Gidroid poliplar sinfi: chuchuk suv gidrasi

0

Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda  ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5–7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo’shliqichlilar  polip deb ataladi.

Tana simmetriyasi

Simmetriya – tana qismlarini bitta o’q atrofida o’zaro mutanosib joylashuvidan iborat (11-rasm).

Рис. 11. Поперечный разрез (А) и симметрия тела гидры (Б): 1 – внешний слой клеток; 2 – внутренний слой клеток; 3 – плоскость тела.
11-rasm. Gidraning ko‘ndalang kesimi (A) va tana simmetriyasi (B): 1–tashqi qavat; 2–ichki qavat; 3–tana bo‘shlig‘i

Gidraning tovonidan og’iz teshigi tomonga bitta xayoliy chiziq o’tkazilsa, uning tana sini shu chiziqdan  paypas lagichlarga ketuv chi nurlar bo’ylab bir necha teng bo’laklarga bo’lish mumkin. Hayvonlar tanasini bitta o’q chiziqdan chiquvchi nurlar bo’ylab o’zaro  mos keladigan teng qismlardan iborat bo’lishi radial, yani nurli simmetriya deyiladi.

Tana devori hujayralari

Gidra tanasi devori ikki qavat bo’ylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi – ekto der ma va ichki – endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana devori keng ichki tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Bu bo’shliq ichak vazifasini ham  bajaradi.

Tashqi qavat, asosan, terimus kul hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo’ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi.

Ektoderma hujayralari orasida otuvchi hujayralar ham bo’ladi. Bunday hujayralar ayniqsa, paypaslagichlarda juda ko’p. Otuvchi hujayraning mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kapsulasi bo’ladi. Kapsulada naysimon ingichka otiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o’tib, uni falajlaydi.

Ta’sirlanishi va refleks hosil qilishi

Ektodermada uzun o’sim tali yulduzsimon nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning o’simtalari tutashib, nerv to’rini hosil qiladi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhit ta’sirini sezadi va tanasini yig’ib oladi. Gidraning ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi.

Endoderma hujayralari, oziqlanishi

Endoderma qavati soxta oyoq lar chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig’i ham bir hujayralilar singari hujayra ichida hazm bo’ladi. Gidra tutilgan o’ljani paypaslagichla riga yopishtirib, og’ziga olib boradi. Oziq tana bo’shlig’iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoq lari yordamida oziqni qamrab olib, hazm qiladi.

Regeneratsiya hujayralari 

Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli mayda  oraliq hujayralar bo’ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar tez o’sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o’rnini to’ldiradi. Tananing jarohatlangan yoki yo’qotilgan qismining tiklanishi regeneratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo’lakka ajratilganda ham har qaysi bo’lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.

Jinssiz ko’payishi. Oziq yetarli bo’lgan iliq bahor va yoz mavsumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo bo’ladi. Pay paslagichlar va og’iz teshigi paydo bo’lishi bilan kurtaklar yosh gidralarga aylanadi. Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay boshlaydi.

Jinsiy ko’payish. Kuzda noqulay sharoit tug’ilishidan oldin gidra tanasining sirtida kichik bo’rtmachalar paydo bo’ladi. Bo’rtmachalarda bittadan yirik tuxum hujayra yoki ko’p miqdorda urug’ hujay ra lar — sper matozoidlar yetiladi (14-rasm).

Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari  bo’ladi. Spermatozoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat. Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning  sirti qalin qobiq bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud bo’ladi, zigota esa qishlab qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil bo’ladi. Tuxum po’sti yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o’z hayotini davom ettiradi.


  1. Tana simmetriyasi nima?
  2. Gidra ektodermasida qanday hujayralar bor?
  3. Otuvchi hujayralar qanday vazifani bajaradi?
  4. Endoderma hujayralari qanday vazifani bajaradi?
  5. Regeneratsiya nima?
Previous articleAyollar ami qanaqa
Next articleAdolat, tenglik – Maqollar haqida / Узбек маколлар