“O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” dan masalalar. «Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи асослари» дан масалалар. «Узбекистон давлати ва хукуки асослари» дан масалалар.
1. Maktabni radio mutaxassisligini egallash bilan birga bitirgano‘quvchi: “Zavodga ishga kirishdan oldin zavod unga necha soat ishvaqti belgilashi lozim”, – degan savolni yechish uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitut siyasiga murojaat qildi, lekin Konstitutsiyadansavoliga javob topa olmadi. Yosh ishchi qaysi qonundan javob topishimumkin? Konstitutsiya nega asosiy qonun deyiladi?
2. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9- moddasida jamiyat va davlathayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,umumiy ovozga (referendum)ga qo‘yiladi, deb ko‘rsatilgan.
Aytingchi, nimalar umumxalq ovozi bilan hal qilinadi?
3. O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasining a’zosi N. endi 18yoshga to‘lib, hayotida birinchi marotaba saylovga qatnashishi kerakedi. Lekin, musobaqa uchun boshqa shaharga ketishi tufayli N. saylovgaqatnasha olmayman, deb achindi.
Aytingchi, N. saylovga qatnashadimi? Agar qatnashsa, qanday turdao‘z huquqini amalga oshiradi?
4. Respublika Konstitutsiyasi va “Mulk to‘g‘risida”gi qonunfuqarolarning xususiy mulkka egaligini bildirdi, turar joylar hamxususiylashtirildi. Bu qonundan foydalanib, fuqaro M. uyining xonalarinio‘ziga yoqadigan shaklda o‘zgartirish ishlarini bosh ladi, ayrim devorlarniolib tashladi, ikki xonadan katta bir uy tuzdi, oshxonani balkonga ko‘chirdi.
Uy boshqarmasi xodimlari M. ga tanbeh berib, hamma xonalarni eskiholatga keltirishni buyurdi. Bu uyda boshqalar ham istiqomat qilishiniunga uqti rishdi.
Aytingchi, kim haq?
5. M. ismli fuqaro, Yakkasaroy tuman prokuraturasiga qo‘sh nisi S.o‘z sherigi bilan birgalikda jinoyat qilishga tayyorgarlik ko‘ra yotganliginima’lum qiladi. Prokuror tergovchiga S. ni hibsga olishni buyurdi.
Aytingchi, prokuror to‘g‘ri buyruq berdimi?
Tergovchi Konstitutsiyaning qaysi moddasiga qarshi harakat qildi?
6. O. ismli fuqaro ishdan qaytib uyiga kelganda ayrim buyumlario‘g‘ir langanligini ko‘rdi, o‘g‘ri shu mahallada yashovchi M. ekanligigaishonch hosil qilib, uning eshigini buzib, uyidan mol-mulkini olib chiqibketdi.
Aytingchi, O. Konstitutsiyaning qaysi moddasiga xilof harakat qildi? U qanday ish ko‘rmog‘i qonuniy?
7. 15 yoshli kollej talabalarini kursdoshlari Shuhrat va A’zamtug‘ilgan kunlariga chaqirishgan edi. Stol ustida 1 shisha spirtli ichimlikpaydo bo‘lganligini ko‘rgan Botir: “Nega spirtli ichimlik qo‘ydinglar,bizga ichish mumkin emas. Buning uchun jarima solishadi”, – dedi.
— Qo‘ysangchi, agar biz ko‘chada, jamoat joyida ichsak jarimasolishadi, biz esa o‘z uyimizdamiz, — dedi Bahodir.
— Ikkovlaring ham nohaqsanlar, — dedi Bahrom. Bizga spirtliichimliklar ichish mumkin emas. Qayerda ichilmasin, baribir buninguchun ota-onalarimizga jarima solishadi.
Kim haq?
8. Alisher o‘rmonga ov miltig‘ini olib ketdi. O‘rmon yaqinida u ikkitag‘ozni ko‘rib, ularni otib o‘ldirdi. Shu zahoti tartib buzuvchini o‘rmonnazoratchisi ushlab oldi va tegishli organga topshirdi.
O‘rmon nazorati inspeksiyasi Alisherga o‘rmon xo‘jaligi ov qilishqoidalarini buzganligi uchun quyidagi choralarni ko‘rdi:
jarima 10000 so‘m, miltig‘ini va otilgan g‘ozlarni musodara qilish.
Alisher qanday turdagi jazoga tortildi?
9. Maktab o‘quvchilarining bir guruhi tabiatni muhofaza qilish ishibilan shug‘ullanar edilar. Maktab atrofi dagi suvda zararli narsalar oqishiniko‘rib, baliqchilik nazorat inspeksiyasiga ma’lum qildilar.
Og‘ir oqibatning oldini olish choralari tes aniqlanganini e’tiborga olib,zararlangan moddalarni suvga oqizgan korxonaning lavozimli shaxslarigama’muriy jazo qo‘llash bilan cheklanishdi.
Quyidagi ma’muriy jazoning qaysi birini bu misolda qo‘llashmumkin? Agar ayrim fuqarolar tomonidan bunday tartibbuzarlik bo‘lsa,qanday choralar qo‘llaniladi?
Agar ko‘p miqdorda baliqlar nobud bo‘lganida, korxona rahbarlarigaqanday choralar qo‘llanilar edi?
A) jarima;
B) axloq tuzatish ishlari;
D) musodara qilish.
10. A. ismli xizmatchi ishdan bo‘shash to‘g‘risida “o‘z roziligi” bilandeb ariza yozdi. Bir qancha vaqt o‘tgach rahbar chaqirib arizani qaytayozishni va ishdan bo‘shash sababini ko‘rsatishni talab qildi. A. rozilikbildirmadi.
Bu vaziyatda kim haq?
11. T. ismli haydovchi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligitufayli qimmatbaho asbobni ishdan chiqarib qo‘ydi. Korxona rahbari ungahayfsan berish bilan bir qatorda keltirilgan zararni qoplash, jarima to‘lashchoralarini ko‘rdi. T. rozi bo‘lmadi.
Ma’muriyat harakati qonuniymi?
12. Ish vaqti tugashiga bir soat qolganda 17 yoshli M. ishdan qaytishuchun eshik oldiga kelganida, bo‘lim boshlig‘i “Hali erta emasmi?” debso‘rab qoldi.
Bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi ning qaysimoddasini bilishi shart?
13. 16 yoshli xodim S. 6 oy ishlaganidan so‘ng unga mehnat ta’tiliberishni rahbaridan so‘radi. Rahbari hali ishlaganiga 6 oy to‘lmaganliginihisobga olib ta’til bermadi.
Rahbarning xatti-harakati mehnat qonuniga zidmi yoki yo‘qmi?
14. Quyida ko‘rsatilgan xizmatchilarga qaysi turdagi ish vaqtiqo‘llanilishi Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan (qisqartirilgan, to‘liqsiz)?
A) kasal onasiga qaragan xodimga;
B) 16 yoshli xodimga;
C) yosh bolali xodimga;
D) zararli ishda ishlaydigan xodimga;
E) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiydigan xodimga.
15. Sex boshlig‘i 16 yoshli ishchini ishdan tashqari ishlashi to‘g‘risidabuyruq berib, ikki hafta ishlashini so‘radi. Lekin ishchi rozilik bildirmadi. Sex boshlig‘i unga hayfsan e’lon qildi.
a) Bu vaziyatda sex boshlig‘ining harakati qonuniymi?
b) Qonuniy bo‘lmasa, ishchi qayerga murojaat qilishi mumkin?
16. F. ismli fuqaro bir necha kun o‘z uyining oynasidan ikki o‘spirinqo‘shnisining mashinasi atrofi da yurganini ko‘rdi. Kunlardan bir kunqo‘shnisining mashinasining ikki g‘ildiragi o‘g‘irlanganligini bilib qoldi.
Qo‘shnisining: “Kim o‘g‘irladi?” — degan dod-voyiga F.: “Kim o‘g‘irlaredi, ana shu ikki o‘spirin o‘g‘irlagan”, — deb aytdi.
F. haqmi? Agar u shubhalansa, kimga murojaat qilishi kerak edi?
17. Shavkatning otasi muntazam ravishda aroq ichadigan bo‘lib qoldi. Kunlarning birida u 8- sinfda o‘qiydigan o‘g‘liga majbur qilib aroq quyibberdi. Shavkat ko‘zi tinib, og‘zi achib, chidamasdan ko‘chaga qochibketdi. Uni ko‘rgan ichki ishlar xodimi tartib buzilganligini yozma ravishdaqayd etdi. Ertalab Shavkatning otasini ichki ishlar bo‘limiga chaqirib,jazolashlarini aytishdi.
Shavkatning otasiga qanday jazo chorasi qo‘llaniladi?
Qanday tartib buzilishi sodir bo‘ldi?
18. Buvisi boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan 12yoshli nevarasiga turar joyini hadya qildi. Nevarasi u uyni biror narsagaalmashtirmoqchi. Almashtirishga haqqi bormi? Fuqa rolik qonuni buhuquqiy munosabatni qonuniy deb bila dimi?
A) ha, haqli, u mulk egasi;
B) yo‘q, hali u 18 yoshda emas.








