Chinor romani haqida. Чинор романи ҳақида. Чинор романи хакида.
“Chinor” romani
Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o‘ziga qadar yaratil gan o‘zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.
Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi – asar voqea hodisalarining o‘zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan kes kin farq qiladi. Unda go‘yo bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo‘ysunmaydi. Masalan, roman yaratil gan davr (o‘tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib bo rilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o‘rin beriladi.
Aytishimiz kerakki, bu “g‘alatilik” faqat tashqi tomondan – yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz – 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi.
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib, yagona shajarani – azim Chinorni vujudga keltiradi.
Bu romandan o‘rin olgan hikoya va qissalar, ko‘p asarlarda bo‘lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g‘alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o‘nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo‘roni ularni xuddi cho‘ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni “to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish”dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani “Chinor” romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihat
dan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb ada biyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan “shafqatsiz realizm” ko‘rinishlarini Asqad Muxtor o‘tgan asrning 60-yillari dayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashab buskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir…
Endi, Ochil bobo – Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday “mo‘rt bir barg” – Akbarali ismli konchi yigit taqdiri dan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik.







