Россия империяси ва совет мустамлакачилиги.
Rossiya imperiyasining maqsadi
Vatanimizning beqiyos ta- biiy boyliklari Rossiya podshosi Pyotr I ning ham havasini keltirdi. Shuning uchun u o‘z oldiga yurtimizning bu boyliklarini qolga kiritish maqsadini qo‘ydi. O‘z maqsadini amalga oshirishdan avval, O‘rta Osiyo (Xiva, Buxoro va Qo‘qon) xonliklaridagi ichki vaziyatni o‘rganish va oltin zaxiralari bor bo‘lgan joylarni aniqlashga qaror qildi.

Shu maqsadda 1717-yilda Xiva xonligiga 10 mingdan ortiq harbiylar va turli mutaxassislardan iborat eks- peditsiya yubordi. Biroq ekspeditsiya halokatga uchradi.
Pyotr I bundan xabar topsa-da, Xiva xonligidan о‘ch olish uchun qo‘shin yubora olmadi. Chunki, Rossiya boshqa urush bilan band edi.
Pyotr I ning orzularini XIX asrda uning keyingi avlodlari amalga oshirdi. Yurtimizni bosib olishda O‘rta Osiyo xonliklarining iqtisodiy jihatdan qo- loqligi, zamonaviy qurollantirilgan va ta’lim berilgan qo‘shinning yo‘qligi hamda ular o‘rtasida o‘zaro ziddiyat- ning kuchliligi Rossiya imperiyasiga qo‘l keldi.
Bosqinning boshlanishi
1864-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakat boshlashga buyruq berdi. Dastlab, Qo‘qon xonligiga qarashli bir qancha qal’a va shaharlar bosib olindi.
1865-yilda general Mixail Chernyayev qo‘mondonligidagi qo‘shin Toshkent shahriga hujum qildi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkari (bosh qo‘mondoni) Mulla Alimqul boshchiligida shahar mardonavor himoya qilindi.
Biroq harbiy kuchlar teng emas edi. Mulla Alimqul mardlarcha halok bo‘ldi. M. Chernyayev shaharni suv ta’minotidan uzib qo‘ydi. Oxir-oqibat shahar bosib olindi. Bosib olgan hududlarda Turkiston oblasti tashkil etildi. M. Chernyayev Turkiston oblasti harbiy guber- natori (hokimi) etib tayinlandi.
1867-yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868- yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda esa Xiva xonligi Rossiyaga tobe davlatlarga aylantirildi. Ulardan tortib olingan hududlar esa Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Qo‘qon xonligining tugatilishi
Turkiston general-gubematori Kaufman Qo‘qon xonligini butunlay tugatishga kirishdi. Buning uchun Qo‘qon xonligida qulay imkoniyat vujudga keldi. Chunonchi, Xudoyorxon vaqtini o‘yin-kulgi, sayr-u sayohat, sayd-u shikorda o‘tkazib, ulamo va fuzaloning maslahatlariga quloq solmadi. Aksincha jabr-u sham yo‘liga kirib oldi. Oqibatda xalq Xudoyorxon zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Xon qo‘zg‘olonni bostirish uchun mingboshi Abdurahmon oftobachi boshchiligida qo‘shin johiatdi. Biroq Abdurahmon oftobachi qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib ketdi. Bu esa Rossiya bosqinchilariga qo‘l keldi.
Kaufman Farg‘ona vodiysi tomon katta qo‘shinni safarbar etdi. Tengsiz janglarda Qo‘qon himoyachilari tor-mor etildi.
1876-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoniga binoan Qo‘qon xonligi tugatildi. Uning o‘rnida Farg‘ona oblasti tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
Milliy ozodlik kurashi
Rossiya imperiyasi yurtimizni bosib olgach mustamlakachilik tartiblarini joriy etdi. Boyliklarimiz talon-taroj qilindi. Og‘ir soliqlar va majburiyatlar joriy etildi. Eng unumdor yerlar Rossiyadan ko‘chirib kelinganlarga bo‘lib berildi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Bu omillar Turkiston aholisining mustamlakachilarga qarshi ozodlik qo‘zg‘oloni ko‘tarishiga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, 1898-yilda Andijonda Muhammadali Eshon boshchi – ligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon keskin tus oldi. Qo‘zg‘olonning maq- sadi Qo‘qon xonligini qayta tikiash edi. Biroq kuchlar teng bo‘lmaganligi va puxta tayyorgarlik ko‘rilmaganligi uchun qo‘z- g‘olon mag‘lubiyatga uchradi. Bosqinchilar qo‘zg‘olonni shaf- qatsizlik bilan bostirdi.
Muhammadali va uning yaqin safdoshlari osib o‘ldirildi. Yuzlab ishtirokchilar surgunga johiatildi. Biroq bu shafqatsizliklar xalqimiz- ning irodasini buka olmadi.
Sovet mustamlakachiligining o‘rnatilishi
1917-yilning fevral oyida Rossiyada uch yuz yildan ortiq taxtda o‘tirgan Romanovlar sulolasi- ning hokimiyati barham topdi. Mamlakat boshidan og‘ir inqirozli kunlarni kechira boshladi. Biroq yangi hukumat bu inqirozni bartaraf eta olmadi. Oqibatda hokimiyatni kommunistlar partiyasi (xususiy mulk bo‘lmaydigan jamiyat uchun kurashuvchi) egallab oldi.
Biroq kommunistlar partiyasi Rossiya imperiyasi davrida bosib olingan o‘lka xalqlariga mustaqillik bermadi. Shu jumladan, bizning yurtimiz ham Sovet Rossiyasi mustamlakasi bo‘lib qolaverdi.
Sovet imperiyasi (Sovet Rossiyasi) 1917-yilda dastlab Qo‘qon shahrida tuzilgan milliy hukumatimizni ag‘darib tashladi. Shaharda qirg‘in uyushtirdi. Bu xunrezlik butun Turkistonni larzaga keltirdi. Bolsheviklar xalqlarning milliy qadriyati, madaniyati va urf-odat- larini mensimadi. Mustamlakachilik qaramligi yanada kuchaytiril- di. Bu esa milliy-ozodlik kurashi boshlanishiga sabab bo‘ldi. Bu kurashga Madaminbek va Shermuhammadbek kabi qo‘rboshi (qo‘mondon) bobolarimiz rahbarlik qildilar. Kurash bir necha yil davom etdi.
Biroq harbiy kuchlar teng emasdi. Buning ustiga milliy-ozodlik kurashi yo‘lboshchilari o‘zaro to‘la hamjihatlikka erisha olmadilar. Natijada Turkistonning ozodligi uchun olib borilgan kurash mag‘lubiyatga uchradi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlar tahqirlanib «bosmachilar» deb ataldi.
Yangi hukumat mahalliy ziyolilarni ayovsiz qatag‘on qildi. Chunki, ular Vatanimiz ozodligining eng faol kurashchilari edilar.
Ular orasida Siz 30-mavzuda bilib olgan, mustaqilligimiz uchun jonlarini fido qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar, mashliur shoir Usmon Nosir kabi yuzlab bobolarimiz bor edi.
So vet mustamlakachiligi yillarida F. Xo‘jayev, A. Ikromov kabi ko‘plab davlat rahbarlari ham qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Rossiya imperiyasi va sovet davlatiga qaramlik salkam 130 yil davom etdi.
Ozodlik uchun kurashchilar unutilmaydi
1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Vatanimiz ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlar nomi, hurmati o‘z o‘rnini topdi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yilda Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi. 2002-yilda esa bu majmuada «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi ochildi. Shu tariqa mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasi aba- diylashtirildi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Rossiya imperiyasi — Chor Rossiyasi (podsho Rossiyasi) — rus tilida podsho — «царь» deb ataladi. Turkiston aholisi uni «chor» deb talaffuz qilgan. Kitoblarda chor Rossiyasi o‘rnida Rossiya imperiyasi atamasi ham ishlatiladi.
Sovet imperiyasi — sobiq Rossiya imperiyasining 1922-yildan boshlab atala boshlagan nomi. «Sovet» (Kengash) so‘zi sovet imperiyasida davlatni ishchilar, dehqonlar va soldatlar tomonidan saylangan vakillar (deputat- lar)ning o‘zaro kengashib boshqarishi tartibi joriy etilganligini anglatadi.
Savol va topshiriqlar
- Nega Rossiya imperiyasi yurtimizni bosib olishni rejalashtirgan ?
- Nima sababdan Rossiya imperiyasi о ‘zbek davlatlarini bo ‘ysindirishga erisha olgan ?
- Buxoro amirligi va Xiva xonligining tobe davlatlarga aylantirilganligi haqida so ‘zlab bering.
- Nega Qo ‘qon xonligi tugatib yuborilgan ?
- Turkiston aholisining milliy-ozodlik kurashi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Yurtimizda sovet mustamlakachiligi qay tariqa o‘rnatildi?
- Yurtimizda milliy ozodlik uchun kurashda qurbon bo ‘Iganlar xotirasini abadiylashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?










