Minorayi Kalon haqida. Минорайи Калон ҳақида / хакида.
Minorayi Kalon (Katta minora) Buxoro shahrida bunyod etilgan eng go‘zal me’moriy yodgorliklardan biri. Uni Movarounnahr hukmdori Arslonxon 1127-yilda qurdirdi.

Minoraning poydevori yer sathidan 9 metr chuqurlikda bunyod etilgan.
U tosh va maxsus qorishmadan ko‘tarilgan. Balandligi 50 metr bo‘lgan minora pishgan g‘ishtdan terilgan bo‘lib, yuqori qismiga atrofni kuzatish maqsadida 16 ta dare ha ochilgan. Minora tepasiga uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan. Minorayi Kalon hamon savlat to‘kib, qad ko‘tarib turibdi.










