Тутуқ белгисининг ишлатилиши.
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarda qo‘llanilgan tutuq belgisining vazifasini aniqlang.
San’at, in’om, mas’ul.
2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarda birinchi bo‘g‘indagi cho‘ziq unlining talaffuzi va imlosini tushuntiring.
Mo‘jiza, mo‘tabar, mo‘tadil.
Tutuq belgisi a’lo, ra’no kabi so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi. San’at, in’om singari so‘zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo‘yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. |
Mo‘jiza, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. |
435-mashq. So‘zlarni o‘qing, tutuq belgisi nima uchun ishlatilayotganini aniqlang. So‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
E’lon, she’r, qal’a, shu’la, qit’a, jur’at, da’vo, ma’no, qat’iy, ba’zan, e’tiqod, ne’mat.
436-mashq. Berilgan har bir juftlikdagi so‘zlarning ma’nosini izohlang va farqini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
- san’at – sanat
- sur’at – surat
- qal’a – qala
- she’r – sher
- sa’va – sava
- ta’na – tana
437-mashq. O‘qing. Avval tutuq belgisi unli tovushlarni cho‘zib talaffuz qilinishni, keyin unli bilan undoshni ajratib talaffuz qilinishni ifodalayotgan so‘zlarni ko‘chiring.
1. Zamira sun’iy ravishda bosiq bo‘lishga urinar edi. (P. Qodirov) 2. Podsho vazir-u a’yonlari davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarabdi. (Mirza Karim) 3. Sening vujudingda mo‘jizalar mavjudligini birinchi bor uchratgandayoq payqagan edim. (X. To‘xtaboyev)
Savol va topshiriqlar
- Tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
- Qaysi vaqtda unli cho‘ziq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi?
- Unlidan oldin qo‘yilgan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?