Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari va «Mahbub ul-qulub» asari haqida

0

Алишер Навоийнинг ҳикматли сўзлари ва «маҳбуб ул-қулуб» асари ҳақида. Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari va «mahbub ul-qulub» asari haqida


Siz hazrat Alisher Navoiy ijodini qancha ko’p o’rgansangiz, shunchalik ko’p ibrat, hayotiy saboq olasiz. Bular, o’z navbatida, hayotingiz davomida juda asqatadigan, Sizni to’g’ri yo’ldan borib, yaxshi inson bo’lib yetishishingiz, obro’-e’tibor qozonishingizga ko’maklashadigan saboqlardir.

Ulug’ mutafakkir bobomizning qay bir asarini olmaylik, unda insonning ma’naviy tarbiyasi bilan bog’liq biron fikr, hikmat uchramasdan qolmaydi. Hikmatli so’z, pand-u o’git Sharq adabiyotining qon-qoniga singib ketgan.

Asli adabiyot so’zidagi «adab» o’zagining ma’no-mazmuni odob ekanini yodga olsak, Sharqda badiiy ijod insonlarga pand-u o’git, nasihat berishning ta’sirli usuli bo’lganini anglaymiz. Sharq adabiyoti ibratli voqealar, hikmatli so’zlar vositasida kishilarni yuksak axloqli, ma’naviy boy, komil inson etib tarbiyalashni o’zining bosh maqsadi deb belgilagan. Alisher Navoiy bobomiz ham Sharq adabiyotining ana shu mohiyatmazmuni, an’analariga ko’ra ijod etdi va turkiy xalqlar adabiyotini yuksak cho’qqiga ko’tardi. Shoirning g’azal-u ruboiylari, muxammas-u qit’alari hamda dostonlarida pand-u o’git, hikmatlar badiiy obrazlar, qiyosiy o’xshatishlar, qiziqarli sarguzashtlar bayoni orqali anglashiladi. «Mahbub ul-qulub» nomli asarida esa pand-nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, bevosita – to’g’ridan to’g’ri ifoda etiladi, ularga har tomonlama ta’rif berilib, falsafiy, axloqiy xulosalar chiqariladi.

Mana shu mulohazalardan kelib chiqib «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni axloqiy-falsafiy yo’sindagi pandnoma yoki nasihatnoma deb ataymiz.

Ulug’ bobomiz asarning kirish qismida quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:Turkiy va fors-tojik adabiyotida Alisher Navoiygacha xuddi shu janr va ko’rinishdagi asarlar mavjud edi. Bunga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo’ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» asarlarini misol keltirish mumkin. Alisher Navoiy ham mazkur asarlarni chuqur o’rganib, o’sha an’analar ruhida ijod etdi. Shoir bu asarni umrining oxirida – 1500-yilda yaratdi va uni «Mahbub ul-qulub», ya’ni «Ko’ngillarning sevgani» deb atadi. Bu nom bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol etadigan, o’zgalar qarshisida go’zal, oliyjanob ko’rsatadigan xislatlar jamlanganini anglatmoqchi bo’ldi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy ko’zlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chog’da uning butun ma’no-mazmunida, ta’rif-u tafsilotlarida to’la mujassamdir.

«Bu xoksor va parishonro’zgor kamina bolalikdan to qarilikka qadar ko’hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo’zg’ovchi dunyo buqalamunligidan – tovlamachiligidan, zamonaning rang singari gunogunligidan ko’p vaqt va uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim; har tovur va ravishda bo’ldim va turli yo’llarga kirdim, yaxshiyomonning xizmatini qildim; katta-kichikning suhbatida bo’ldim; goh xorlik va qiyinchilik vayronasida nola qildim; goho izzat va ma’murlik bo’stonida majlis qurdim. Masnaviy:

Gahi topdim falakdin notavonlig’,
Gahi ko’rdum zamondin komronlig’,
Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda,
Base achchig’, chuchuk totdim jahonda».

Darhaqiqat, «Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko’rgan-kuzatganlarini teran tahlildan o’tkazib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir.

Mutafakkir adib saxovat va himmatni insoniyat bog’ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb atar ekan, bunda mutlaqo mubolag’a qilmaydi. Darhaqiqat, insonlar o’rtasidagi munosabatlarda saxovatlilik, himmatlilik singari oliyjanob xislatlar yo’qolgan kuni bu hayot daraxti qaqrab qurimog’i turgan gap. Asarda oliyhimmat kishilar balandparvoz lochinga, behimmat kimsalar esa sichqon ovlovchi kalxatga o’xshatilishi bejiz emas. Bunga qo’shimcha, chinakam saxovatli va himmatli kishilarga minnat degan qusur mutlaqo yotdir.Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo’lgan hayotiy savollarga eng to’g’ri javoblarni ta’sirli usulda berishi bilan yuksak qimmat kasb etadi. Buni Siz o’qigan boblarning mazmun-mohiyati ham yaqqol ko’rsatib turibdi.

Navoiyning bundan besh asr avval ilgari surgan g’oyalari bugun ham o’z dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmay kelayotgani kishini hayratga soladi. Bu jihatdan shoirning isrof to’g’risidagi mulohazalari, ayniqsa, ibratli. «Isrof qilish saxiylik emas; o’rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug’ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun mol bermoq – o’zini ko’z-ko’z qilmoq va shunday qilib o’zini «saxiy» demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko’rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas». Bugungi kunda o’tkazilayotgan ayrim to’y va boshqa marosimlarda inson peshona teri bilan yaratilgan nozne’matlarning behisob uvol qilinayotganini, ularning egalari bu illatdan ko’ra o’z nomini chiqarmoqni ko’proq o’ylayotganlarini ko’rganda Navoiyning bu iztiroblari beixtiyor yodga kelmaydimi?! Xuddi shunga o’xshash mulohazalarni uning muloyim tabiatlik, tilga e’tibor, safar fazilatlari to’g’risidagi fikrlari borasida ham bemalol aytmoq mumkin.

Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari, muallifning o’zi ta’kidlaganidek, uch qismga bo’linadi: birinchi qism har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida; ikkinchi qism yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to’g’risida; uchinchi qism turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.


Savol va topshiriqlar

  1. Sharqda adabiyot so’zining ma’no-mazmuni va undan ko’zlangan maqsad nima?
  2. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari qanday an’analarasosida va nima maqsadda yaratilgan?
  3. Alisher Navoiyga qadar shu yo’nalishda kimlar tomonidanqanday asarlar yaratilgan?
  4. «Mahbub ul-qulub» iborasi qanday ma’noni anglatadi va unecha qismdan iborat?
  5. Saxiylik va himmat tushunchalariga shoir qanday ta’rif beradiva qanday o’xshatishlar qo’llaydi?
  6. «Saxiy» so’zi bilan «axiy» so’zining farqi haqida so’zlang vashunga oid o’z fikrlaringizni bildiring.
  7. Asarning «Saxovat va himmat bobida»n kelib chiqib shu mavzularda sinfdoshlaringiz bilan suhbat quring.
  8. Yaxshilik va hojat chiqarish deganda siz nimani tushunasiz?
  9. «Hilm» – yumshoq ko’ngillik odamlar nima uchun e’tibor topadi, izzat-hurmat ko’radi?
  10. O’z hayotingizda uchratgan yumshoq ko’ngilli insonlar haqidaso’zlab bering.
  11. Shoir «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz» degan hikmatli so’zlarni keltirganda nimalarni nazarda tutadi?
  12. Mustaqillik yillarida ona tilimizga munosabat qanday bo’ldi vabiz qaysi kunni «Davlat tili bayrami» sifatida nishonlaymiz?
  13. Nima uchun yaxshi, rost so’z e’tiborli va qisqa bo’ladi? Asardako’tarilgan fikrlar va kuzatishlaringiz asosida o’sha hikmatni izohlang.
  14. «Inson odobi bilan go’zal» degan mavzuda sinfingizda bahsmuloqot o’tkazing.
Previous article«Mahbub ul-Qulub» asaridan olingan namunalarning nasriy bayoni
Next articleMuhammad Sharif Gulxaniy hayoti va ijodi