Asqad Muxtor (1920–1996)

0

Asqad Muxtor hayoti va ijodi. Асқад Мухтор ҳаёти ва ижоди. Аскад Мухтор хаёти ва ижоди.


XX asr o‘zbek she’riyati, nasri, tarji machilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o‘rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o‘zidan boy va ibratli adabiy meros qoldirdi.

Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oiladagi uchinchi farzand bo‘lgan Asqad endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. O‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi. Asqadjon balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyi da tarbiya topadi, o‘qiydi. 1936-yilda u Toshkentga kelib, jur nalistlar tayyorlaydigan kurslarga o‘qishga kiradi, gazeta tahriri yatida ishlaydi.

Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog‘liq ekanini anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqanddagi dorilfununga o‘qishga kiradi. Urush yillari bu ilm dargohi O‘rta Osiyo dorilfununiga qo‘shilishi munosabati bilan ko‘pchilik qatori A.Muxtor ham Toshkentda o‘qishni davom ettiradi. Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, uni Andijonga ish ga yuboradilar. Bu yerdagi pedagogika institutida uch yil da vomida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.

1945-yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan bog‘lanadi. U o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan matbuot nashr larida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarini bajaradi. Bu yil lari uning badiiy va publitsistik matn ustida ishlash qobiliyati charxlanadi.

1960–1965-yillar oralig‘ida Asqad Muxtor respublikaning eng yirik adabiy nashri – “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrir lik qiladi. Uning “Guliston” jurnaliga, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftalik gazetasiga bosh muharrirlik qilgan yillarini hamkasblari iliq xotiralar bilan yodga olishadi.

Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi. Uning “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk she’riy asarlaridayoq (1935–1938) adabiyotdan juda ko‘p narsani kutuv chi, unga butun umrini bag‘ishlashga tayyor ijodkor qiyofasi gavdalangandi.

Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy mavzusi, o‘z-o‘zidan, urush bilan bog‘landi. Yosh shoirning kuchli pafosga yo‘g‘rilgan “G‘alaba ishonchi”, “Jangchining bayram ke chasi”, “Tug‘ishganlar qaytdi”, “Sog‘inish” singari o‘nlab she’rlari urush davri o‘zbek poeziyasi namunalari bo‘lib qoldi.

Uning “Po‘lat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonlarim” (1954), “Chin yurakdan” (1956), “99 miniatura” (1962), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1964), “She’rlar” (1966), “Quyosh belanchagi” (1971), “Sizga aytar so‘zim” (1978) singari she’riy to‘plamlarini kuzatib, shoirning ijodiy balog‘atga yetishish jarayonini anglash mumkin.

Ayniqsa, uning “99 miniatura”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i” to‘plamlaridan joy olgan lirik asarlari o‘z davri adabiyoti piligi ning sezilarli darajada ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan edi.

O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Asqad Muxtor o‘z ijodiy imkoniyatlarini prozaik janrlarda ham sinab ko‘rishga kirishdi. Dastlabki kichik hikoyalardan so‘ng, birin-ketin yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jinko‘chalari” (1980), “Bo‘ronlarda bordek halovat”, “Jar yoqasidagi chaqmoq” (1982), “Kumush tola” (1987) singari qissalari, “Opa-singillar” (1954–1955), “Tug‘ilish” (1960–1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1969–1973), “Amu” (1984) nomli yirik romanlari yaratilib chop etildi. Bu asarlarning har biri o‘zbek o‘quvchisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, jiddiy adabiy bahslar qo‘zg‘alishiga sababchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan “Chin yurakdan” (1956) nomli she’riy, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) nomli hikoyalar to‘plamlari ham nashr qilindi.

Rus adabiy tilini juda yaxshi egallagan va his qilgan Asqad Muxtor tarjimachilik sohasida ham ibratli muvaffaqiyatlarga erishdi. Masalan, u buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub “Shoh Edip” asarini mahorat bilan o‘zbekchalashtirgan edi. Bun ga qo‘shimcha Asqad Muxtorning Pushkin, Lermontov, Tagor, Mayakovskiy, Blok, Gorkiy, Shevchenko singari klassiklardan qilgan tarjimalari o‘zbek kitobxoniga ajoyib tortiq hisoblanadi.

Taniqli adib uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng 1996-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.

Previous articleUsmon Nosir Monolog she’ri
Next articleChinor romani haqida