Huquq normalari

0

Ҳуқуқ нормалари Хукук нормалари Huquq normalari


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Rasmlardagi huquqiy hujjatlarning qaysilari bilan tanishsiz? Buhuquqiy hujjatlarning ichida nimalar yozilganini bilasizmi?
  2. Siz tanish bo‘lmagan hujjatlarning ichida nimalar yozilganbo‘li shi mumkinligini ham taxmin qilib ko‘ring. Bunda bu huj jatlarning nomlariga e’tibor bering.
  3. Bu hujjatlarning davlat tomonidan chiqarilishidan ko‘z langanmaqsad nima deb o‘ylaysiz?
  4. Atrofi ngizdagi hayotdan bitta huquqiy muammoli vaziyatni misolqilib keltiring. Bu vaziyatdagi muammoni yechish bo‘yicha huquqiy qaror qabul qilishga harakat qiling. Qaroringizni yozma ravish da daftaringizga yozing. Bunda:

1) ushbu huquqiy muammoning o‘zini, ya’ni qonun-qoidalarnibuzish holatini tavsifl ang.

2) ushbu qonun-qoidalarni buzish holati qanday oqibatlarga olibkelishi mumkinligini ifodalang.

3) ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan qan daychora ko‘rilganligini bayon qiling.

  1. Siz misol qilib keltirgan huquqiy muammoni yechish uchun yuqorida tasvirlangan huquqiy hujjatlarning qaysi biri kerak bo‘ladideb o‘y lay siz?

Biz huquq bilan huquqbuzarlikni, qonuniylik bilan qonunbuzarliknibir-biridan ajratib olishimiz uchun muayyan me’yorlar, usullar, vositalarva hujjatlar zarurdir.

Bunday imkoniyatni bizga huquq normalari beradi.

Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilanbel gi lanadigan, davlat tomonidan o‘rnatilgan, ba ja rilishi jamiyatning barchaa’zolari uchun umummajburiy bo‘l gan, ijti moiy munosabatlarni tartibgasoluvchi qoidalardir.

Huquq normasi nima?

Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofazaqilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi.

Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibgasolish. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoida laridan tashkil topgan.

Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagiuch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardantash kil topishi mumkin.

Gipotezada norma harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit lar bayon etiladi.

Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, hu quq subyektla ri ning huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.

Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidanqo‘l la niladigan majburlov chorasi bayon etiladi.

Jinoyat kodeksining 203- moddasini misol qilib olaylik: “Suv yoki suvhavza laridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa,eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdordajari ma yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoqyoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.


“Norma” so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi.

Gipoteza – yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fi kr yuritish deganma’no ni anglatadi.

Dispozitsiya – lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noniangla tadi.

Sanksiya – lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noniangla tadi.


Yuqoridagi moddaning “Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shart lari ni buzish” qismi gipotezaga misol bo‘la oladi. “Og‘ir oqibatlarga sababbo‘l sa” qismi dispozitsiya, “eng kam oylik ish haqining ellik barobaridanyuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari,yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishbilan jazolanadi” qismi esa sanksiyaga misol bo‘la oladi.

Ayrim qonun hujjatlarida huquq normasi bu uch tarkibiy elementdanemas, balki 2 ta tarkibiy elementdan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Masa lan, har qanday mamlakat Konstitutsiyasidagi moddalar asosan gipo teza vadis pozitsiyadan iborat bo‘lib, sanksiya elementi deyarli ko‘zda tutil magan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6- moddasini oladiganbo‘l sak, u yerda, “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri” deb e’tirof etilgan. Bu modda huquq normasiga misol bo‘la oladi va bumod da faqatgina dispozitsiyadan iborat.

Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud:

– davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;

– davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi;

– davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatningmaj burlov kuchi bilan ta’minlanadi;

– jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy munosa bat larni mustahkamlaydi.

Shunday huquq normalariga misol keltiring-ki, ular:

1) gipoteza, sanksiya qismlaridan iborat bo‘lsin;

2) faqatgina gipoteza va dispozitsiyadan iborat bo‘lsin;

3) har uchala rasmga taalluqli bo‘lsin;

4) faqatgina 1- va 3- rasmlarga taalluqli bo‘lsin;

5) faqatgina 2- rasmga taalluqli bo‘lsin.


Huquqiy normalarga misol qilib xalqaro huquqiy hujjatlarni hamkel ti rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidanbuyon ko‘p gina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shildi. Quyida, biz kundalikhayo timizga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim muhim xalqaro huquqiy hujjatlarro‘y xatini taqdim qilamiz:

– Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi;

– Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya;

– Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

– Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

– Texnik va kasb ta’limi bo‘yicha konvensiya;

– Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya;

– Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiya;

– Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risidagi konvensiya.


Hikmatlar xazinasidan!

Ozod bo‘lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to‘g‘ri keladi.

(Sitseron Mark Tulliy)


Sharhlang!

Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartib ga solishdir.


Ijodiy faoliyat

  1. “Baxt bank” mansabdorlari tadbirkor Gulbahor Xamroyeva bilantil birik tirib, “Chaqqon” fermer xo‘jaligining “Baxt bank”dagi 20million so‘m mablag‘ini 2019- yil 11- fevral kuni G. Xamroyevaninghisob raqa miga sohta hujjatlar asosida o‘tkazib berishgan, boshqachaqilib ayt ganda kuppa-kunduz kuni talon-taroj qilishgan.

Hozir bu holat bo‘yicha “Baxt bank”ning mansabdorlariga nisbatan JKning 167- moddasi 2- qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a tilib, tergov boshlab yuborilgan.

1) Yuqorida bayon qilingan holatga huquqiy baho bering.

2) Ushbu holatga nisbatan huquqiy normalarni qo‘llang.

3) Qo‘llagan huquqiy normalarning gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaqism larini ajratib ko‘rsating.

  1. Shartli davlatingizda “ro‘y bergan” yuqoridagi misolda berilgangao‘xshash bitta shartli huquqbuzarlik holatini bayon qiling. Buhuquqbuzarlik holati bo‘yicha ham yuqorida berilgan topshiriqlarnibajaring.

Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Huquq normasi tushunchasini ta’rifl ab bering.
  2. Huquq normasi zarurligini asoslab bering. Bunda, agar huquq normasimav jud bo‘lmasa, jamiyat qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin ligiga e’tibor bering.
  3. Huquq normasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
  4. Huquqiy normaning tarkibiy elementlarini sanab bering.
  5. Gipoteza nima? Misol keltiring.
  6. Dispozitsiya nima? Misol keltiring.
  7. Sanksiya nima? Misol keltiring.
  8. Har qanday huquqiy normada ham bu uch element mavjudmi? Javo bingiz ni asoslang. Huquq normasining qanday belgilari mavjud?
Previous articleHuquq funksiyalari
Next articleHuquq normasi nima?