Birinchi jahon urushi

0

Insoniyat tarixidagi jahon urushlari. Биринчи жаҳон уруши. Жахон. Унишнинг сабаблари. Birinchi jahon urushi.


Unishning sabablari

Urushlarning hammasi dahshatli. Ammo ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo‘ldi. Chunki bu urushlarda dunyoning ko‘plab davlatlari ishtirok etishdi. Bino­barin, qirg‘in va vayronagarchilik, xalqlar boshiga tushadigan azob- uqubatlar ham shunchalik ko‘p bo‘lgan. Insoniyat bugungi kunga- cha ikkita jahon urushmi boshidan kechirdi. Ularning birinchisi 1914- yilda boshlanib, 1918-yilda tugadi.

Xo‘sh, bu urushning sabablari nimalardan iborat edi? Qudratli davlatlar 1914-yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bo- sib olib, ularni o‘z mustamlakalariga aylantirib bo‘ldi. Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va Rossiya imperiyasi dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatlariga aylanishdi.

Yodda tuting!

Boshqa davlatlar hududlarini zo‘rlik yo‘li bilan bosib olgan davlatlar mustamlakachi davlatlar deyiladi.

Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning mustamlakalari esa kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo‘lishni talab eta boshladi.

Avstriya-Vengriya da’vo qilayotgan hududlar, asosan, Rossiya ta’siri ostida, Italiya da’vo qilayotgan hududlar esa Fransiya ixtiyorida edi. Shuning uchun ham ular Germaniyani qo‘llab-quwatladilar. Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Germaniyaning talablarini rad etish- di. Natijada Yevropaning qudratli davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaydi. Oxir-oqibatda ular bir-biriga dushman bo‘lgan ikkita ittifoqqa birlashdilar. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Ita- liyani birlashtirgan birinchi ittifoq «Uchlar ittifoqi», Buyuk Bri­taniya, Fransiya va Rossiyani birlashtirgan ittifoq esa «Antanta» deb ataldi.

Yodda tuting!

«Uchlar ittifoqi» va «Antanta» o‘rtasida dunyoni qaytadan bo‘lib olishga urinish — Birinchi jahon urushining asosiy sababi bo‘ldi.

Urushning boshlanishi va lining natijalari

Birinchi jahon urushi 1914-yilning yozida Avstriya- Vengriyaning Serbiyaga hujum qili- shi bilan boshlanib ketdi. Bunga javoban Rossiya Avstriya-Vengriyaga, Germaniya Rossiya va Fransiyaga, Buyuk Britaniya esa Germaniyaga urush e’lon qildi.

Shu tariqa Yevropani Birinchi jahon urushi alangasi qoplab oldi. Urush bora-bora dunyoning 38 davlatini o‘z domiga tortdi.

Urush boshlangach «Antanta» katta va’dalar evaziga Italiyani o‘z tomoniga og‘dirib olishga erishdi.

Birinchi jahon urushida mutlaqo yangi qurollar — suvosti kemasi, xlorli gaz va tanklar qo‘llanildi.

«Luzitaniya» kemasining cho‘kishi

Germaniya suvosti kemalari hatto yo‘lovchi tashuvchi kemalarga ham hujum qildi. Jumladan, 2000 dan ortiq yolovchisi bo‘lgan «Luzita­niya» kemasi shulardan biri edi. Hujum oqibatida ularning ko‘pchi- ligi halok bo‘ldi.

Birinchi jahon urushi 1918-yilning kuzida Germaniya va itti- foqchilarining mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu mag‘lubiyat oqibatida Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar imperiyalari parchalan- di. Germaniyada imperator taxtdan ag‘darildi. U chet elga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Buyuk Britaniya va Fransiya mag‘lublarning mustamlakalariga ega bo‘lib oldi. Biroq urush ularni zaiflashtirib ham qo‘ydi.

Rossiyada esa uch yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan Romanov- lar sulolasining hokimiyati 1917-yilda barham topdi. 1917-yilda urush- ga qo‘shilgan AQSH urush qatnashchilariga qurol-yarog‘ sotish va qarz berish evaziga katta boylik orttirdi.

U hatto dunyoning eng yirik mustamlakachi davlati Buyuk Britaniyani ham qarzdor qilib qo‘ydi va dunyoning yetakchi davlatiga aylandi.


O‘zingizni sinang

  • «Uchlar ittifoqi»ga … .
  • «Antanta» — bu … .
  • Birinchi jahon urushi … boshlandi.

Urushning insoniyat uchun fojiali oqibatlari

To‘rt yildan ortiq davom etgan bu dahshatli urush dunyo xalqlariga juda katta fojialar keltirdi. Urushda 10 million kishi halok bo‘ldi. 20 million kishi esa yarador, mayib-majruh bo‘lib qoldi. Davlatlar juda katta miqdorda moddiy talafot ko‘rdilar.


Savol va topshiriqlar

  1. Qanday sabablar Birinchi jahon urushining yuz berishiga olib keldi ?
  2. Urushning kelib chiqishiga asosiy aybdor bo jgan davlatlar guruhlarini qayd eting.
  3. Urush qanday holatda boshlandi va и qanday yakun topdi?
  4. Urushning natijalari va fojiali oqibatlari haqida nimalarni bilib ol- dingiz ?
Previous articleMinora nima? Минора нима?
Next articleBirinchi jahon urushi va Turkiston