Xayriddin Saloh Yer va ter she’ri / sheri. Хайриддин Салоҳ Ер ва тер шеъри.
Men bilmayman yer kabi ulug’
Tabiatning zo’r tuhfasini.
Inson unga sochib don – urug’
Topgan rizq-u nasibasini.
Buncha shirin bo’lmas edi non,
Tandir lov-lov qo’rin bermasa.
Nonday aziz bo’lmasdi inson,
Yerga manglay terin bermasa.
Savol va topshiriqlar:
- Shoirning yer va insonning rizq-u nasibasi borasidagi fi kr-larini matnga tayanib, sharhlang.
- Nonning lazizligiga tandirdagi olov sababchiligi bilan in-sonning azizligiga to’kilgan manglay teri bois ekani borasidagi parallel tasvirlarning hayotiy va badiiy asoslariga to’xtaling.







