Nil va Rim (tarix kitobidan)

0

Nil va Rim (tarix kitobidan). Нил ва Рим (тарих китобидан).


I
Lampam yonur… Yaralangan qanotday og‘ir
O‘y bosadi. Yuragimda go‘yo sel yog‘ir.
Qiynalaman. Tirishaman. Hushim parishon
O‘tmish, hozir va kelajak ko‘rinur har on.
Tirishaman, butun kuchim ko‘zimga kelar,
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar –
To‘rt atrom to‘lib ketar kuygan qanotga…
Xayolimda: katta sahro, men minib otga –
Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman;
Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman.
Termilaman o‘lik ko‘zga (nega qo‘rqayin?).
Barchasidan o‘yib olib ko‘zining oyin –
Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar,
Eshitilar menga ular bosgan qadamlar…

II
Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh —
Ko‘tarilar. Nil oqadir – qullar to‘kkan yosh.
Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon,
Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon!1
Kimga yig‘lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, quruq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida bel yo‘q, hayhot!
Fir’avn2 uni chumoliday ezadi: voy dod!..
Fir’avnning hukmi qattiq, r’avn – xo‘jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.
Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo‘ylab Nil oqadur – “qullar to‘kkan qon!”

III
To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari
“Malika qiz” – Kleopatra3 hukmron davri.
Undan tortib… yana uzoq, yana ko‘p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo‘llar.
Ko‘zyoshidan, dil toshidan qurilgan haykal
Mag‘rur turar, mag‘rur boqar; hech biron mahal
Na odamdan, na zamondan qo‘rqmas asti u.
G‘azabini yutib o‘lgan qullar dasti bu!
Qullar… (Menman u qullarning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi,
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Ozodligim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!)

IV
Otim uchar (xayolimda) oldinga doim,
Avval bahor osmonidek4 yig‘lar gado Rim.
Emchagida bir tomizim suti yo‘q ona


  1. Ro, Azirisa, Tifon – qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi.
  2. Fir’avn – qadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor.
  3. Minis, Ramzes, Kleopatra – quldorlik davri Misr hukmdorlari.
  4. Avval bahor osmonidek… – erta bahor osmonidek.

Go‘dagini tosh ostiga bostirdi, ana!
O‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘lsa!
Bir parcha non nima o‘zi! Shunga zor bo‘lsa!
Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni?1
Kul gardiday umr – tog‘day kulfat uchunmi?
Javob bergin menga, zakki qadimgi Homer2,
Ko‘zyoshi-yu qonga rostdan tashnami bu – yer?
Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to‘ldi, gaplashamiz so‘ng,
Bu nimasi? Eshitasanmi, og‘ir, hazin mung?
Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!3

V
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon,
Katta sirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
“Odam bilan hayvon o‘yin ko‘rsatar emish…”
(Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish!..)
Tishlarini irjaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi…
O, bechora, qoch! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u,
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv…
Chapak chaldi. “Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?” –
Dedi, parcha-parcha bo‘lgan gladiator.
Rim – o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr!

VI
Issiq izlar… hamon u isyondan is bordek,
Bulutlarning orasinda yurar Spartak4.
Osmon – qalqon, kamon yoyi – chaqmoq, yonar o‘t,
Zulm uchun yig‘i, g‘on va erksizlik sud.5


  1. Ochun – dunyo, olam.
  2. Homer – qadimgi yunon shoiri, ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lgan.
  3. Sezar – Rim imperiyasini boshqargan hukmdor.
  4. Spartak – Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning rahbari, o‘zi ham qul bo‘lgan.
  5. Sud – ma’no, mohiyat.

Javob bersin. Aotunmi1, Vergiliymi2, yo –
Boshqa biri, qani kim? Kim mard? Kim guvoh?
Ki, tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘!
Spartakning lashkarlari hali ham borur.

Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!!!

1935

Avvalo, Usmon Nosir bu she’riga nima uchun “Nil va Rim” deb sarlavha qo‘ygani bilan qiziqaylik.

Avvalgi sinarda “Jahon tarixi” darslaridan quldorlik davriga oid voqealarni o‘rgangan edingiz. Yodingizda bo‘lsa, markazi hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahrida bo‘lgan ulkan imperiya jahonning ko‘plab mamlakatlarini bosib olib, ularning xalqini qul qilgan edi. Misrda bo‘lsa, r’avnlar o‘zlarini yerdagi Xudo hisoblab, o‘z xalqi va atrof-javonibdagi odamlarga uy hayvonlaridek munosabatda bo‘lishni odat qilgandilar. Bu quldorlik davlatlarida inson umrining sariq chaqalik qadri bo‘lmay, o‘n minglab, yuz minglab kishilar umri imperiyalarning o‘zaro besamar urushlari oloviga tashlanardi. Bu urushlarda asir tushgan odamlar qul bozorlarida sotilar, ularning keyingi taqdiri bilan hech kimning ishi – tashvishi bo‘lmasdi. Qul egasi uni xohlagancha ishlatar, xo‘rlar, ko‘ngilochdi olishuvlarga solar, yoqmay qolsa, o‘ldirib yuborish ham uning ixtiyorida bo‘lar edi.

Har qalay, ko‘pchiligingiz G‘arb kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Spartak”, “Kleopatra” (bir necha variantlari bor!), “Gladiator” singari lmlarni tomosha qilgansiz. Ko‘rgansizki, bir tomonda oltin va durlarga ko‘milib yotgan hukmronlar, ularning sut va gul suviga cho‘milayotgan o‘nlab ayollari. Boshqa tomonda bo‘lsa, janglarda olgan jarohatlari qurtlab ketgan, och


1Aotun (Platon) – qadimgi yunon faylasu .
2Vergiliy – qadimgi yunon lirik shoiri.


likdan va xorlikdan labi gezarib, “Non!” deya, “Non!” deya surinib kechayotgan” (G‘afur G‘ulom), gardaniga temir zanjir quyilgan o‘n minglab qullar…

Tarix hikoyalarini qalbdan his qilib o‘qigan va o‘z zamonasida ham qullikning, inson xo‘rligining turli ko‘rinishlarini kuzatayotgan 23 yoshli shoir tasavvurida goh qullar ko‘zyoshidan to‘lgan Nil, goh “o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr” – Rim gavdalanaveradi:

Chirog‘imga parvonadek urinar yillar –
To‘rt atrom to‘lib ketar kuygan qanotga…

Bu tarix kitobida zarvaraq bir yoqda tursin, oq varaq ham yo‘q. Milt etgan yorug‘likka tashna bu yillar parvonadek o‘zini chiroqqa uradi, baribir qismati yo‘qlik – kul…

Asarning II qismidagi tasvirlarga e’tibor beraylik. Uning birinchi misrasida “Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh – ko‘tarilar”, deyiladi. Boshqa bir misrada esa “Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q”, – degan o‘xshatish ishlatiladi.

Agar tabiatga – yozda quyoshning chiqishi va botishiga razm solsak, aslida, buning aksiga guvoh bo‘lamiz. Quyosh ko‘tarilayotganda anchagina rangsiz, botayotganida esa qip-qizil rangga bo‘yaladi. (Bundan keyin mutolaa qiladiganimiz “Monolog” she’rida shoir, darhaqiqat, “Ufqdan botar quyoshni Shart kesilgan boshga o‘xshatdim”, – deydi!)

Endi savol tug‘iladi: nima, Usmon Nosir “Nil va Rim”da mantiqsizlikka, noaniqlikka yo‘l qo‘yganmi?

Mutlaqo!

Hamma gap shundaki, shoir o‘zi la’natlayotgan davrda hayot, tiriklik mantig‘i, insoniy turmush tarzining oyog‘i osmondan keltirilganini mana shu “g‘alati o‘xshatish”lar orqali ham bo‘rttirib ifodalaydi.

Fir’avnlarning qabri bo‘lmish Misr ehromlari, bu mamlakatdagi ulkan tosh haykallari, mana necha asrlarki, “na odamdan, na zamondan qo‘rqadi”. Ular shu qadar mustahkam, shu qadar chidamli.

Holbuki, shoir nazarida, bularning bari “G‘azabini yutib o‘lgan qullar dasti”dir. Xo‘rlik, nochorlik, alamli hayot og‘riqlariga qarshi mahkam tugilgan inson mushti ular!

Usmon Nosirning sevimli ustozi, safdoshi Cho‘lpon insonga murojaat etib: “Bo‘yin egma, kishan kiyma, ki, sen ham hur tug‘ulg‘onsen!” – degan edi.

Darhaqiqat, inson bolasi yaralibdiki, qullikka, erksizlikka, mutelikka qarshi kurashib keladi. Tabiatan erk farzandi bo‘lgan shoir uchun o‘zidan minglab yillar ilgari o‘tgan insonlar qismati ham begona emas. U erksizlikning har bir qurbonini o‘z tug‘ishganiday ko‘radi, zolimlardan ularning xunini so‘raydi.

Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan, “Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi…” – deya boshlanuvchi doyi hayqiriq, go‘yo Usmon Nosirning o‘zini kutayotgan og‘ir erksizlik, surgun zulmatlariga oldindan ko‘tarilgan isyondek yangraydi!


Savol va topshiriqlar

1. “Nil va Rim”dek yirik she’riy asarni yaratmoq uchun ijodkordan iste’doddan tashqari yana nimalar talab qilingan?

2. Qullar mehnati, kuchi, hayoti evaziga Misr ehromlari, Rim obidalari bunyod etilgan. Bu ikki hodisa o‘rtasida ziddiyat yo‘qmi? Agar bo‘lsa, Siz uni qanday izohlagan bo‘lardingiz? Bu savollarga o‘qituvchingiz yordamida, sinfdoshlaringiz bilan birga javob topishga harakat qiling.

3. “O‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘lsa! Bir parcha non nima o ‘zi! Shunga zor bo‘lsa!” – misralarida ko‘proq qanday qadr to‘g‘risida gap ketyapti?

4. “Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon” misrasida ko‘kdagi holat nimaga o‘xshatilyapti? Bu o‘xshatishning ramziy ma’nosi ham bormi?

5. O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripovning “Olomonga” she’rini topib o‘qing. Bu she’rdagi olomon bilan “Nil va Rim”da yo‘lbars changalida parchalangan gladiatorning o‘limiga chapak chalayotgan “xalq” o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu masalani ham o‘qituvchingiz yordamida muhokama qiling.

6. “Tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘!” misrasiga jo qilingan ramziy ma’noni izohlashga urining.

7. She’rning lirik qahramoni o‘zini “O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!!!” – demoqda. Shu birgina misraga insoniyatning erk va ozodlik uchun olib borgan kurashi jamlangan bo‘lishi mumkinmi? Mulohaza qiling.

8. “Nil va Rim” asaridan bir parchani yod oling va sinfda ifodali o‘qib bering.

Previous articleUsmon Nosir haqida malumot
Next articleUsmon Nosir Monolog she’ri