Biologiyaning ayrim atamalar izohi. Биологиянинг айрим атамалар изоҳи.
antotsian – qizil rangli pigment;
assimilyatsiya – sintez reaksiyalari, masalan, oqsil biosintezi, fotosintez. Bu jarayonda energiya sarflanadi;
avtotrof – (avto – o’zi; trofik – ozuqa degan ma’noni anglatadi) o’z ozuqasini o’zi sintezlaydigan yashil o’simliklar va ayrim bakteriyalar ki- radi;
biotsenoz – (bios – tiriklik, senoz – uyushma) tirik organizmlar uyush- masi;
dissimilyatsiya – parchalanish reaksiyalari, masalan, hazm qilish sis- temasida oqsil, yog’, uglevodlarning o’z tarkibiy qismlarigacha parcha- lanishi. Bunda energiya hosil bo’ladi;
epidemiya – yunoncha so’z bo’lib, kasallikning ko’pchilik aholi o’rtasida yoppasiga tarqalishi;
eukariotlar – (eu – haqiqiy, karion – yadro degan ma’noni angla- tadi) yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar bo’lib, ularga zamburug’, o’simlik va hayvonlar kiradi;
fitonsid – o’simlik bakteriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda. gameta – jinsiy hujayra;
geterotrof – tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar: bakteriya, zamburug’ va hayvonlar kiradi;
karantin – italyancha va fransuzchadan tarjima qilinganda, 40 kun degan ma’noni anglatadi;
konsumentlar – iste’mol qiluvchilar, o’txo’r va yirtqich hayvonlar ki- radi;
kutikula – lotincha yupqa po’st degan ma’noni anglatadi; metabolizm – moddalar almashinuvi, assimilyatsiya va dissimilyatsi- yaning yig’indisi;
mikroskop – (yunoncha mikro – kichik, skopeo – ko’raman degan ma’noni anglatadi) kichik obyektlarni kattalashtirib ko’rsatuvchi labora- toriya jihozi;
mochevina – hayvonlardan ajraladigan qoldiq modda;
oziq zanjiri – o’zidan oldingisini yeb, keyingilariga ozuqa bo’ladigan organizmlar jamoasi;
paleontolog – qadimda mavjud bo’lgan organizmlarni o’rganuvchi olim;
plastida – o’simlik hujayrasida uchraydigan organoid. 3 xil bo’ladi: xloroplast, xromoplast va leykoplast;
produtsent – organik modda hosil qiluvchilar, yashil o’simliklar kiradi;
prokariotlar – (yunoncha protos – gacha, karion – yadro degan ma’noni anglatadi) yadrosi shakllanmagan organizmlar. Ularga bakteri- yalar va ko’k-yashil suvo’tlar kiradi;
qattana yoki tallom – tuban o’simliklarning organlarga bo’linmagan tanasi;
qubba – ochiq urug’li o’simliklarning «meva»si;
redutsentlar – organik moddalarni mineral moddalargacha parcha- lovchilar bo’lib, ularga bakteriyalar va zamburug’lar kiradi;
regeneratsiya – tirik organizmlarning shikastlangan qismining tikla- nishi;
rizoid – (yunoncha ildizga o’xshash degan ma’noni anglatadi) tuzilishi bo’yicha ildiz tukchalariga o’xshaydi;
sellyuloza qobiq – o’simlik hujayrasining pishiq, mustahkam qobig’i;
simbioz – bir-biriga yordam berib, hamkorlikda yashash. Masalan, tugunak bakteriya va dukkakli o’simliklarning foydali hamkorligi;
spora – zamburug’, o’simliklarning ko’payishi va tarqalishini; bakteriyalarning noqulay sharoitda yashab qolishini ta’minlaydi;
vakuola – lotincha bo’shliq degan ma’noni anglatadi;
virus – lotincha so’z bo’lib, zahar degan ma’noni anglatadi;
xitin – suvda erimaydigan modda bo’g’imoyoqlilarda tashqi tayanch vazifasini bajaradi;
xromatofor – (yunoncha xromo – rang, foros – tashuvchi) suvo’tlari- ning pigment saqlovchi qismi;
zoospora – (zoo – hayvon) hayvonga o’xshab faol harakatlanadigan xivchinli spora.







