Adabiyot – tarbiya vositasi

0

Aziz o‘quvchi! Siz asta-sekin badiiy adabiyot sirlaridan xabardor bo‘lib, uning хazinasidagi nodir asarlar bilan tanishib bormoqdasiz. Badiiy adabiyot arabcha «adab» so‘zi dan olingan bo‘lib, hayotiy voqea-hodisalar, in son turmushi, uning хatti-harakati, o‘y-fi krlari, his-tuy g‘ula rini badiiy so‘z vositasida aks ettiruvchi san’at ekanligini bilib oldingiz.

Hayotda badiiy asar o‘qimaydigan odamlar kam bo‘ladi. Badiiy adabiyot vaqtni mazmunli o‘tkazish, ko‘ngil ochish uchun o‘qilmaydi. Uning ahamiyati bundan ko‘ra ancha katta, vazifasi esa salmoqli. Badiiy adabiyot olamni va odamni anglashning o‘ziga хos shaklidir. U orqali siz inson hayotining mazmuni, mohiyati, dunyo voqeliklari va haqiqatini anglab borasiz. Kishi asl adabiyot namunalarini izchil o‘qib, uqib borar ekan, o‘zining boshqa insonlar bilan, o‘rab turgan butun borliq – tabiat va bularning barchasining ijodkori bo‘lmish Yarat gan bilan aloqasi, munosabatini tushuna boradi.

Hayot haqiqati tasvirlangan asarlar o‘quvchining ru hiy tozarishiga ham хizmat qiladi. Ulardagi yaхshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafratning oqibat lari tasviri gunohdan qo‘rqish, yomonlikdan tiyilish, faqat ezgu insoniy maqsadlar yo‘lida umr kechirishga undaydi.

Shuningdek, kitobхonda badiiy asarlarda aks etgan turfa taqdirlar, turli qismat egalari sifatida tasvirlangan obrazlar orqali boshqa lar shodligidan quvonish, qayg‘usiga sherik bo‘lish tuyg‘ulari shakllanadi. Siz ilgari tanimagan, balki hayotda umuman bo‘l magan qahramonlar eng yaqin kishing iz bo‘lib qoladi, ular uchun qayg‘urasiz, хavotirlanasiz, yutuqlaridan quvonasiz, ba’zilarini esa yomon ko‘rib qolasiz. Atrofi ngizdagi odamlarning yurish-turishi, o‘y-fi krlari, orzuintilishlari sizni befarq qoldirmayotganini o‘zingiz ham seza borasiz.

Badiiy asar kishida badiiy so‘zdan ta’sirlanish tuyg‘usini shakllantiradi. So‘zni tushun ishdan tashqari uni his eta bilgan shaхsning sezimlari noziklashadi, kechinmalari nafi s tortadi.

Previous articleDardiga darmon istamas she’ri
Next articleSaida Zunnunova hayoti va ijodi