O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati. Amaliyot darsi. Ўзбекистон / Узбекистон республикаси ташқи сиёсати. Амалиёт дарси. Давлатнинг ташқи сиёсий фаолияти. Ўзбекистон Республикаси ташқи сиёсатининг асосий принциплари.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- davlat tashqi siyosiy faoliyati nimaligini;
- O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi tashqi siyosiy aloqalarga qanday ta’sir o’tkazganligini bilib olasiz.
- Davlatning tashqi siyosiy faoliyati.
- O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari.
1.Davlatning tashqi siyosiy faoliyati
Bugun huquqqa oid o’ta muhim mavzulardan biri, mamlakatimiz tashqi siyosati haqida so’z yuritamiz.
1-topshiriq
Darslik paragrafi materiallaridan foydalangan holda quyidagi topshi- riqlarni bajaring:
- Davlat tashqi siyosatiga oid misol keltiring.
- O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda to’la hu- quqli subyekt ekanligini misollarda isbotlab bering.
- Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatimiz asosiy maqsadlari va vazifalarini aniq misollar bilan ko’rsating.
2-topshiriq
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning darslikda keltirgan mulohazalaridan birini tanlab, davlatimiz tashqi siyosatiga mu- nosabatingizni bildirishga harakat qiling.
Quyidagi jumlalarni davom ettirib, o’z fikringizni bayon eting:
Menimcha, …
Buni shunday isbotlay olaman, ya’ni …
Bundan shunday xulosa chiqardim, ya’ni…
- «Mamlakatimizning qat’iy pozitsiyasi ilgarigidek o’zgarmaydi, har qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo’shilmaslik, O’zbekiston hu- dudida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirish- ga, shuningdek, mamlakatimizdan tashqarida harbiy xizmatchilarimiz bo’lib turishiga yo’l qo’ymaslik bo’lib qolmoqda».
- «Yaqin qo’shnilarimiz bo’lmish Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston bilan munosabatlarda ochiqlik, xayrixohlik va pragmatik siyosat yuritishga sodiq bo’lib qolaveramiz».
- «MDH mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga, Strategik hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, Ittifoqchilik to’g’risidagi shartnoma va boshqa muhim bitimlar asosida Rossiya Federatsiyasi bilan do’stona aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga alohida o’rin ajratiladi. Bu hujjatlar har ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi».
- «Vaziyatni izdan chiqarishni xohlovchi, adovat, dushmanlik, mojaro urug’ini sochuvchi, hatto qon to’kishni istovchi kuchlar mav- judligi sir emas. Notinch zamonda va notinch mintaqada yashab ke- layotganimizni to’g’ridan to’g’ri va ochiqdan ochiq tan olishimiz kerak».
- «Vatanimiz ishonchli himoyasini, uning mudofaa layoqatini mustahkamlashni, davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlovchi va ka- folatlovchi chora-tadbirlar majmuasini ro’yobga chiqarishni davom ettirish zarur. Ichki va tashqi kuchlarning mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga har qanday tajovuzi qattiqqo’llik bilan bartaraf etiladi».
Tashqi siyosat – o’z chegaralaridan tashqarida xalqaro hayotda ishtirok etgan holda davlatning boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini, davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy siyosatini amalga oshirishidan iborat faoliyati.
Yodda tuting!
Xalqaro huquq – xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi.
Boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlardagi o’z huquq va burchlarini tashqaridan qandaydir tazyiqsiz amalga oshirishga qodir bo’lgan mustaqil davlatgina xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin. Xalqaro huquq subyekti bir davlatning boshqa bir davlat ustidan hokimligini tan olmaydi. Bunday davlat o’zining ichki va tash- qi siyosatini amalga oshirish borasida mustaqil bo’ladi.
Asosiy qonun belgilaydi
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-modda.
Butun insoniyat tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urushlar bo’lib o’tgan. Ularda 3,5 mlrd atrofida odam halok bo’lgan. Shuning uchun ham kishilar hamma vaqt vujudga kelgan muammolarni tinchlik yo’li bilan hal etish haqida bosh qotirganlar.
Ikkinchi jahon urushi (1939-1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo’llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-ok- tabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik konstitutsiyasi deb hisoblashga haqli bo’lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomini imzolagan edi.
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O’zbekiston ham BMT a’zosidir. O’zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to’la huquqli a’zosi bo’lgan.
Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o’z faoliyatlarida quyida- gi prinsiplarga rioya qilish majburiyatini oladilar:
- xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish;
- kelishmovchiliklarni tinch yo’l bilan tartibga solish;
- kuch bilan xavf solish yoki uni qo’llashdan tiyilish;
- ichki ishlarga va hamkorlik ishlariga aralashmaslik.
Mustaqillik e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga kirish yo’lini tanladi:
Jumladan, 1993-yil 26-fevralda mamlakatimiz YXHT (Yevropa xavf- sizlik va hamkorlik bo’yicha Xalqaro tashkilot)ga;
– 1993-yil 29-oktabrda – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyatga ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga;
– 1995-yil 22-dekabrda BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bo- lalar fondiga;
– 2001-yil 15-iyunda SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga va boshqa tashkilotlarga qabul qilindi.
O’zbekiston MDH mamlakatla- ri, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro valuta jamg’armasi, Butunjahon banki, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
Hozirda dunyoning 146 dan ortiq mamlakati O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan olgan. Shunday qilib, davlatimiz dunyo hamjamiyatida xalqaro huquq subyekti sifatida o’zining munosib o’rnini egalladi.
2. O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
Mamlakatning Asosiy qonunida mustahkamlab qo’yilgan tashqi siyosat prinsiplari (17-modda) jumlasiga quyidagilar kiradi:
- davlatlarning suveren tengligi prinsipi, ya’ni boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qilish majburiyligi;
- kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi;
- chegaralarning daxlsizligi prinsipi;
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi;
- nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish prinsipi, shuningdek, davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va ulardan ajralib chiqish prinsipi.
Asosiy qonun belgilaydi
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 125-modda.
Yakunlarni chiqaramiz
O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati:
xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi;
xalqaro huquq me’yorlari ustuvorligi e’tirof etilishi;
tashqi siyosat prinsiplari:
- suveren tenglik;
- davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
- kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
- nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
- chegaraning daxlsizligi;
- ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish;
1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 146 mamlakat tan oldi.
O’zingizni sinang!
- Davlatning tashqi siyosiy faoliyati jamiyat hayotining qaysi sohasida va qan- day maqsadlarda amalga oshiriladi?
- Qanday davlat xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti hisoblanadi?
- O’zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etmoqda?
O’rganilgan mavzular bo’yicha bilimlaringizni sinang.
Oraliq nazorat uchun savollar
Qiynalganda qavs ichida ko’rsatilgan darslik sahifalariga murojaat qiling.
- Lotinchadan tarjima qilganda «konstitutsiya» quyidagi ma’noni anglatadi? (5-b.)
- Konstitutsiya nimani belgilab beradi? (5-b.)
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy mundarijasini sanab bering. (6-b.)
- Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquqdan nimasi bilan farqlanadi?
- Huquq nima? (7-b.)
- Mamlakatda huquq-tartibot qay tariqa ta’minlanadi? (7-b.)
- Huquqiy munosabatlarni mukammal tartibga solib turish uchun Konstitutsiya qaysi tarmoqlarga yo’naltiriladi? (8-b.)
- Konstitutsiyaviy huquq nega huquqning yetakchi tarmog’i sanaladi? (8-b.)
- Qaysi huquqiy normalar konstitutsiyaviy huquqning manbalari sirasiga kiradi? (9-b.)
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy alomatlarini sanab bering. (10-b.)
- O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (12-b.)
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasining asosiy maqsadini ayting. (13-14-b.)
- Davlatning ichki va tashqi munosabatlarda boshqa davlatlardan mustaqilligi qanday ataladi? (18-b.)
- Davlat suvereniteti alomatlarini sanab bering. (19-b.)
- «O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (20-b.)
- «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (20-b.)
- «O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (20-b.)
- Referendum nima? (22-b.)
- O’zbekiston Respublikasi o’ta muhim konstitutsiyaviy prinsiplarini sanab bering. (23-b.)
- O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi qaysi prinsipga asoslangan? (23-b.)
- O’zbekiston xalqi nomidan kim ish yuritishi mumkin? (22-bet.)
- Xalqaro huquq subyekti bo’lish nimani anglatadi? (27-b.)
- Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar o’z harakatlarida rioya qilish majburiyatini olgan prinsiplarni sanab bering. (28-bet.)
- O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asosiy tamoyillarini sanab bering. (29-b.)
- O’zbekiston Respublikasida Qurolli Kuchlar qanday maqsadlarda tuzilgan va mustah- kamlanmoqda? (30-bet).
- O’zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etmoqda? (28-b.)
- O’zbekiston mustaqilligini hozirgi vaqtda qancha mamlakat e’tirof etgan? (29-b.)