargan ishtirokchi g`olib bo`ladi.


Hikmatli so`zlar.

1. Ayol go`zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to`xtab qoladi.

2. Ona – quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi.

3. Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir.

4. Ona muhabbati zinhor qarimas.

5. Ona jamiki mavjudotning suyangan tog`idir.

6. Yaxshi xotin kulib bohar yuzingga,
Ming jon qurbon aning har bir so`ziga
Oro berar dargohiga, o`ziga.
Qozonidan ovohidan belgidir.

7. Oltin-kumushning eskisi bo`lmas
Ota- onaning bahosi

8. Tog`ning ko`rki qor bilan
Erning ko`rki yor bilan.

9. Onangni kaftingda tutsang
Singlingni boshingda tut.

10. Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go`zal sirlaridan bexabar o`tadi.

11. Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan,
Onang xizmatida bo`lg`il yoshingdan.

12. Ona emas menga faqat himmat zot
Uning martabasi bundan ham ziyod.


Musiqali tanaffus.

O`quvchi:

Cho`lponning “Go`zal” she’ri.
Qorong`i kechada ko`kka ko`z tikib,
Eng yorug` yulduzdan seni so`raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: “Men uni tushda ko`raman.
Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.
Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.

Ko`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so`rmoqqa,
Ul-da aytadirki: “qizil yonoqqa.
Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.
Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,
Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!..”

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.
Aytadir: “Bir ko`rib, yo`limdan ozib,
Tohu toshlar ichra istab yuramen!.
Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!..”
Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.

Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,
Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: “Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.
Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,
Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!..”

Boshlovchi:

Aziz mehmonlar tashkillashtirgan kechamiz dillaringizga bir oz bo`lsa ham quvonch bag`ishlagan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor his qilamiz.

Shu bilan tashkillashtirgan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bo`lib yo`llaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yo`ldoshingiz bo`lsin.


Jannat Onalarning oyog`i ostidadir – 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Ona haqida sherlar

http://talaba.su/uz/jannat-onalarning-oyog-i-ostidadir-8-mart-xalqaro-xotin-qizlar-bayrami/

Previous articleAtom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi
Next articleOna haqida sherlar