Microsoft uyushmasi 1985-2003 yillar oralig`ida quyidagi operesion tizimlarni ishlab chiqdi: Windows 3.0, Windows 3.1, Windows 3.11, Windows 98, Windows NT 3.51, Windows NT 4.0, Windows NT 5.0, Windows 2000, Windows Millenium, Windows XP, va Windows NET. Bundan tashqari, bir qancha OC (Windows 2000 Workstation, Windows XP Professional, Windows XP Home Edition) versiyalari mavjud bo`lib, ular tuzatilgan va mukammallashtirilgan.
Windows operatsion tizimlarining asosiy farqlari bu, albatta, grafik interfeysdir. Operatsion tizim qancha kech ishlab chiqarilgan bo`lsa, uning interfeysi shuncha ilg`orroq bo`ladi: OS grafik qobig`idan uzatilayotgan ranglar soni ortgan, ranglar ancha yumshoq, ko`zga yoqimliligi, yorliqlar, ishoralar, tugmalar va boshqalarning tekstura va kompyuterda o`rnatilgan turli dasturlarga kirishi yanada qulay, bundan tashqari, kompyuterning o`z ishchi dasturlari uchun ham qulay.
Ranglarning tuslari sezilarli darajada yorqinligi, menyudagi «Pusk» va «Provodnik» orqali dasturlarga kirish, tarmoqqa ulanishning aytarli yengillashganligi bilan va uni sozlash va ulardan foydalanishning Windows 95 dasturida grafik interfeys mukammallashganida ko`rish mumkin.
Windows 98 dasturida ham shu o`zgarishlar bilan birga ular anchagina ilgarilagan. Windows 95dan Windows 98 dasturlariga o`tish sizga unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi, balki rohat bag`ishlaydi. Chunki Windows 95 dasturida bajarish mumkin bo`lgan ishni Windows 98 dasturida yanada oson bajarish mumkin.
Windows 95 va Windows 98 dasturlari orasida yana bir operatsion tizim – Windows NT paydo bo`ldi. Bu OS grafik interfeysi Windows 95 va Windows 98 dasturlari o`rtasida desak ham bo`ladi. Windows NT ning chiqishi bilan Windows OS oilasida yana bir yangi shoxcha paydo bo`ldi va undan keyin Windows 2000 operatsion tizimi (Windows NT ning mukammal versiyasi) hosil bo`ldi. Boshqa bir shoxchada esa Windows Millenium Edition (Windows Me) operatsion tizimi ishlab chiqilgan va bu iste’molchilar uchun navbatdagi operatsion tizim versiyasi bo`lib, Windows 95, Windows 98 va Windows 98 SE ning davomi hisoblanadi.
Windows Millenium ni Windows 98 Third Edition deb qabul qilish mumkin. Bu Windows 98 ning boshlang`ich asoslariga tegmasdan, yangilangan holati xolos.
Windows XP dasturida Windows NT, Windows 2000 ning emas, balki Windows 98 ning yadrosi joylashgan.
Microsoft uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan keyingi operatsion tizim Windows XR bo`lib, u Windows OS ning ikki shoxini o`zida birlashtirgan. Ishlab chiqilgandan keyin uning ikki xil Windows XP Professional, Windows XP Home Edition ko`rinishlari paydo bo`ldi.
OS ning yana bir muhim tomoni (Windows 2000 va Windows XR (Windows ME tashqari) unda «Vazifalar dispetcheri»ning borligidir.
Birinchi bor Windows 2000 dasturida paydo bo`lgan, lekin Windows XR dasturida juda mukammal.
OSning avvalgi versiyalarida Windowsning ixtiyoriy dasturi nosozlikka uchragan vaqtda butun OS ham ishdan chiqar edi. YAngi OSda «Vazifalar dispetcheri» (Dispetcher zadach) ishga tushirilgandan beri nosozlikka uchragan dasturlar ishlab turgan dasturlarni ishiga xalaqit bermaydi. «Vazifalar dispetcheri»ni hamma kompyuter foydalanuvchilarga ma’lum bo`lgan tugmalar yig`indisi CtrlQAltQDelete bilan yoki masalalar panelida kontekstli menyu hosil qilib undan «Dispetcher zadach» buyrug`ini tanlash orqali ham yuklash mumkin.
«Vazifalar dispetcheri» yordamida ishlab turgan dasturlarga xalaqit bermagan xolda ishdan chiqqan dasturlarni tanlab to`xtatish mumkin. Bu Windows XPda yaratilgan yangilikdir.
Shu bilan birga yangi OSda ko`p masalali ish yuritish ham mumkin bo`lib qoldi. Lekin Microsoft korporatsiyasi ushbu ko`p masalali ish yuritishni(har xil dasturlarning mustaqil ishlashi) bundan oldin Windows NTga kiritilgan deb ta’kidlagani bilan aslida bu imkoniyat yo`q edi (har xolda Windows XPdagi kabi emas). Masalan, bir vaqtning o`zida 3D Studio MAX yoki Photoshop kabi «og`ir» dasturlar ishlaganda eski OS nosozlik tufayli ishdan chiqar edi.
Windows XPda alohida dasturlar bir – birining ishiga ta’sir ko`rsatmaydi. Markaziy protsessor va operativ xotira manbalari ishga tushirilgan dasturlar orasida teng taqsimlanadi. Agar ushbu manbalar yetmagan holda ham sistema virtual xotira yoki protsessor manbalari yetmaganligi haqida kompyuter ishini butkul to`xtatmagan holda ogohlantiradi.
Windows XP operatsion sistemasi yuklatilgandan so`ng hosil bo`ladigan ekran ko`rinishi ish stoli deb ataladi. Unda oynalar, ob’ektlarb belgilar va mavalalar paneli joylashgan bo`ladi.
Kompyuterni o’chirishdan avval xamisha barcha ochilgan ilovalarni yopib
«Zavershenie raboto’” rejimini ishlatish zarur.