Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi

0

Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi. Сиёсий тартибот (режим). Давлат органлари. Давлат механизми.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Demokratiya so‘zini ko‘p marta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Buso‘z ning mohiyati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Fikringiznisinf doshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
  2. “Nodemokratik” atamasining mag‘zini chaqishga harakatqiling. Bunda so‘zning tarkibiga e’tibor bering.
  3. Fashistlar to‘g‘risida ko‘p o‘qigansiz yoki fi lmlar tomosha qilgan siz. Fashistlarning xulq-atvoridan kelib chiqib “fashizm”to‘g‘ ri sidagi fi kringizni bayon qilib bering.
  4. Sobiq ittifoqni ko‘pincha “totalitar davlat” deb nomlashganiqulo g‘ingizga chalingandir. Bu nimani anglatishi to‘g‘risidao‘y lab ko‘rganmisiz? Fikringizni bayon qiling.
  5. Yuqoridagi chizmaga qarab nimalarni tushunganingizni ayting.
  6. Chizmadagi atamalardan kelib chiqib, har bir davlat shaklinitav sifl ashga harakat qiling.

Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyo siytartibot deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya’ni jamiyatdagi si yo siyerkinlik darajasini aynan siyosiy tartibot belgilaydi. Biror bir mam lakatdagisiyosiy tartibot haqida gapirilganda, birinchi galda ushbu mam lakatda davlathokimiyati qay yo‘sunda tashkil qilinganligi, inson huquq va erkin liklariningta’minlanganligi, siyosiy fi krlar xilma-xilligining holati, aho lining ijtimoiyfaolligi e’tiborga olinadi. Mamlakatdagi qonuniylik, jino yatchilikka qarshi kurash va huquqiy tartibot borasidagi ishlarda qo‘llaniladigan usullar hamsiyosiy tartibotni aniqlovchi belgilardandir.

Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni bosh qa rishdagi qo‘llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tar tibotdeb ataladi.

Siyosiy tartibot asosan ikki xil bo‘ladi:

  1. Demokratik;
  2. Nodemokratik.

Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlarihur mat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularninngfa oliyatida faol ishtirok etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbaixalq hisoblanadi.

Demokratiya nima?

“Demokratiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq hokimiyati” deganma’noni anglatadi.

Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo‘lsa, bu davlatda fuqarolarumume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to‘la foydalanadilar, davlatesa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.

Insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari e’tirof etilib, hurmatqili nadigan, davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamo yili asosida amalga oshiriladigan va ozchilikning manfaatlari hi moya qilinadigan siyosiy tartibot – demokratik siyosiy tartibot deb ataladi.

Demokratik tartibot belgilari:

1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi;

2) inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi vakafo latlanishi;

3) davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyiliasosi da amalga oshirilishi;

4) hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi;

5) ijtimoiy hayotda fi krlar xilma-xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiybir lashmalarning ko‘pligi;

6) qonun ustuvorligi.

Demokratik davlatda g‘oyaviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiyatomo nidan qo‘llab-quvvatlanib, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsateti ladi. Siyo siy partiyalar esa oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni say lashda ishtirok etish orqali o‘zlari iloji boricha ko‘proq a’zolariniho ki miyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Demokratik saylovdag‘ala ba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va o‘z siyosatini o‘tkazishhuqu qiga ega bo‘ladilar.

Bevosita va vakillik demokratiyalar farqlanadi. Bevosita demokratiyadaasosiy qarorlar barcha fuqarolar tomonidan bevosita referendumlar, saylov lar, yig‘ilishlarda qabul qilinadi. Vakillik demokratiyasida esa qarorlarsay lov vositasida tarkib toptirilgan siyosiy organlar – qonun chiqaruvchior gan lar (Senat, Qonunchilik palatasi), mahalliy kengashlar tomonidanqabul qilinadi.

Demokratiyaga zid tartibot – nodemokratik tartibot deb ataladi. Bunday tartibotda davlat idoralari demokratik tamoyillar va qoidalarga rioyaetmay dilar. Aksincha, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. O‘z-o‘zidanma’lum ki, bunday siyosiy tartibotda fuqarolarning huquq va erkinliklaripoy mol etiladi, qo‘pol ravishda buziladi, ba’zan juda shafqatsizlik bilanmuxo lifot bartaraf etiladi. Ba’zida esa parlament singari demokratik institutlar yo‘q qilinadi.

Demokratiyaga zid tartibot – nodemokratik tartibot deb ataladi.

Nodemokratik tartibotlar ichida fashistik va totalitar tartibotlarni alohidako‘r sa tish maqsadga muvofi qdir.

Fashistik tartibotda hukmronlik qilgan har qanday muxolifot yo‘qqi li nadi. Biron-bir irqning hukmronligi e’lon qilinadi. Va nihoyat, boshqahudud larni bosib olishga harakat kuchayadi. 1933-1945 yillardagi fashistlar Germaniyasi va o‘sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik tartibotli davlatlarga misol bo‘la oladi.

Yagona partiyaning hukmronligi, huquq va erkinliklarning poymoleti lishi kabi salbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tartibot – totalitar tartibotdeyi ladi. Totalitar tartibotda o‘zgacha fi krlarga qarshi kurashiladi, say lovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatlari bo‘l maydi.

Totalitar davlat misoli sifatida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.

Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalgaoshi ri ladi va bu idoralar huquqshunoslik fanida davlat organlari deyiladi.

Davlat organi – qonunga muvofi q ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiyhayot ning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilanganvako latiga ega bo‘lgan davlat idorasi yoki muassasasi.

Davlat organlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. a) Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq deputatlarikengashlari;
  2. b) Ijroiya organlari: davlat boshlig‘i (prezident, monarx), hukumat,vazir lik va davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (pro kuratura, ichki ishlar vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar);
  3. d) Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari);
  4. e) Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud, Oliysud va uning viloyat (shahar bo‘g‘inlari).

Demokratik davlatda davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi barchadavlat organlari yaxlit tizimni hosil qiladi va bu tizim davlat mexanizmideb yuritiladi.

Davlat mexanizmi nima?

Davlat mexanizmi – jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarinihimo ya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.

Demak, davlat organlari davlat mexanizmining tarkibiy qismlaribo‘lib, ular ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha zarurvakolatlarga ega. Har bir davlat organi boshqa davlat organlari bilan, ya’nidavlat mexanizmining boshqa tarkibiy qismlari bilan uzviy aloqadadir.

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniyprinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi,sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyathisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlarbilan himoya qilinadi.


13-modda

  1. Konstitutsiyamizning yuqorida keltirilgan moddasiningmazmunini hayotiy misollar yordamida yoritishga harakat qiling.
  2. O‘zingiz yashayotgan hududdagi Xalq qabulxonalariningfaoliyati, respublika va viloyat davlat organlarining “Sayyor qabul”larnitashkil qilishlarining mamlakatimizdagi demokratik islohotlarningnamunasi ekanligini asoslashga harakat qiling.

Hikmatlar xazinasidan!

Podshoh o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bundaypodshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur.

(Abdulloh Muqni’)


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Siyosiy tartibot nima?
  2. Siyosiy tartibot turlarini aytib bering.
  3. “Demokratiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi bilan “demokratiya”atamasining mohiyatini taqqoslang.
  4. Demokratik tartibotning asosiy belgilarini sanab bering.
  5. Demokratik tartibot hukm surayotgan davlatdagi fuqarolarning ahvolinitavsifl ab bering. Shunday davlatlarga misol keltiring.
  6. Nodemokratik tartibot nima?
  7. Totalitar tartibot haqida nimalarni bilasiz?
  8. Sobiq Sovet Ittifoqida fuqarolarning siyosiy erkinliklari qay ahvoldabo‘lgan? Huquqlari-chi?
  9. Siz davlat organi deganda nimani tushunasiz?
  10. Davlat organlari turlarini sanab bering.
Previous articleDavlatning tuzilish shakli
Next articleDemokratiya nima?