Dardiga darmon istamas she’ri

0

Dardiga darmon istamas she’ri. Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari. Дардига дармон истамас шеъри. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий шеърлари.


Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon[1] istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ko‘nglidur oshuftai[2] lahvu tarab[3], nafs-u havo[4],
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas.
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Qo‘lidadir domi tama’5, ko‘zidadur kayfi xumor,
Soch oqarub qaddi хam[5] bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

O‘zga millat uchsalar hikmat topib so‘yi samo[6],
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

O‘zgalar etmoqda har kun bing[7] sanoyi ixtiro[8],
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Bu na vahshat, na jaholat er-qiz-u, pir-u juvon,
Domi g‘afl atdin xalos o‘lmakka imkon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

1916

Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi >>


  • [1] Mohi tobon – yorug‘ oy, to‘lin oy.
  • [2] Oshufta – shaydo, oshiq.
  • [3] Lahvu tarab – befoyda hangomatalablik.
  • [4] Nafs-u havo – nafs istagi, kibr, maqtanchoqlik. 5  Domi tama’ – tama tuzog‘i.
  • [5] Хam – egilgan, bukilgan.
  • [6] So‘yi samo – osmon tarafl ari, osmon tomonlari.
  • [7] Bing – ming.
  • [8] Sanoyi ixtiro – kashfi yotlar yaratish.

Savol va topshiriqlar:

  1. She’rdan shoir holatini ifodalaydigan o‘rinlarni toping.
  2. She’rda millat qoloqligi sababi ko‘rsatilgan o‘rinlarni sharhlang.
  3. She’rni diqqat bilan o‘qib, unda sabab ifodalanayotgani yoki oqibat ko‘rsatilayotganini tushuntiring.
  4. «Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida» misrasin ing har band so‘ngida takrorlanib kelayotgani sababini anglating.
Previous articleHamza Hakimzoda Niyoziy sherlari (Vatan)
Next articleAdabiyot – tarbiya vositasi