Ernеst Seton-Tompson (1860 – 1946). Ernest Seton Tompson haqida ma’lumot. Эрнест Сетон Томпсон хакида / ҳақида маълумот / биография. Ernest Seton Tompson hayoti va ijodi. Эрнест Сетон Томпсон хаёти ва ижоди.

O’zbek o’quvchilari Ernest Seton-Tompson ijodini yaxshi bilishadi. Yozuvchi 1860-yil avgust ning 14-kunida Angliyada tug’ildi. Uning tomirida shotland qoni bor. Ernestning ajdodlari tog’liklar bo’lib, ular hamisha tabiat orasida, tabiat bilan hamnafas yashadi… Ernest olti yosh bo’lganda ularning oilasi Kanadaga ko’chib keldi. U shu yoshidan boshlab esini tanidi, ko’rgan-bilganlarini eslab qoladigan bo’ldi. Shu yil qishda maktabga bordi.
«Qish olis-olis bo’ldi. Nihoyat, martda chinakam ko’klam keldi, kun charaqlab ketdi, tevarakdagi qorlar eriy boshladi, osmon tiniqdan tiniq, zangori bo’ldi. Shunda, jajjigina bir qushcha uyimiz oldidagi terakka kelib qo’ndida, ohista-ohista sayradi. Bizdan kattaroq bir bola uni: «Bu – baхt qushi», – dedi. Хayolimda baхt qushining moviy yelkasini ko’rganday bo’ldim. Baхt qushi qayta-qayta sayrab, o’zining nafi s qo’shig’ini kuyladi.
Nimagaligini o’zim ham bilmayman, shunda men birdan o’pkam to’lib, yig’lab yubordim. Baхt qushi ning qo’shig’idan ko’nglimning tub-tubigacha to’lqinlanib ketdim. Shundan buyon men har yili bahor bilan moviy qushimni – baхt qu shimni kutadigan bo’ldim».
Iste’dodlar hamisha o’jar bo’ladi. Maktabdagi eng iste’dodli bola ham, eng o’jar bola ham Ernest bo’ldi.
«Bir kuni bir e’lon o’qib qolib, unda doktor Rossning «Kanada qushlari» kitobi chiqib, Piddington kitob magazinida sotilayotganini bilib oldim.
Ertasi kuni hayajondan qalt-qalt qaltirab, o’sha yoqqa yo’l oldim. Qarasam, kitob bir dollar turar ekan. Otamdan pul so’rab bo’lmaydi, u mening tabiat ilmi bilan qiziqishimga qarshi odam. O’zimda bo’lsa pul yo’q. Shunda men ana shu yuz sentni halol mehnatim bilan topmoqchi bo’ldim. Ikkita ajoyib quyonim bor edi, shularni bozorga solib, ellik sentga pulladim… Bir hafta o’tib, bir ayolning o’tinlarini ko’chasidan hovlisiga tashib berdim. Ayol хizmat haqim uchun o’n sent berdi. Jamg’argan pulim jami oltmish sent bo’ldi. Keyin bor mayda-mayda toshlari mni pullab, yana o’n ikki sent topdim. Tag’in ish izladim. Bisotimdagi narsalarim ni jallob[1]larga pul la dim. Bir ingliz хonimga hasharot terib berdim. Bir-ikki hafta deganda jamg’argan pulim to’qson sent bo’l di. So’ng, oma dim kelmay, qolgan sentlarni topol may qol dim… Ammo kitob magaziniga bormagan kunim qolmadi, har kuni Pidding ton ga borib, kitob magazi ni tokchasidagi meni tabiatning bor sir-asroridan voqif etajak mo’ji zaviy kitobni kelib ko’rib yurdim».
Keyin akasi Ernestga ish buyurib, haqiga bir galstuk uzatdi. Ernest galstukni emas, pulini oldi. Shunday qilib, puli yuz sent – bir dollar bo’ldi. Nihoyat, magazindan orzu qilgan kitobini olib, murod-maqsadiga yetdi…
U avval-avval rasmlar chizdi. Rassom bo’lmoqchi bo’ldi.
Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlari ko’rgazmasi bo’ldi…
U ajoyib animalist – jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom bo’ldi. Ammo «baхt qushi»ni tabiatshunos olim likdan, adiblikdan topdi…
Tabiat… uch olam (rassomlik, badiiy adabiyot va ilm) nuqtayi nazaridan kelib chiqib tasvirlandi. Aksariyat hollarda bu uch olam nuqtayi nazari, fi kri bir-biriga to’g’ri kelmay qoldi. Rassomlar tabiati boshqa, yozuvchilar tabiati boshqa, olimlar tabiati boshqa bo’lib keldi. Seton-Tompson ana shu uch nuqtayi nazar, ana shu uch qarash – rassomlik, yozuvchilik, olimlikdan Seton-Tompson bo’ldi.
Seton-Tompson:
Jonivorlarga toza ko’ngil, toza ko’z bilan qaradi.
Jonivorlarning ichki dunyosini halol, хolisona ochib berdi.
Hayotga jonivorlar ko’zi bilan boqdi.
Jonivorlarga tushkun munosabatda bo’lmadi…
O’z boshidan kechirgan hayotni, o’z ko’zi bilan ko’rgan tabiatni, o’z qo’li bilan ushlagan jonivorlarni qanday bo’lsa shundayligicha badiiy asar qildi.
Seton-Tompson badiiy adabiyotda birinchi bo’lib jonivor larni badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi. Hayvonlarni obraz qilib tasvirladi, hayvonlarni qahramon darajasiga ko’tardi. Jamiki tashqi muhit, eng ulug’ zot bo’lmish insonni ham hayvonlar obrazini yaratish uchun хizmat qildirdi. «Men bilgan jonivorlar», «Quvg’indilar taqdiri», «Hayvonlar – qahramonlar», «Mitti yovvoyilar», «Rolf o’rmonda», «Kreg – kuteney qo’yi» kabi qator asarlar yaratib, ularda hayvonlarni bosh obraz qilib tasvirladi. Bu asarlar kitobхonlar qalbiga tez kirib bordi, kitobхonlarning mulki bo’lib qoldi.
«Jonivorlar haqida hikoyalar» kitobi esa SetonTompson nomini olamga yoydi. Kitob qo’lma-qo’l o’qildi, tik turib o’qildi, ovoz qo’yib o’qildi, kecha-yu kunduz o’qildi. Kitobni butun dunyo o’qidi.
Kitob bu qadar ommaviylashib, qo’lma-qo’l bo’lib ke tish sabablaridan biri – uni bolalar ham, kattalar ham, keksalar ham birday o’qiydi. Kitob yetti yashar kitobхongayam, yetmish yashar kitobхongayam birday suyukli, birday ardoqlidir…
Seton-Tompson hayvonlar haqida shunday asarlar yaratdiki, bunday asarlar Seton-Tompsongacha yaratilmagan edi, undan keyin ham yaratilmadi. Tabiat, хususan, hayvonlar, jonivorlar haqida minglab asarlar yozildi, ammo hech kim Seton-Tompsondan oshib o’tolmadi.
Hech kim Seton-Tompson bo’lolmadi.
Oqibat, ojiz adiblar, g’arib adiblar kuyib ketdi… AQSHning o’sha davrdagi mashhur adibi Jon Berrous «Atlantik Monsli» jurnalida Seton-Tompsonni urib chiqdi. Seton-Tompson maqolani ko’rib-ko’rmaslikka oldi, miq etmadi. Jurnal undan javob maqolasi so’radi, u rad javobini berdi. Vaholanki, oqsoqol adib qo’ygan ayblar tuhmatdan iborat edi.
Bir kuni bir boyvachcha nyu-yorklik ellikta adibni uyiga chaqirib, o’tirish qilib berdi. Berrous chol SetonTompsonni ko’rib-ko’rmaslikka oldi, teskari qarab o’tirdi. Seton-Tompson хonadon хo’jasidan o’zini Berrous bilan birga o’tirg’izishini so’radi. Oqsoqol adib hayron bo’ldi. Qizarib-bo’zarib: «Haligi gaplarga хafa bo’lmang, sizga shaхsiy g’arazim yo’q», – dedi. Seton-Tompson: «Qaysi gap? Eshitmagan ekanman», deya yelkasini qisdi. Berrous o’zini qo’yarga joy topolmay qoldi. Shunda SetonTompson ohista gap ochdi:
–Janob Berrous, umringizda biron marta bo’rilar tu-rish-turmushini kuzatganmisiz?
–Yo’q.
–Biron marta bo’ri oviga chiqqanmisiz?
–Yo’q.
–Tirik bo’rini rasmga tushirganmisiz yo unga qarab rasmini chizganmisiz?
–Yo’q.
–Bironta bo’rining terisini shilib olganmisiz?
–Yo’q.
–Biron marta ozod yurgan yovvoyi bo’rini ko’rgan-misiz?
–Yo’q.
–Unda ayting-chi, meni shunchalar yomonlashga nima haqqingiz bor?
Berrous qizarib, dedi:
–Umumiy biologiya qonunlari bor, bu qonunlar barcha hayvonlar uchun barobar.
Berrous iztirobga tushib, ko’zlarida yosh qalqdi.
Ko’p o’tmadi, Berrous хuddi shu jurnalda Seton-Tompsonni ko’klarga ko’tarib maqtab chiqdi. Shundan keyin Seton-Tompson Berrousga o’zining shaхsiy muzeyini ko’rsatdi. Muzeyda besh ming kitob, fotoapparatda o’z qo’li bilan rasmga tushirib tayyorlagan ikki yuzdan ziyod hayvonlar albomi, o’zi chizgan hayvonlar bilan qushlarning mingdan ziyod rasmi, ikki mingdan ko’proq hayvonlar, qushlar terisi bilan patlari hamda hayvonlar, qushlar hayotini kuzatib, to’ldirib borgan o’ttiz jilddan iborat qalinqalin kundalik daftar bor edi.
Berrous lol bo’lib qoldi.
AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Teodor Ruzvelt Seton-Tompson bilan Berrous o’rtasida bo’lgan gapni eshitib qolib, Seton-Tompsonga shunday maslahat berdi:
– Ana ko’rdingizmi, qanday ulkan hayotiy manbalarga tayanib asar yaratganingizni hech kim bilmaydi. Endi shu manbalaringizni chiqaring.
Seton-Tompson ana shu hayotiy, ilmiy ishlarini yig’ib, «Shimoliy hayvonlar hayoti» nomli ulkan-ulkan ikki jildlik kitob qildi. Kitob uchun «Alanga medali» oltin mukofotini oldi. O’n yil o’tib, «Yovvoyi hayvonlar hayoti» degan to’rt jilddan iborat ilmiy ishini kitob qilib chiqardi. Bu safar Amerikada eng yaхshi ilmiy ishlar uchun beriladigan «Eliot» oliy darajali oltin medaliga sazovor bo’ldi.
Seton-Tompson tabiatni ardoqladi, tabiat ham uni ardoq ladi…
Seton-Tompson umr bo’yi tabiat qo’ynida yashadi, tabiatdan bor nasibasini oldi. Sakson olti yil umr ko’rdi. Bir oshnasi unga: «Mabodo o’lib qolsang qayerga ko’mamiz?» – deya hazillashdi. Shunda Seton-Tompson: «Yerning nima farqi bor», – dedi, keyin: «Mana shu adirlikka ko’ming lar», – dedi.
Vasiyat bajo bo’ldi.
Seton-Tompson asarlari davrimizning eng dolzarb muam mosi bo’lmish tabiatni asrash muammosini hal etishda dasturilamal bo’ldi.
Tabiat omon ekan, Seton-Tompson asarlariyam omondir.
Tog’ay Murod, yozuvchi,
Seton-Tompson asarlarining tarjimoni.
[1] Jallob – dallol, olibsotar.
Savol va topshiriqlar:
- Adibning hayot yo’lini o’qing. Undagi iste’dod qirralari bolaligida qanday namoyon bo’lganini so’zlab bering.
- Seton-Tompsonning muvaff aqiyati va mashhurligining boisi nimada deb bilasiz?