Tabiatni muhofaza qilish

0

Tabiatni muhofaza qilish. Muhofaza qilinadigan hududlar. «Qizil kitob»ga kiritilgan o’simlik va hayvonlar. Табиатни муҳофаза қилиш. Муҳофаза қилинадиган ҳудудлар. «Қизил китоб»га киритилган ўсимлик ва ҳайвонлар. Табиатни мухофаза килиш. Мухофаза килинадиган худудлар. «Кизил китоб»га киритилган усимлик ва хайвонлар.


Muhofaza qilinadigan hududlar

Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunga asosan amalga oshiriladi. Muhofaza qilinadigan hududlarga qo’riqxona, buyurtmaxona, milliy bog’ va tabiat yodgorliklari kiradi.

  1. Qo’riqxona odamning xo’jalik faoliyati cheklangan hudud. Bu yerdagi tabiiy muhit qanday bo’lsa, shundayligicha saqlanadi. Bu hududda mol boqish, mevalarni terish, hayvonlarni ovlash qat’iyan taqiqlangan. O’zbekistonda qo’riqxonalar juda ko’p. Ulardan eng asosiylari quyida berilgan.
  2. Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasi.
  3. Nurota tog’-yong’oq davlat qo’riqxonasi.
  4. Zomin davlat qo’riqxonasi.
  5. Zarafshon davlat qo’riqxonasi.
  6. Surxon davlat qo’riqxonasi.
  7. Hisor davlat qo’riqxonasi.
  8. Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi.
  9. Qizilqum davlat qo’riqxonasi.
  10. Buyurtmaxona qo’riqxonadan farq qilib, ma’lum davrlarda hayvonlarni ovlashga ruxsat beriladi; o’simliklar buyurtma asosida ko’paytirilib, obodonlashtirish uchun tarqatiladi (masalan, archa, qarag’ayning ko’chatlarini yetishtirish, mo’ynasi uchun ondatrani ko’paytirish).
  11. Milliy bog’lar odamlarning madaniy hordiq chiqarishi, estetik zavq olishi uchun ajratilgan hudud. Bunday joylarda o’simliklarga chiroyli shakl berish, manzarali gullarni ekish, parvarishlash mum- kin. Lekin gullarni payhon qilish, uzib olish, atrofni ifloslantirish mumkin emas.
  12. Tabiat yodgorliklari jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor joylar: g’orlar, sharsharalar, g’aroyib shaklli qo- yatoshlar, daralar, buloqlar, yer yuzasining ochilib qolgan joylari va katta yoshli ulkan daraxtlar, toshga aylangan o’simlik, hayvonlar kiradi. Mamlakatimizda 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari ro’yxatga olingan. Ularning ayrimlaridan turli davrlarga mansub osori atiqalar, toshga o’yib chizilgan rasmlar, tosh haykallar va qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh g’ori, ibtidoiy odamlar yashagan Obirahmat g’ori, Xo’jakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir.

«Qizil kitob»ga kiritilgan o’simlik va hayvonlar

O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i 1979-yilda ta’sis etilgan. Dastlabki O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i 1983-yilda nashrdan chiq- di. Kitobning 1-jildi «Umurtqali hayvonlar» haqida bo’lib, unga 63 turdagi umurtqali hayvonlar kiritilgan. 1984-yilda «Qizil kitob»ning «O’simliklar»ga bag’ishlangan 2-jildi chop etilgan. Unga 163 tur o’simlik kiritilgan.

78-rasm. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i.
78-rasm. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i.

«Qizil kitob» odamlarni o’simlik va hayvonot dunyosining ayrim turlari yo’qolib ketayotganligi, ularni saqlash va ko’paytirish kerakligi haqida ogohlantiradi. «Qizil kitob»da o’simlik va hayvonlarning tuzilishi, tarqalgan hududi, yashash tarzi, qirilib ketish sabablari kabi ma’lumotlar beriladi.

Quyida «Qizil kitob»ga kiritilgan ayrim o’simlik va hayvonlar bi- lan tanishamiz:

Oila: Uzumdoshlar

Tur: Yovvoyi tok.

Uzunligi 30 metrgacha yetadi. Dala, toshloq yerlarga o’ralib o’sadi. Bargi oddiy, panjasimon. To’pguli ro’vak. Mevasi turli rang va shaklda. May-iyun oyida gullab, iyul-oktabr oylarida mevasi pishadi. Chorva mollari boqilishi va o’tin sifatida ishlatilishi natija- sida kamayib ketgan. Madaniy navlar yaratishda qo’llaniladi. Urug’i yordamida hamda vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladi (79-rasm).

Oila: Loladoshlar

Tur: Xolmon isirg’aguli (80-rasm).

Bo’yi 150 sm ga yetadigan piyozli, ko’p yillik o’t. Barglari cho’ziq, poyada halqa hosil qilib joylashgan. Gullari qo’ng’iroqsimon, soya- bon to’pgulda joylashgan. Aprelda gullab, may oyida urug’ hosil qiladi. Gullari qizil, chiroyli bo’lgani uchun terib olingan, piyozi iste’mol qilinganligi sababli soni kamayib ketgan. Urug’idan va vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladi.

Oila: Xurmodoshlar oilasi

Tur: Safsan xurmosi (81-rasm).

Bo’yi 15-20 metrli daraxt. Bargi cho’ziq qalin, uzunligi 15 sm gacha boradi. Gullari sarg’ish, mevasi etli, qo’ng’ir-qizil rangda. Tog’ yonbag’irlarida, buloq bo’ylarida o’sadi. Xo’jalik maqsadida yerlarning o’zlashtirilishi, qurilish va o’tin uchun ishlatilishi sababli kamayib ketgan.

Turkum: Juft tuyoqlilar

Oila: Bug’ular

Tur: Xongul (82-rasm).

82-rasm. Xongul-Buxoro bug’usi.
82-rasm. Xongul-Buxoro bug’usi.

To’qayzor va qumli cho’llarda 3-20 ta- gacha to’da bo’lib yashaydi. May-iyun oyida bolalaydi. Bolalari 1 yilcha onasidan ajra- maydi. 2-3 yoshida voyaga yetadi. Daraxt, buta va o’tsimon o’simliklar bilan oziqlana- di. Bug’u urg’ochisining shoxi bo’lmaydi. Erkak bug’ularning shoxi o’rtacha 110 sm, og’irligi 200 kg keladi. To’qaylarning qis- qarishi va brakonyerlik tufayli kamayib ketgan.

83-rasm. Yo’rg’a tuvaloq.
83-rasm. Yo’rg’a tuvaloq.

Turkum: Turnasimonlar

Oila: Tuvaloqlar

Tur: Yo’rg’a tuvaloq (83-rasm).

Cho’l sharoitida yashashga moslashgan. Suvsizlikka chiday oladi. Yaxshi uchadi. Tog’ etaklaridagi maysazorlarda, yarimcho’llarda yashaydi. Aprel-may oylarida 2-3 ta tuxum qo’yadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi. Ovlash taqiqlangan.

«Qizil kitob»ga hayvonot va o’simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo’yicha takliflar va tavsiyalarni O’zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.


  • qo’riqxona
  • buyurtmaxona
  • milliy bog’
  • tabiat yodgorliklari
  • «Qizil kitob»

Savollar

  1. Muhofaza qilinadigan qanday hududlarni bilasiz?
  2. O’zbekistondagi asosiy qo’riqxonalarni aytib bering.
  3. O’zbekistonda qanday tabiat yodgorliklari mavjud?
  4. «Qizil kitob» nima maqsadda joriy etilgan?
  5. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan qanday o’simlik va hayvonlarni bilasiz?
Previous articleInson va tabiat. Ekologik muammolar
Next articleBiologiyaning ayrim atamalar izohi