Abdulla Qahhor (Абдулла Каххор хаёти ва ижоди)

0

Abdulla Qahhor (1907-1968). Абдулла Каххор хаёти / ҳаёти ва ижоди. Абдуло Кахор. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi. Абдулла Қаҳҳор ҳаёти ва ижоди.


Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor

O’zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo’ shgan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo’qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o’tkazish uchun Qo’qon atrofi dagi Buvayda, Yaypan, Oqqo’rg’on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko’chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq  qo’nim topmasdi. Bo’lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni Buvayda dagi eski maktabda oldi. So’ng Oqqo’rg’on qishlo g’idagi jadid maktabida tahsil ko’rdi. Sal keyin roq Qo’qondagi yotoq maktabda o’qidi. 1922–1924-yillarda Qo’qondagi o’qituv chilar tayyorlash teхnikumida tahsil ko’rdi.

Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o’qib, kunduzlari «Qizil O’zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yilda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ning pedagogika fakultetini tugatdi.

A.Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab «Mushtum» jurnali, «Yangi Farg’ona» va «Qizil O’zbekiston» gazetalarida uning hikoya, felyeton va хabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934-yilda yozildi.

Yozuvchi «Qo’shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Shohi so’zana» (1951), «Og’riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o’zbek ada biyoti rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O’tmish dan ertaklar» (1965) qissalari o’zbek nasri taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.

Qisqa so’zda ko’p ma’no ifodalash mahoratiga ega mashhur hikoyanavis Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-mayida vafot etdi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Nima uchun yozuvchi «Otning olimiitning bayrami» maqolini epigraf qilib olgan deb o’ylaysiz?
  2. Hikoyada «Dehqonning uyi kuysa kuysin, hokizi yoqolmasin» jumlasining ishlatilish sababini aniqlang, jumlaning mazmunini izohlang.
  3. Qobil boboning holati tasvirlangan o’rinlarga e’tibor qi-ling. Nega u «dag’-dag’ titraydi?»
  4. Ellikboshining o’zini tutishiga diqqat qiling. Og’ilni taf-tish qilishdan uning maqsadi nima edi?
Previous articleIstiora nima? Истиора нима?
Next articleO’g’ri (Abdulla Qahhor O’g’ri hikoyasi)