Mollyuskalar – Моллюскалар

0

Mollyuskalar – Моллюскалар


Mollyuskalar ko’pchilik vakillari 3 qavatli chig’anoqqa ega. Chig’anoq tashqi – organik, o’rta – ohakli, ichki – kamalak rangda tovlanuvchi qismlardan iborat. Terisi shilimshiq bilan qoplan- gan bo’lib, harakatlanishiga yordam beradi. Ko’pchilik shilliqqurtlar o’simlikning yashil qismini yeb zarar keltiradi.

Baqachanoqlar suv tubida yashab suvdagi organik moddalar bilan oziqlanadi. Shu yo’l bilan suvni organik qoldiqlardan tozalaydi. Sakkizoyoqning paypaslagichlari so’rg’ichlar bilan ta’minlangan.

So’rg’ichlar hisobiga sirg’anchiq baliqlarni ham osonlik bilan ushlab qoladi. Sakkizoyoqlar o’zidan siyoh chiqarib, dushmanini chalg’itadi.


Batafsil >> Umurtqasiz hayvonlar

Previous articleHalqali chuvalchanglar – Ҳалқали чувалчанглар
Next articleBo’g’imoyoqlilar – Бўғимоёқлилар