Hamza Hakimzoda Niyoziy sherlari (Vatan)

0

Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий шеърлари. Hamza Hakimzoda Niyoziy vatan


Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni ,
Endi bilsam, vatan erkon bu tanlarning shirin joni.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni,
Vatan, Sensan, bale , bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano ,
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani,
Og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo siring chiqsin qani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Essiz, essiz tug‘gonlaring ko‘z yumib o‘q otib sani,
Bog‘lab qo‘ling, boyonlara ne oldilar sotib sani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

San onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da,
O‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Bilguvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
Bilmam nelarga aldanub Tangri buyrug‘in tutmadi .
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Bilimsizlar anglashmadi, oh-u voying tinglashmadi,
Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq , o‘nglashmadi.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni o‘tinur,
Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon tonurg‘a tutinur.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!

Dardiga darmon istamas she’ri >>
Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi >>

Previous articleHamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi
Next articleDardiga darmon istamas she’ri